Muqaddima


 Kontsentratsion stollarning asosiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
pdf

6.4. Kontsentratsion stollarning asosiy 
 parametrlari va ishlash tartibi 
Kontsentratsion stollar ishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
1. Plankalarning balandligi; 
2. Plankalar orasidagi masofa; 
3. Dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasi; 


83 
4. Dekaning bo‘ylama va kundalang qiyalik burchagi; 
5. Berilayotgan suv tartibi;
6. Stolning solishtirma i/ch quvvati.
Plankalarning joylashishi, balandligi va ular orasidagi masofa birinchi 
navbatda boyitilayotgan mahsulotning xususiyatiga, shuningdek dekaning 
qiyaligiga, suv sarfi va tezligiga, stolning i/ch quvvatiga bog’liq. 
Plankalar balandligi va ular orasidagi masofa - boyitilayotgan rudaning yirikligiga 
bog’liq. Odatda rudani boyitishda plankalarning balandligi 4-15 mm, ular orasidagi 
masofa esa 20-45 mm ni tashkil qiladi. Mahsulot yirikligi ortgan sari bu 
parametrlar ham ortadi.
Mahsulotning stol yuzasida qavatlanish samaradorligi dekaning tebranishlar 
chastotasi va amplitudasiga bog’liq bo‘lib, u ham o‘z navbatida boyitilayotgan 
maxsulot zichligi va yirikligiga bog’liq.
Yirik zarrachali mahsulotni boyitishda mahsulot katta balandlikda joylashadi, bu 
holda plankalar orasida kattaroq yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi hosil bo‘ladi va 
dekaning qadam uzunligi kattaroq bo‘lishi talab qilinadi. Deka tebranishlari 
chastotasi esa bunda uncha katta bo‘lmaydigan qilib tanlanadi. Mayda zarrachali 
mahsulotni boyitishda esa tebranishlar amplitudasi kichik, chastotasi esa katta qilib 
tanlanadi.
Masalan, yirikligi 3 mm li mahsulotni boyitish uchun tebranishlar chastotasi 200 
min
-1
.amplitudasi esa 24 mm, yirikligi < 0,5 mm li mahsulot uchun esa tebranishlar 
chastotasi 300-350 min
-1
ga ko‘tarilib, amplitudasi esa 12-14 mm ga kamaytirilishi 
kerak.
Stol yuzasining ko‘ndalang kiyalik burchagi - ham boyitilayotgan 
mahsulotning yirikligiga bog’liq. qiyalik burchagining ortishi butana oqimining 
tezligi va suvning yuvilish tezligini ortishiga olib keladi, buning natijasida og’ir 
zarrachalar stolning yonbosh tarafiga etib kelmasdan stol yuzasidan yuvilib tushib 
ketish ehtimoli ortadi. 


84 
Mahsulot qancha yirik bo‘lsa, stol shuncha ko‘proq egilgan bo‘lishi mumkin. 
Mayin zarrachali mahsulot uchun stolning qiyalik burchagi minimal bo‘lishi kerak. 
Odatda stol yuzasining kiyalik burchagi 1-10

orasida bo‘ladi.
Yuzaning qiyalik burchagi faqatgina mahsulotning yirikligiga emas, balki 
plankalarning balandligiga ham bog’liq. Ularning balandligi va mahsulotning 
yirikligi ortgan sari yuzaning ko‘ndalang qiyalik burchagi ortadi.
Kontsentratsion stolda boyitish samaradorligiga dastlabki mahsulot (butana)ning 
zichligi va yuvuvchi suvning sarfi katta ta’sir ko‘rsatadi. Butananing xaddan ziyod 
suyulib ketishi og’ir minerallarning yo‘qolishiga olib keladi. Stol yuzasida suvning 
etishmasligi zarrachalar ajralishini yomonlashtiradi va i/ch unumdorligini 
pasaytiradi.
Stolga kelib tushadigan butananing optimal zichligi 20-25 % hisoblanadi. 
Yuvuvchi suvning sarfi mahsulotning yirikligi va yuzaning qiyalik burchagiga 
bog’liq holda belgilanadi.
Boyitilayotgan mahsulot qancha yirik bo‘lsa, yuvuvchi suvning tezligini 
shuncha oshirish mumkin. Yuzaning qiyalik burchagi katta bo‘lsa, yuvuvchi 
suvning mikdorini kamaytirish mumkin. Odatda kontsentratsion stolda 
ishlatiladigan suvning mikdori har bir tonna Ruda uchun 1-2 m
3
ni tashkil qiladi.
Kontsentratsion stolning i/ch unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning 
maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog’liq. 
Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qavatlanishiga ulgurmaydi, 
chunki plankalar orasidagi bo‘shliq og’ir minerallar bilan o‘ta to‘lgan bo‘ladi va 
yangidan tushayotgan mahsulot esa tez suv bilan yuvilib tushib ketadi.
Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, lekin 
bunda stolning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan bo‘ladi (i/ch quvvati 
nuqtai nazaridan). 
Kontsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori samaradorligi, mineral 
zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi va uni darhol regulirovka qilish 
mumkinligi. 


85 
Stolning kamchiliklari - solishtirma i/ch quvvatining pastligi, binoning katta 
maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-tez ishdan chiqishi, hamma 
bugimlarini sinchiklab sozlash kerakli 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling