Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB. FLOTATSIYA JARAYONI 7.1.Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
Nazorat uchun savollar
1. Gravitatsion usulda boyitishning mohiyati nimada? 2. Gravitatsion jarayonlarni bir-biridan tubdan fark kiluvchinechta kategoriyaga bulish mumkin? 3. Cho‘ktirish deb nimaga aytiladi? 4. Porshenli cho‘ktirish mashinalarining tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 5. Diafragmali cho‘ktirish mashinalarining qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega? 6. Segregatsiya deb nimaga aytiladi? 7. Kontsentratsion stolda boyitishda qanday mahsulotlar olinadi? 95 8. Og’ir muhitlarda boyitishning qanday avfzalliklari bor? 9. Purkovchi va konusli separatorlarda qanday minerallar boyitiladi? VII BOB. FLOTATSIYA JARAYONI 7.1.Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bulsa-da, faqat XX asr boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, nodir metallar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 90% dan ortig’i shu usul bilan boyitiladi. Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qullanilishi uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi. 1) metallning miqdori kam bo‘lgan kambagal rudalarni ham qayta ishlash mumkinligi (masalan:mis- 1%, qalay va volfram- 0,1% gacha, molibden- 0,01% gacha va h.k.). 2) murakkab, masalan, polimetal rudalarni kompleks ravishda qayta ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg’oshin, rux, misli polimetall rudalar). Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqqa asoslanib boyitish usulidir. Mineral zarrachalarning suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida mahkamlanish qobiliyati mineral zarrachalarning suv bilan xo‘llanish qobiliyatiga bog’liq. Xo‘llanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir. Xo‘llanish zarrachaning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog’liq. Erkin yuza energiyasi ancha katta bo‘lsa, zarracha yuzasi shuncha yaxshi xo‘llanadi, qancha kichik bo‘lsa-shuncha yomon xo‘llanadi. Suv bilan xo‘llanmaydigan yuzalar gidrofob, suv bilan xo‘llanadigan yuzalar esa gidrofil yuzalar deyiladi. (tarjimada suvni yaxshi ko‘ruvchi va yomon ko‘ruvchi yuzalar). Suyuqlik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan hamma qo‘shni molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Bu ning natijasida molekulalarning tortishish kuchi o‘zaro tenglashgan, molekulalarning o‘zi esa muvozanatda turadi. Suyuklik yuzasida joylashgan molekula uchun esa molekulyar tortishish kuchlari muvofiqlashmagan. Molekula faqat suyuqlik tomonidan tortilishni xis qiladi. Bu kuchlar tenglashmagan va suyuqlik fazasining ichiga yo‘nalgan. Yangi ajralish sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga qarshi ish sarflash kerak. 96 1sm 2 ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi. U "T" harfi bilan belgilanadi va erg/sm 2 yoki dm/sm 2 larda o‘lchanadi. Sirt tarangligi sirt ajralishi fazasining muxim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt tarangligi 20 0 da 72,75 dm/sm 2 ga teng. Uni suvda har xil moddalarni eritib o‘lchash mumkin. Suvda eriydigan va sirt tarangliligini kamaytiradigan moddalar sirt aktiv moddalar deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir vaqtning o‘zida ham polyar (ON-, SON, NN 2 -), hamda apolyar (uglevodorod zarrachalari) gruppalari kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi moddalar sirt-aktiv moddalar deyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling