Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. Flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi
- To‘plovchilar.
7.2. Flotatsiya usullari
1-yog’dagi flotatsiya. 2-plyonkali flotatsiya. 3-ko‘pikli flotatsiya. 4-ko‘pikli separatsiya. 5-flotogravitatsiya. 1. Yog’dagi flotatsiya-Tabiiy gidrofob minerallarni saqlovchi mayin tuyulgan Ruda zichligi 1 dan kichik ( <1) bo‘lgan ko‘p miqdordagi yog’ bilan aralashtiriladi. Aralashtirilayotgan vaqtda gidrofob minerallar yog’ga yopishadi, puch tog’ jinslarining gidrofil zarrachalari suvda qoladi. Minerallarni bir-biridan ajratish suvli muxitda tindirgichlarda amalga oshiriladi. Bu usulni kamchiligi - yog’ning qimmatligi va ko‘p miqdorda sarflanishi. 2. Plyonkali flotatsiya-mayin tuyulgan Ruda suvning yuzasiga asta-sekin beriladi. Gidrofob minerallar suv yuzasida ushlashib qolib, plyonka xosil kiladi, gidrofil zarrachalar esa cho‘kadi. 3. Ko‘pikli flotatsiya - mayin tuyulgan Ruda bo‘tana xolida minerallarning xo‘llanish xususiyatini oshiruvchi maxsus flotatsion reagentlar bilan qayta ishlanadi. Keyin bo‘tana flotatsion mashinalarda aralashtiriladi va xavo yoki gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda gidrofob zarrachalar xavo pufakchalari bilan to‘qnashib ko‘pikka ilashadi, gidrofil zarrachalar esa flotatsion kamerada qoladi. 4.Ko‘pikli separatsiya - gidrofil minerallarni ko‘pikli qatlamning o‘zida ajratish. 97 5.Flotogravitatsiya - minerallarning zichligi va xo‘llanishdagi farqga asoslanib ajratish jarayoni: kontsentratsion stolda flotatsiya bilan birgalikda amalga oshiriladi. 7.3. Flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi Flotatsion reagentlar 5 ta guruhga bo‘linadi. 1. To‘plovchilar (ularni kollektorlar ham deyiladi). 2. Deprsesorlar. 3. Aktivatorlar (faollashtirgichlar). 4. Ko‘pik hosil qiluvchilar. 5. Muhitning regulyatorlari. To‘plovchilar. To‘plovchilar – Q : S (Q - mineral zarracha yuzasi; S - suv) chegarasida mahkamlanib, mineral zarrachalarning xo‘llanmaslik qobiliyatini oshiruvchi moddalar. To‘plovchilar apolyar va geteropolyar to‘plovchilarga bo‘linadi. Apolyar to‘plovchilar uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilanmaydi, minerallarning yuzasi bilan kimyoviy ta’sirlanmaydi. Ularning adsorbtsiyasi fizikaviy. Tabiiy gidrofob minerallardan oltingugurt, grafit, talk, molibdenit va x.k.larni flotatsiyasida ishlatiladi. Bunday to‘plovchilarga kerosin, neft va turli xil neft mahsulotlari kiradi. Agar to‘plovchining molekulasida (OH, COOH, COH, NH 2 , SH) kabi polyar gruppalar bo‘lsa, bunday to‘plovchilar geteropolyar to‘plovchilar deyiladi. Sulfidli minerallarning flotatsiyasida to‘plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlardan foydalaniladi. Ksantogenatlar ksantogen kislotaning tuzlari bo‘lib, uning umumiy formulasi: ROCS 2 Me bu yerda Me - odatda kaliy yoki natriy, 98 R - uglevodorod radikali - gomologik qatordagi radikallardan biri. (CH 3 - metil, C 2 H 5 -etil, C 3 H 7 -propil, C 4 H 9 -butil va h.k.) Ksantogenatning nomi radikal va metalning nomidan hosil qilinadi. Aeroflotlar - tiofosfor kislotaning xosilalari. Ular qattiq va suyuq holda buladilar. Suyuqlaridan krezil aerofloti, qattiqlaridan sodali aeroflot keng tarqalgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling