Muqaddima
Aktivatorlar (faollashtirgich)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.5.Aktivatorlar (faollashtirgich)
Aktivatorlar minerallarning flotatsion qobiliyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Ular to‘plovchining mineral yuzasida mahkamlashishiga yordam beradi. Undan tashqari aktivatorlar mineral depressiyalangan bo‘lsa, ularning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maksadida, hamda minerallarning tabiiy flotatsiyalanish qobiliyati kam bo‘lganda ishlatiladi. Aktivatorlarning ta’siri shundan iboratki, ular mineral yuzasida to‘plovchi oson yutadigan /adsorbtsiyalaydigan/ plenkani xosil qiladi yoki mineral zarracha yuzasidan depressorni chetlashtiradi. Flotatsiya jarayonida aktivator sifatida mis kuporasi SiSO, sulfat kislota, eruvchi sulfidlar (ko‘pincha) va havo kislorodi qo‘llanadi. Mis kuporosi - nisbatan ko‘proq tarqalgan aktivatorlardan. Sfaleritni aktivlashtirishda ishlatiladi. Sulfat kislotasi- pirit va pirrotinni aktivlashda ishlatiladi. Aktivlashtirish mineral zarracha yuzasida hosil bo‘lgan temir gidrooksidini eritib yuborishdan iborat. Natriy sulfidi - rangli metallar oksidli minerallarini sulfidlashtirishda ishlatiladi. Havo kislorodi sulfidli minerallarning yuzasini oksidlash natijasida va bo‘tanadagi erkin sulfid ionlarini oksidlash natijasida aktivlashtiradi. Sulfidli minerallar yuzasini qattiq oksidlanib ketishi ham zararli, chunki bunda to‘plovchi ko‘proq sarflanib ketadi. 100 To‘plovchi, dispressor va aktivatorlarning funktsiyasini yaxshi tushunish uchun misol keltiramiz. Galenit PbS, sfalerit ZnS va pirit FeS 2 li rudalarni flotatsiyalashda avval galenit flotatsiyalanadi, sfalerit va piritning flotatsiyalanish qobiliyati depressor qo‘shib (oxak, tsianid yoki rux kuporasi) yo‘qotib turiladi. Qo‘rg’oshinli flotatsiyadan keyin sfaleritning flotatsion qobiliyati aktivator - mis kuporosi qo‘shib tiklanadi, pirit esa kup miqdorda oxak qo‘shib depressiyalanadi. So‘ngra piritning flotatsion qobiliyati tiklanadi (masalan, sulfat kislotasi qushib) va uni piritli kontsentratga flotatsiyalanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling