Muqaddima
Ko‘pik hosil qiluvchilar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.6. Ko‘pik hosil qiluvchilar
Etarli darajada mustahkam uchmaydigan ko‘pik hosil qiladigan sirt-aktiv moddalar ko‘pik hosil qiluvchilar deyiladi. Sirt-aktiv moddalar suyuqlik - havo chegarasida adsorbtsiyalanuvchi va shu chegarada sirt tarangligini kamaytiruvchi geteroegen moddalardir. Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar mineral zarrachalarni bo‘tana orasiga ko‘tarib bera oladigan ko‘p miqdordagi mayda pufakchalarni hosil qila olishi kerak. Ko‘pik hosil qiluvchining molekulalari suyuqlik havo chegarasida shunday joylashadilarki, ularning polyar qismlari suv tarafga, polyarmas qismlari esa havo fazasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Amalda ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi. Krezil kislotasi koks sanoatida olinadi. Uchta aromatik spirt: fenol C 6 H 5 OH, krezol S 6 N 5 SN 2 ON va ksilenol S 6 N 5 (SN 2 ) 2 ON larning aralashmasidan iborat. Biroz bo‘lsada to‘plovchi xususiyatiga ega va zaxarli. Og’ir piridin - koks sanoatida olinadi. Aktiv qismi bo‘lib xinolin S 9 N 7 N hisoblanadi. Ko‘pik hosil qiluvchi IM-68 6 - 8 uglerod atomiga ega uchta spirtning aralashmasidan iborat. IM-68 tarkibiga geksil spirti-C 6 H 13 OH, geptil spirti- C 7 H 15 OH va oktil spirit - C 8 H 17 OH kiradi. Bu ko‘pik hosil qiluvchi zaxarli emas va to‘plovchi xususiyatini namoyon qilmaydi. 101 7.7.Muhitning regulyatorlari Muhitning regulyatorlari minerallarning flotatsiyasi ketayotgan muhitning ishqoriyligini o‘zgartirishga ishlatiladi. Muhitning ishqoriy yoki kislotali xossalari pH ko‘rsatgich yoki vodorod yoki gidrooksil ionlari kontsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Vodorod ko‘rsatkich pH deb vodorod ionlari kontsentratsiyaning manfiy logarifmiga aytilaldi: pH = - Lg [N + ] Kislotali muhitda vodorod ionlarining kontsentratsiyasi gidrooksil ionlarining kontsentratsiyasidan katta, ishqoriy muhitda esa, buning teskarisi, gidrooksil ionlarining kontsentratsiyasi vodorod ionlarining kontsentratsiyasidan katta. Kislotali muhitda pH < 7 Ishqoriy muhitda pH > 7 Neytral muhitda esa pH = 7 Flotatsiyaning natijalari bo‘tanadagi vodorod ionlarning kontsentratsiyasiga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan suyuq fazaning pH i tekshirib turiladi va berilgan ishqoriylikni reagentlar qo‘shib ushlab turiladi. Nordon muhit hosil qilish uchun sulfat kislotasi, ishqoriy muhit hosil qilish uchun ohak yoki soda solinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling