Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.9. Flotatsion mashinalar
Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi. Flotatsion mashinalarning konstruktsion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir. Butanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga karab flotatsion mashinalar 3 turga bo‘linadi: 1) mexanik 2) pnevmatik 3) pnevmomexanik Mexanik flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, xavoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni surish impeller (maxsus konstruktsiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga tuyintirish va uni aralashtirish havo puflovchi mashina orqali beriladigan sikilgan havo yordamida amalga oshiriladi. 105 34–rasm. Mexanik flotatsion mashina Mashina to‘siq orqali bir nechta to‘g’ri to‘g’riburchakli kameralarga bo‘lingan vannadan iborat. U har biri ikkita-so‘ruvchi va oqib utuvchi kameralardan iborat sektsiyalardan yigiladi. Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida impellari bor val aylanadi. Impellar vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val klinoremenli uzatma orqali elektrodvigateldan xarakatga keltiriladi. Markaziy trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani tsirkulyatsiya qiluvchi va yunaltiruvchi parrakli) impelller usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 60 0 li burchak ostida joylashgan. 35–rasm. Mexanik mashinada stator parraklarini o‘rnatish sxemasi Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impelleri to‘xtaganda, uni loyiha bilan to‘lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga suruvchi kameralarda suruvchi patrubok (qisqa-tarmoqlangan truba) ulangan. Oqib 106 o‘tuvchi kameralarda bu teshik probka bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita teshik bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun kameraga kaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasi, teshiklarning biri probka bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan so‘riluvchi shiber bilan yopiladi. Shiber yordamida impellarga tushayotgan bo‘tananing sarfi boshqariladi. Suruvchi va oqib o‘tuvchi kameralar bir-biridan pastki kismida teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda butana bir xil sathda ushlanadi. Mexanik flotatsion mashinaning asosiy detali impeller hisoblanib, u havoni surish va so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va butanani havo bilan to‘yintiradi. Impellerni aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p havoni so‘radi. Lekin bu tezlik xaddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aks holda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan uzilishi sodir bo‘ladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tanani yuklovchi cho‘ntakdan patrubka orqali impellar ustidagi bushlikka suriladi, u erdan katta tezlikda stator parraklari orasidan kameraga otib tashlanadi. Bu vaqtda impeller zonasidagi bosimda farq hosil bo‘ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosferadan havo so‘riladi; so‘rilgan xavo juda ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tanani butun xajmi bo‘yicha tarqaladi. Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari minerallashadi va butananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik holida ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida tarnovchaga tushiriladi. Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarrachalar,shu jumladan havo pufakchalaridan ajratib qolgan (uzilib) zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha orqali impellar zonasiga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar tusiqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u erda flotatsiya qaytariladi. Oqib o‘tuvchi kamerada butana shiber bilan boshqariluvchi teshik orqali impellarga tushadi. 107 Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali sektsiyaga tushadi va jarayon qaytariladi. Flotatsiyalanmagan minerallar oxirgi kameradan chiqarib olinadi. Mexanik flotatsion mashinalarning afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning qulayligi xamda osonligi. Impellar va statordan iborat uzatgichli mexanizm bir bo‘lakda yigilgan bo‘lib, uni boshkasi bilan tez va oson almashtirish mumkin yoki boshqa istalgan kameraga o‘rnatish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling