Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar 1. Flotatsiya usullari boyitishning mohiyati nimada? 2. Flotatsiyaning nechta usuli bor? 3. Flotatsiya jarayonining qanaqa sxemalari mavjud? 4. Mexanik flotomashinalarning tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 5. Pnevmatik flotomashinalar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega? 6. Pnevmomexanik flotomashinalar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega? 7. Flotatsiya jarayoniga qanday omillar ta’sir qiladi? 8. Flotatsiya usullari boyitishning qanday avfzalliklari bor? 9. Flotasiya jarayonida qanday reagentlar ishlatiladi? 10. To`plovchi va ko`pik hosil qiluvchi reagentlar nima maqsadda ishlatiladi? 11. Aktivatorlar va so`ndiruvchi reagentlarning vazifasi nimalardan iborat? 12. Muhit hosil qiluvchi reagentlar nima maqsadda ishlatiladi? 113 VIII BOB. MAGNIT USULIDA BOYITISH 8.1.Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, Ruda zarrachalariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir kilinganda, xar xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarrachalar har xil xarakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi. O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab xaraktlanib, magnit va nomagnit zarrachalar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu maxsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki uzining moddiy tarkibi bilan xam farq qiladi. Magnit usuladi boyitish qora va rangli metallar rudalarini boyitishda, magnitli og’irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda qo‘llaniladi. Ruda zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo‘ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi. Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni xosil qilish kerak. Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi. Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit kuchlarini xosil qiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari magnit maydoni etarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi kerak. Ruda zarrachalarining magnitlanish kobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling