Muqaddima
Magnit maydoni va uning xossalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
8.2. Magnit maydoni va uning xossalari
Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi kuch tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi. Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez xarakatlanuvchi ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. 114 Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber (Vb). Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induktsiyasi V hisoblanib, u son jihatdan 1 sm 2 yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit induktsiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl). Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induktsiyali magnit maydonida, jism tomonidan xis qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng. Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muxim xossasi, o‘lchov birligi A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan xarakaterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi. Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning xajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi. Agar xajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi. Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini xarakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit momentini o‘zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bir jansli bulmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda kuchlanganlik tezligining uzgarishi bilan xarakterlanadi. Maydon gradientini shu nuktadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit kuchi deyiladi. Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish bo‘yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling