Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
115 8.3.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi. Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo‘linadi. Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonidan itariladi. (mis, alyuminiy, vismut, surma). Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga tortiladi. Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi. (temir, nikel, kobalt). FeO , FeS. Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 ta guruxga bo‘linadi. 1. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10 -3 m 3 /kg ga teng magnitlanishga moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi. 2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10 10 -3 -600 10 -3 m 3 /kg orasida. Minerallarning bu guruxi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga hamma marganetsli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraktsiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida bo‘lishi kerak. 3. Nomagnit minerallar, ularga X<10 10 -3 m 3 /kg dan kichik paramagnit minerallar va hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruxi magnit fraktsiyaga hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi. 10> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling