Muqaddima
Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
8.5. Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
O‘lchami 70 dan 150 mm gacha bo‘lgan magnitli rudalarni quruq boyitish uchun elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o‘lchamdagi rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli barabanli separatorlarni ishlatish mumkin. (21-rasm) 39-rasm. Bir barabanli separatorning sxemasi 118 Magnit sistema o‘qqa qo‘zg’almas qilib o‘rnatilgan. Magnit qutblari baraban o‘qi bo‘ylib almashadi. Sistema atrofida shu o‘qning o‘zida nomagnit materialdan tayyorlangan baraban aylanadi. Baraban yuzasi uni siyqalanishdan asrash uchun rezina bilan qoplangan. Dastlabki ruda vibratsion tarnov orqali barabanga beriladi. Baraban yuzasiga tortilgan magnitli zarrachalar magnit ustidan o‘tadi va magnit ta’siri tamom bo‘lgan zonada baraban yuzasidan uzilib tushadi. Nomagnit zarrachalar separatorning magnit maydoni bilan ta’sirlashmaydi, barabandan parabolik traektoriya bo‘ylab tushirib olinadi. Barabanning ostiga magnit va nomagnit mahsulotni qabul qilish uchun ikkita quticha o‘rnatilgan. Qutidagi to‘siq ustiga o‘rnatilgan shiber mahsulot oqimini aniqroq ajratishga yordam beradi. Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000–2000 mm, magnit maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400–1500 e. Baraban yuzasining aylanma tezligi 1–3 m/sek. Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi o‘lchami – 40+0 mm li mahsulotda barabanning har bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat. Sanoatda bir barabanli, shuningdek, uch va to‘rt barabandan tashkil topgan separatorlar ishlab chiqariladi. Ko‘p barabanli separatorlarda asosiy separatsiya, chiqindilarning tozalash operatsiyalarini o‘tkazib, uchta mahsulot–boyitma, oraliq mahsulot va chiqindilarni olish mumkin. Agar magnit qutblari baraban uzunligi bo‘yicha galma–gal almashsa, separatorda magnit aralashuvi bo‘lmaydi. Magnit tortishishi natijasida barabanga yopishgan magnit zarrachalar magnit ustidan o‘tayotganda ag’darilmaydi. Materialning yurishi bo‘ylab qutblarning almashishi aralashishga olib keladi va nomagnit zarrachalarni barabandagi magnit zarrachalar orasidan uzib olishga imkon yaratadi. Magnit sistemasi qutblar sonini aylana bo‘ylab va barabanning aylanish tezligini oshirib, yuqori chastotali magnit maydoni hosil qilishga va jadalroq magnit aralashuviga erishish mumkin. 119 Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar soni 25 bo‘lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni maydonning chastotasi 125 gts ga teng bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling