Muqaddima
IX BOB. ELEKTR USULIDA BOYITISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
IX BOB. ELEKTR USULIDA BOYITISH 9.1.Elektr usulida boyitish asoslari Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallarning elektr xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida xarakatlanuvchi mineral zarrachaga ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr xossalari (elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va ќ.k.lar) ni belgilaydi. Mineral zarrachalarning elektr maydonida turli traektoriyalar bo‘ylab ќarakatlanishi ularni ajratish uchun qo‘llaniladi. Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarrachalar teskari ishorali zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o‘tkazgich zarrachalar tezda elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarrachalar zaryadini o‘zgartirmaydi va ќar xil zaryadlangan zarrachalar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o‘zaro ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar o‘lchamining ko‘paytmasiga to‘g’ri proportsional va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional. Zarrachalarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, elektr maydonida induktsiyalab, qizdirib, ishqalab elektrlashtirib, mineral zarracha yuzasida ionlarni adsorbtsiyalab va ќ.k. Ularning orasida amaliy aќamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. Tojli (koronniy) elektrsizlantirish qarama–qarshi elektrodga yo‘nalgan ionlar oqimini ќosil qiladi va mineral zarrachalar ularning yuzasida ionlar adsorbtsiyalangani uchun zaryadga ega bo‘ladi. Tojli elektrsizlantirish kichik diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20–40 kv) berib ќosil qilinadi. Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining ќolati muќim aќamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr separatorda zarrachaning ќarakatini o‘zgartirish mumkin. Mineral zarrachalarga flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan ishlov berish umumiy 122 nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni yutadi va yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr kuchlarining miqdori kichik bo‘lgani uchun u faqat o‘lchami 4 mm dan kichik quruq maќsulotlar uchun qo‘llaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling