Muqaddima
Ruda va minerallarning elektr xossalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
9.3. Ruda va minerallarning elektr xossalari Elektr separatsiyada asosan mineral zarrachalarning elektr o‘tkazuvchanligi, dielektrik o‘tkazuvchanligi, ishqalash orqali elektrlash va adgeziya xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr o‘tkazuvchanligiga qarab minerallar 3 guruќga bo‘linadi: solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10 2 –10 3 Sm/m li o‘tkazgichlar; solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10–10 -8 Sm/m li yarim o‘tkazgichlar; solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi <10 -8 Sm/m li dielektriklar; Bu guruќlardagi minerallarning ќar biri solishtirma qarshilikning ma’lum qiymati bilan xarakterlanadi. O‘tkazgichlarga solishtirma qarshiligi <10 9 Om m, dielektriklarga >10 12 Om m minerallar kiradi. 126 Elektr maydonida o‘tkazgichlar va dielektriklar o‘zlarini turlicha tutadilar. Agar elektr maydoniga o‘tkazgich joylashtirilsa, uning yuzasida elektr zaryadlari ќosil bo‘ladi, bunda o‘tkazgichning bir uchida ortiqcha elektronlar ќosil bo‘ladi (manfiy zaryad), ikkinchi uchida esa elektronlar etishmaydi (musbat zaryad). O‘tkazgich elektr maydonidan chetlashtirilsa ikkala qarama–qarshi zaryadlar muvozanatlashadi va jism zaryadsizlanadi. O‘tkazgich zaryadlangan jism bilan to‘qnashganda tokni yaxshi o‘tkazgani uchun bir xil zaryad ќosil qilib zaryadlangan jismdan itariladi. Dielektriklar esa elektr maydonida o‘zini boshqacha tutadi. Dielektrikning ќar qaysi molekulasida bir vaqtning o‘zida ќam manfiy, ќam musbat zaryadlar joylashadi; shuni qayd qilish kerakki dielektrikning istalgan ќajmida umumiy musbat zaryad manfiy zaryadga teng va dielektrikning ќar qaysi molekulasi elektr dipoli ќisoblanadi. Agar dielektrikni elektr maydoniga joylashtirilsa, uning ta’siri ostida zaryadlarning siljishi va maydonning kuchlanganligi yo‘nalishida elektr dipollarining orientatsiyasi sodir bo‘ladi. Dielektrikning yuzasida zaryadlar paydo bo‘ladi. Elektr maydonining ta’siri ostida dielektrikdagi zaryadlarning siljishi qutblanish deyiladi. Qutblangan dielektrikning yuzasida ќosil bo‘lgan zaryadlar bog’langan zaryadlar deyiladi. Qutblanish–bu elektr maydoni ta’sirida dielektrikda bog’langan zaryadlar joylashishini o‘zgartirishni tartibga solish. Bu o‘zgarish dielektrikdagi manfiy bog’langan zaryadlar yuqoriroq potentsial yo‘nalishida, musbat bog’langan zaryadlar esa pastroq potentsial tomonga ko‘chadi. 10>10> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling