Muqaddima


 Elektr separatorlarining tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
Bog'liq
pdf

9.5. Elektr separatorlarining tuzilishi
Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiyaning 
quyidagi usullari keng tarqalgan: 
elektrostatik separatsiya– elektrostatik maydonda amalga oshiriladi. 
 
tojli separatsiya–tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga 
oshiriladi (zarrachalar ionlashish orqali zaryadlanadi). 
tojli–elektrostatik 
separatsiya–tojli 
elektrostatik 
maydonda 
amalga 
oshiriladi. 
Kamdan–kam ќollarda dielektrik separatsiya ishlatiladi. 
Elektr 
separatsiyasi 
usullarining 
bunday 
tasnifiga 
asosan 
elektr 
separatorlarini quyidagi asosiy guruќlarga bo‘lish mumkin.
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog’onali, plastinkasimon), 
tojli va tojli–elektrostatik (barabanli, kamerali); 
triboadgezion; 
dielektrik; 
Ќar qanday elektr spearatorining tuzilishi zarrachani zaryadlovchi moslama 
va mineral zarrachaning ajralishi sodir bo‘luvchi separatsiya zonasi bilan 
aniqlanadi. 


129 
Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi aloќida va birlashgan ќolda 
tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi–yuqori kuchlanish 
manbai. 
Mineral zarrachalarni elektr–o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun o‘n 
oltita parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog’onali 
separator ishlatiladi (24–rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari 2–
jalyuzsimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori erga ulangan, izolyatorlar 3 
ga ulangan boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi.
42–rasm. Plastinkasimon elektrostatik separator. 
Dastlabki maќsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga ќarakatlanib, o‘n 
oltita elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o‘tkazuvchi zarrachalar tekis 
elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi 
idish 4 ga tushirib olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar separatorning ќamma 
kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idish 5 ga tushadi.
Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va 
beriladigan kuchlanganlikni o‘zgartirib boshqariladi.
Amaliyotda barabanli tojli va tojli–elektrostatik separatorlar eng ko‘p 
ishlatiladi. 25–rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. 
Qutichada podshipniklarda metal baraban–cho‘ktiruvchi elektrod 3 aylanadi. 
Undan ma’lum masofada aloќida quti 5 da barabanni ќosil qiluvchiga parallel 
ќolda bir nechta ingichka o‘tkazuvchilar–tojlantiruvchi elektrodlar 4 tortilgan. 
Barabanning ustida yuklovchi voronka 2, ostida esa boyitish maќsulotlarini qabul 
qilish uchun bir nechta bo‘limlardan iborat qabul qiluvchi bunker 6 o‘rnatilgan. 
Barabanni yopishib qolgan zarrachalardan tozalash uchun aylanuvchi cho‘tka 1 
ko‘zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish ќosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga 
yuqori kuchlanish beriladi. Cho‘ktiruvchi elektrod erga ulanadi. 


130 
43–rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi 
Aylanuvchi baraban orqali material bunkerdan elektrodlar orasidagi 
maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarrachalar ionlar oqimidan zaryad 
oladilar. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar barabanda zaryadini o‘zgartirmaydi, 
uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkerning III bo‘limiga to‘kiladi. O‘tkazuvchi 
zarrachalar zaryadini tez o‘zgartiradi va baraban yuzasidan ќar xil zaryadlangan 
zarracha sifatida itariladi va I bo‘limga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarrachalar esa 
II bo‘limga bo‘shatiladi. 
Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashkil topib, 
ularda asosiy separatsiya va maќsulotlardan birini tozalash sodir bo‘ladi. 
Elektr separatsiya asosan kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan–
tsirkoniy, tantal–niobiy) ning kontsentratlari sifatini me’yorga etkazish, 
shuningdek, keramik maќsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va 
ќ.k. larni boyitishda qo‘llanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling