Muqaddima
Piramidial tindirgichlar va quyultiruvchi konuslarda quyultirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10.5. Piramidial tindirgichlar va quyultiruvchi konuslarda quyultirish
Piramidial tindirgichlar quyultiruvchi konuslar bo‘tana va dag’al suspenziyalarni quyultirishga mo‘ljallangan. 48-rasm. Piramidial tindirgichlar Quyultirilgan mahsulotga 0,1-0,3 mm dan katta qattiq zarrachalar, quyulmaga esa, 0,1 mm gacha yiriklikdagi zarrachalarni saqlovchi unchalik tiniqmas suv ajraladi. Piramidial tindirgichlar temir betonli hovuzdan iborat bo‘lib, u bir-biri bilan piramidial taglik bilan bog’lanuvchi alohida kameralarga bo‘lingan. Taglikning qiyaligi 65-70 0 . 146 Taglikka teshikchalar qilingan bo‘lib, ularga quyulgan mahsulotni chiqarib olish uchun kranli patrubkalar o‘rnatilgan. Kameralarning o‘lchami tindirgich binosi ustunining qadamiga teng qilib qabul qilinadi. Bo‘tana tindirgichning yuqori qismiga beriladi va kameradan ikkinchisiga quyiladi. Bo‘tananing harakatlanish yo‘nalishida uning tarkibidagi qattiq zarrachalar cho‘kadi va ma’lum miqdorda yig’ilgandan keyin kran orqali tushirib olinib, quyiltirilgan mahsulot to‘plagichga jo‘natiladi. Qisman tinitilgan suv oxirgi kameraning devoridan oqib tushadi. Tindirgich kameralari bo‘tana bilan ketma-ket va parallel to‘ldirilishi mumkin. Quyultirilgan mahsulotni piramidial tindirgichdan chiqarib olish faqat kranli patrubka orqali emas, balki diafragmali nasos yoki shlyuzli ta’minlagich orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Shlyuzli ta’minlagich aylanishlar soni tarmoqqa ulanadigan qarshilikka qarab, o‘zgaradigan elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Quyultirilayotgan mahsulotning zichligi kamayganda, kameraning tubiga joylashtirilgan po‘kak cho‘kadi va tyaga yordamida qo‘shimcha qarshilik kiritadi, bu elektrodvigatelni aylanishlar sonini kamaytirishga va quyultirilgan mahsulotni bo‘shatish tezligini pasaytirishga olib keladi. Quyultirilgan mahsulot zichligini ortishi bilan po‘kak qalqib chiqadi, tarmoqdagi qarshilik kamayadi, elektrodvigatel aylanishlar soni ortadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling