Muqaddima


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88
Bog'liq
pdf

11.3. Quritish jarayoni. 
 
Mahsulot tarkibidagi namlikni harorat ostida bug’latib yo‘qotish jarayoni 
quritish jarayoni deb ataladi. Quritishda mahsulot tarkibidagi zarrachalar bilan 
mexanik va fizik kimyoviy bog’langan namlikgina yuqotiladi. Quritish jarayoni 
massa almashish jarayoniga taalluqli bo‘ladi, chunki u issiqlik va namlikni 
mahsulot ichida harakatlanishi va ularning mahsulot yuzasidan atrof-muhitiga 
uzatilishi bilan bog’liq. 
Quritish jarayoni foydali qazilmalarni boyitib, tayyor mahsulot olishning 
oxirgi bosqichi hisoblanadi. 
Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda katta ahamiyatga egadir. 
Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli 
xossalari yaxshilanadi, dastgohlar va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi. 
Mis boyitmalarini kuydirish va eritishdan oldingi ruxsat berilgan namlik 5-7%, 
ko‘mir boyitmalariga 7-8 %, nometall mahsulotlar tarkibidagi (talk, grafit, kaliyli 
tuzlar) namlik 1-2% va h.k. Bunday namlikka yuqorida ko‘rib chiqilgan 
suvsizlantirish usullari (quyultirish, filtrlash) orqali erishib bo‘lmaydi va shuning 
uchun ular ko‘p hollarda harorat ostida quritiladi. 


158 
Qurituvchi agent sifatida tutundan hosil bo‘ladigan gazlar, qizdirilgan havo va 
qizdirilgan bug’ ishlatilishi mumkin. Boyitish mahsulotlarini quritish uchun odatda 
yonilg’ini yonishidan hosil bo‘lgan tutunli gazlar ishlatiladi. 
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro ta’sirlvshuv 
usuliga ko‘ra quritishning quyidagi turlari mavjud: 
1.Konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent to‘g’ridan –to‘g’ri 
o‘zaro aralashadi. 
2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida 
ularni ajratuvchi devor bo‘ladi, 
3. Radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi.
4. Sublimatsiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum 
ostida suvsizlantiriladi. 
5. Dielektrik quritish-material yuqori chastotali tok maydonida quritiladi. 
Boyitish fabrikalarida konvektiv quritish keng tarqalgan usullardan biridir. 
Quritish, xalk xo‘jaligining tarmoqlarida: qora va rangli metallurgiyada
kimyo, energetika, engil va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling