Muqaddima


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
pdf

5.4. Gidrotsiklonlar 
Gidrotsiklonlar apparat ichida mineral zarrachalarning spiralsimon traktoriya 
bo‘ylab xarakatlanish natijasida hosil bo‘ladigan markazdan qochuvchi kuchni 
ishlatishga asoslangan klassifikatsiyalovchi apparatlarga kiradi. 
Bunda markazdan qochuvchi kuch mineral zarrachaga ta’sir qiluvchi 
gravitatsion 
kuchdan 
ancha 
kattadir. 
Shuning 
uchun 
gidrotsiklonlarda 
klassifikatsiyalash ajralish gravitatsiya kuchi hisobiga sodir bo‘luvchi boshqa 
apparatlardagiga nisbatan jadalroq boradi. 
Gidrotsiklonlar 
katta 
ishlab 
chiqarish 
unumdorligiga 
va 
yuqori 
klassifikatsiyalash samaradorligiga ega. 
Boyitish amaliyotida gidrotsiklonlar yanchilgan mahsulotni quyulma va 
qumga ajratish, maxsulotlarni shlamsizlantirish, suvsizlantirish va x.k.maksadlarda 
ishlatiladi. 
Gidrotsiklon tsilindr va konus qismlardan tuzilgan yuqoridan markazida 
dumaloq teshigi bor qopqoq bilan yuriladigan apparatdan iborat. 
22-rasm. Gidrotsiklon 
1 – manometr, 2 – qopqoq, 3 – quyuluvchi truba, 4 –tsilindrik qismi, 5 –trua,
6 – qoplama, 7 – konusli qismi, 8 – konussimon nasadka. 


72 
Dastlabki mahsulot gidrotsiklonning tsilindrik qismiga bosim ostida 
konussimon uchlik orqali beriladi. Gidrotsiklonga mahsulotning bunday berilishi 
butananing aylanishini vujudga keltiriladi. Yirikroq zarrachalar markazdan 
qochuvchi kuch ta’sirida gidrotsiklon devoriga sikiladi va tashqi oqim bilan 
konusning pastki teshigi orqali chiqariladi. Mayda zarrachalar ichki aylanuvchi 
oqim bilan yuqori kopqoqdagi teshik orqali chiqariladi. 
Gidrotsiklonlarda zarrachalarning ajralishi og’irlik kuchi ta’sirida emas, 
balki markazdan qochuvchi kuch ta’sirida sodir bo‘lishi tufayli ularda nisbatan 
mayda zarrachalarni ham katta mehnat unumdorligi bilan cho‘ktirish mumkin. 
Gidrotsiklonlarda o‘lchami 15 mkm gacha bo‘lgan quyulma olish mumkin, shu 
tufayli ularni butanani shlamsizlantirish uchun ishlatish mumkin. Mahsulot 
yirikligini gidrotsiklonga tushayotgan butananing bosimini hamda pastki 
bo‘shatish teshigining o‘lchamini o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin. 
Gidrotsiklonlar xuddi mexanik klassifikatorlar quyulmalari kabi yiriklikdagi 
quyulma olishga imkon beradi. Biroq gidrotsiklonlarning quyi mahsuloti 50-65% 
qattiq zarrachalarni saqlaydi, ya’ni mexanik klassifikatordagiga nisbatan suyuqroq 
qum olinadi va shuning uchun ko‘proq suvda mualloq joylashgan mayda sinfni 
saqlaydi. Shu sababga ko‘ra gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash samaradorligi 
mexanik klassifikatorlarnikidan past. 
Gidrotsiklonlar rudalarni yanchish sxemalarida keng qo‘llaniladi. Ular sharli 
tegirmonlar bilan yopiq tsiklda ishlovchi mexanik klassifikatorlarning o‘rnini 
bosadi. 
Gidrotsiklonlar katta sanoat maydanini ishg’ol etmaydi va mexanik 
klassifikatorlarga nisbatan ancha arzon. 
Ishlatishda gidrotsiklonlar klassifikatorlarga nisbatan qulayroq, chunki 
ularning tuzilishi sodda va xarakatlanuvchi qismlari yo‘q. Gidrotsiklonga kelib 
tushadigan mahsulotning xajmi mexanik klassifikatorlardagidan kam. Bu ham 
tegirmon-gidrotsiklondan tashkil topgan agregatni ishga tushirish va to‘xtatish 
engillashtiradi, shunigdek rudani enchish tsiklida bo‘lish vaqtining qisqaligi tufayli 
rudaning oksidlanishini kamaytiradi. 


73 
Gidrotsiklonlarning asosiy kamchiligi gidrotsiklonning o‘zini va unga 
bo‘tanani beruvchi nasosning tez ishdan chiqishi, va nasosning ishi bilan bog’lik 
elektr energiya sarfining balandligi. Ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun 
zamonaviy gidrotsiklonlar ichki tomonidan rezina qoplanadi va alohida detallarini 
almashtirish mumkin bo‘lishi uchun yig’iladigan qilib tayyorlanadi. Metalning 
maxsus navlaridan tayyorlangan nasoslarni ishlatish tavsiya qilinadi. 
Gidrotsiklonlar 50 dan 1000 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Konuslik burchagi 
odatda 20-22

q
abul qilinadi. 
Butananing gidrotsiklonga kirishdagi bosimi 0,3 dan 3 ata. Pastroq bosimda 
ishlash afzalroq, chunki bunda gidrotsiklonning ishdan chiqishi va elektrenergiya 
sarfi kamayadi. Yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga erishish uchun 
gidrotsiklonlarning bir nechtasini o‘rnatish kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling