Muqaddima
Kontsentratsion stolda boyitish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.3. Kontsentratsion stolda boyitish
Kontsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Kontsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi. Kontsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va ulchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab xarakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Kontsentratsion stolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir. SKM - 1 A markali kontsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat - bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi mumkin. Deka yoaochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, stekloplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu plankalar yog’och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi. Kontsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda xarakat 80 beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi. Maxovich orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin. Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli-ekstsentrik mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi. Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi. Stol ishlayotgan paytda deka notekis xarakatlanadi. Deka oldinga xarakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi. Deka orqaga xarakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi. Dastlabki mahsulot butana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi. Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab xarakat qiluvchi inertsiya kuchi. Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida Ruda aralashmasi deka buylab xarakatnadi. Bunda turli zarrachalarning xarakatlanish tezligi bir xil emas: katta inertsiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab xarakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga xarakatlanish tezligiga nisbatan katta bo‘ladi. 81 Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida joylashgan bo‘ladi. Inertsiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning kundalang yuzasi buylab zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezroq xarakatlanadi. 27 -rasm. Kontsentratsion stol SKM-1A 1- richag ekstsentrik mexanizm; 2-deka; 3-prujina; 4-maxovik; 5-kranshteyn; 6- tirsakli richag;7-tega; 8-tayanch roliklari; 9-elektr-dvigatellar; 10-tega;11- yuklovchi ariqcha;12-suv uchun ariqcha; 13-aylanuvchi parraklar. Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab kolish va ularni suv tez bilan yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral zarrachalar aralashmasining kavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og’ir zarrachalar,keyin yirik ogir zarrachalar, mayda engil va oxirida-yirik engil zarrachalar joylashadi. Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik engil zarrachalar yuviladi. Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda engil zarrachalar yuvilishni boshlaydi. Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallarning ajralish sxemasini tuzish uchun T - og’ir mineral zarrachasi,uning inertsiya kuchi ta’siridagi xarakatlanish tezligi V 1 , suvning yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning kundalang kesimi bo‘ylab xarakatlanish tezligi V 2 ; Engil mineral zarrachasi L uchun bu tezliklar U 1 va U 2 . Yuqorida bayon kilinganidek engil va og’ir minerallar xarakat tezliklaridagi nisbat. 82 V 1 > V 2 ; U 1 < U 2 Og’ir mineral zarrachasi TA, engil mineral zarrachasi esa LV yo‘nalishda xarakatlanadi. Shunday qilib, og’ir va engil mineral zarrachalari stoldan turli xil nuqtalarda tushadi va bu ularni alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi. Yonbosh tarafda og’ir minerallar-kontsentratga ajraladi, stolning ostki qismining uzatmaga yaqin qismida engil minerallar-chiqindini tashkil kiladi. Oralik zonada esa oralik zichlikka ega minerallar, hamda ajralishga ulgurmagan minerallar-oraliq mahsulotni tashkil qiladi. 28 -rasm Mineral zarrachalarning zichligidagi farqqa qarab stol yuzasida harakatlanish sxemasi Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruktsiyasi, dekaning tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi kontsentratsion stollar ishlatiladi. Sanoatda SKP / stol (kontsentratsionniy podvesnoy) - SKP-15, SKP-22, SKP-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi); SKO-(stol kontsentratsionniy oporniy); SKO- 15; SKO-22; SKO-30 va h.k. markali stollar chiqariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling