Muqaddima
Kontsentratsion stollarning asosiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.4. Kontsentratsion stollarning asosiy
parametrlari va ishlash tartibi Kontsentratsion stollar ishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 1. Plankalarning balandligi; 2. Plankalar orasidagi masofa; 3. Dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasi; 83 4. Dekaning bo‘ylama va kundalang qiyalik burchagi; 5. Berilayotgan suv tartibi; 6. Stolning solishtirma i/ch quvvati. Plankalarning joylashishi, balandligi va ular orasidagi masofa birinchi navbatda boyitilayotgan mahsulotning xususiyatiga, shuningdek dekaning qiyaligiga, suv sarfi va tezligiga, stolning i/ch quvvatiga bog’liq. Plankalar balandligi va ular orasidagi masofa - boyitilayotgan rudaning yirikligiga bog’liq. Odatda rudani boyitishda plankalarning balandligi 4-15 mm, ular orasidagi masofa esa 20-45 mm ni tashkil qiladi. Mahsulot yirikligi ortgan sari bu parametrlar ham ortadi. Mahsulotning stol yuzasida qavatlanish samaradorligi dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasiga bog’liq bo‘lib, u ham o‘z navbatida boyitilayotgan maxsulot zichligi va yirikligiga bog’liq. Yirik zarrachali mahsulotni boyitishda mahsulot katta balandlikda joylashadi, bu holda plankalar orasida kattaroq yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi hosil bo‘ladi va dekaning qadam uzunligi kattaroq bo‘lishi talab qilinadi. Deka tebranishlari chastotasi esa bunda uncha katta bo‘lmaydigan qilib tanlanadi. Mayda zarrachali mahsulotni boyitishda esa tebranishlar amplitudasi kichik, chastotasi esa katta qilib tanlanadi. Masalan, yirikligi 3 mm li mahsulotni boyitish uchun tebranishlar chastotasi 200 min -1 .amplitudasi esa 24 mm, yirikligi < 0,5 mm li mahsulot uchun esa tebranishlar chastotasi 300-350 min -1 ga ko‘tarilib, amplitudasi esa 12-14 mm ga kamaytirilishi kerak. Stol yuzasining ko‘ndalang kiyalik burchagi - ham boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog’liq. qiyalik burchagining ortishi butana oqimining tezligi va suvning yuvilish tezligini ortishiga olib keladi, buning natijasida og’ir zarrachalar stolning yonbosh tarafiga etib kelmasdan stol yuzasidan yuvilib tushib ketish ehtimoli ortadi. 84 Mahsulot qancha yirik bo‘lsa, stol shuncha ko‘proq egilgan bo‘lishi mumkin. Mayin zarrachali mahsulot uchun stolning qiyalik burchagi minimal bo‘lishi kerak. Odatda stol yuzasining kiyalik burchagi 1-10 0 orasida bo‘ladi. Yuzaning qiyalik burchagi faqatgina mahsulotning yirikligiga emas, balki plankalarning balandligiga ham bog’liq. Ularning balandligi va mahsulotning yirikligi ortgan sari yuzaning ko‘ndalang qiyalik burchagi ortadi. Kontsentratsion stolda boyitish samaradorligiga dastlabki mahsulot (butana)ning zichligi va yuvuvchi suvning sarfi katta ta’sir ko‘rsatadi. Butananing xaddan ziyod suyulib ketishi og’ir minerallarning yo‘qolishiga olib keladi. Stol yuzasida suvning etishmasligi zarrachalar ajralishini yomonlashtiradi va i/ch unumdorligini pasaytiradi. Stolga kelib tushadigan butananing optimal zichligi 20-25 % hisoblanadi. Yuvuvchi suvning sarfi mahsulotning yirikligi va yuzaning qiyalik burchagiga bog’liq holda belgilanadi. Boyitilayotgan mahsulot qancha yirik bo‘lsa, yuvuvchi suvning tezligini shuncha oshirish mumkin. Yuzaning qiyalik burchagi katta bo‘lsa, yuvuvchi suvning mikdorini kamaytirish mumkin. Odatda kontsentratsion stolda ishlatiladigan suvning mikdori har bir tonna Ruda uchun 1-2 m 3 ni tashkil qiladi. Kontsentratsion stolning i/ch unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog’liq. Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qavatlanishiga ulgurmaydi, chunki plankalar orasidagi bo‘shliq og’ir minerallar bilan o‘ta to‘lgan bo‘ladi va yangidan tushayotgan mahsulot esa tez suv bilan yuvilib tushib ketadi. Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, lekin bunda stolning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan bo‘ladi (i/ch quvvati nuqtai nazaridan). Kontsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori samaradorligi, mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi va uni darhol regulirovka qilish mumkinligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling