Muqaddima
Shlyuzlarning texnologik parametrlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.6. Shlyuzlarning texnologik parametrlari
va ishlash tartibi Shlyuzlarning asosiy texnologik parametrlari: qattiq zarrachalarning bo‘tanadagi miqdori (zichligi), oqimining chuqurligi, shlyuzning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga qarab tanlanadi. Bu parametrlar i/ch unumdorligi, ajralish va kontsentratning sifati kabi boyitish ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Chuqur to‘ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxta (doska) dan to‘g’riburchakli kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyuzlarning uzunligi 150-180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan - 0,9 m gacha bo‘ladi. Shlyuzning qiyalik burchagi 2-3 0 . Shlyuz tubiga trafaret tushaladi. Ko‘pincha, trafaretlar orasida chuquvchi mayda og’ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo‘ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi. Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to‘ldiruvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag’al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar tushaladi. Shlyuzlarning solishtirma i/ch quvvati mahsulotning yirikligi, kontsentratning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m 2 sutkani tashkil qiladi. Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suv keng chegarada o‘zgaradi. Mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo‘lganda sarflanadigan suv 88 miqdori har 1 m 3 Ruda uchun 3-10 m 3 . 200-300 mm yiriklikdagi rudani boyitishda suv sarfi keskin oshib ketadi.1 m 3 Ruda uchun 100 m 3 gacha suv sarflanadi. 6.7. Vintli separatorlarda boyitish Vintli separatorlarda boyitish xuddi shlyuzlarda boyitishdagidek ketadi, lekin bu usulda boyitishda og’irlik kuchi bir qatorda kattaligi og’irlik kuchidan bir necha barobar katta bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch ham ishlatiladi. Shuning uchun mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishi tezrok ketadi va apparatning o‘lchamini sezilarli darajada kichraytirish mumkin. Vintli separator vertikal ukka ega kuzgalmas vintsimon burama tarnovchadan iborat. Bunday apparatlar kamyob, nodir metallar tub konlari va sochma konlari rudalarini boyitishda, fosforitli, xromitli rudalarni boyitishda ishlatiladi. Butana tarnovchaning yuqori qismiga beriladi. Tarnovcha bo‘ylab harakatlanayotganda mineral zarrachalar suv oqimining, ishqalanish kuchining, og’irlik kuchi va markazdan qochuvchi kuchning ta’siriga uchraydi. Bu kuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida mahsulot zichligiga qarab taqsimlanadi: engil minerallar tashqi yon devor tomon siljib, spiralsimon traektoriya bo‘ylab pastga siljiydi: og’ir zarrachalar esa shunday traektoriya bo‘yicha tarnovchaning tubi bo‘ylab xarakatlanadi. Separatorning yuqori o‘ramlaridan ajratuvchilar yordamida kontsentrat, o‘rta o‘ramlardan oraliq mahsulot, chiqindi esa tarnovchaning oxiridagi quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi. 89 30–rasm. Vintli separator 1–bo‘tana qabul qiluvchi; 2–vintli tarnovcha; 3–ajratgichlar; 4–kolonka; 5–chiqindilar uchun tarnovcha; Vintli separatorlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik parametrlar ta’sir qiladi: vintsimon tarnovchaning diametri va qadami, o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan ko‘rinishi (profil), ajratgichlar soni, ularni o‘rnatish joyi, mineral zarrachalarning o‘lchami va shakli, bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori, sarflanadigan suv miqdori va h.k. Separatorning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga, ajratiladigan minerallarning yirikligi va zichligiga bog’liq. Sanoatda ishlatiladigan separatorlar tarnovchaning diametr 600 dan 1500 mm gacha bo‘ladi. Vintsimon tarnovchaning qadami uni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, tarnovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak. Odatda u 0,4-0,6 ga teng. Tarnovchaning o‘lchamlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik xossalariga bog’liq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi. Sanoat separatorlarida o‘ramlar soni 4-6 tashkil qiladi. Ajratgichlar soni va ularni o‘rnatish joyi har qaysi konkret hol uchun tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Odatda tarnovchaning har qaysi o‘rami ajratgich bilan ta’minlanadi. 90 O‘lchami 4 mm dan 0,25 mm gacha bo‘lgan mahsulot vintli separatorlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarrachalar yomonrok boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loy va mayin shlamlarning bo‘lishi vintli separatorlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi. Vintli separatorlarda boyitishda, agar og’ir mineral zarrachalari yassi plastinka, engil mineral zarrachalari esa dumaloq shaklda bo‘lsa eng yaxshi natijalarga erishiladi. Yassi plastinka shaklidagi zarrachalar siljishning ishqalanish kuchlari ta’sirida tarnovchaning ichki yon devorida ushlanib qolinib, kontsentratga ketadi, engil minerallarning dumaloq shakldagi zarrachalari esa tarnovning tashqi yon devori bo‘ylab xarakatlanadi va chiqindiga ajraladi. Vintli separatorlarga berilayotgan bo‘tana tarkibidagi qattiq zarrachalarning massa miqdori 25 - 30 % da ushlab turiladi. Ishlab chiqarish unumdorligi esa separatorning o‘lchami va boyitilayotgan rudaning xossasiga qarab 2 dan 30 t/soat. Vintli separatorlar sodda tuzilishga ega, ularni ishlatish qulay, ularda elektr energiya sarflanmaydi va kam joyni egallaydi. O‘lchami 4 mm dan 0,15 mm gacha bo‘lgan og’ir minerallar (oltin, ilmenit, kassiterit va x.k.) boyitilganda 97% ga qadar yuqori ajralishga erishish mumkin. Birok minerallarning o‘lchami 4 mm dan ortsa yoki 0,15 mm dan kamaysa vintli separatorlarda boyitish samarasi keskin kamayadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling