Muqaddima


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Bog'liq
pdf

Nazorat uchun savollar 
1. Gravitatsion usulda boyitishning  mohiyati nimada? 
2. Gravitatsion jarayonlarni bir-biridan tubdan fark kiluvchinechta kategoriyaga 
bulish mumkin? 
3. Cho‘ktirish deb nimaga aytiladi? 
4. Porshenli cho‘ktirish mashinalarining tuzilishi va ishlash tartibi haqida 
nimalarni bilasiz? 
5. Diafragmali cho‘ktirish mashinalarining qanday tuzilishga va ishlash tartibiga 
ega? 
6. Segregatsiya deb nimaga aytiladi? 
7. Kontsentratsion stolda boyitishda qanday mahsulotlar olinadi? 


95 
8. Og’ir muhitlarda boyitishning qanday avfzalliklari bor? 
9. Purkovchi va konusli separatorlarda qanday minerallar boyitiladi? 
VII BOB. FLOTATSIYA JARAYONI 
 7.1.Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari 
Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bulsa-da, faqat XX asr 
boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, 
qora, nodir metallar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib 
olinayotgan foydali qazilmalarning 90% dan ortig’i shu usul bilan boyitiladi.
Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qullanilishi 
uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi. 
1) metallning miqdori kam bo‘lgan kambagal rudalarni ham qayta ishlash 
mumkinligi (masalan:mis- 1%, qalay va volfram- 0,1% gacha, molibden- 0,01% 
gacha va h.k.). 
2) murakkab, masalan, polimetal rudalarni kompleks ravishda qayta ishlashning 
mumkinligi (masalan, qo‘rg’oshin, rux, misli polimetall rudalar). 
Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi 
farqqa asoslanib boyitish usulidir. 
Mineral zarrachalarning suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida mahkamlanish 
qobiliyati mineral zarrachalarning suv bilan xo‘llanish qobiliyatiga bog’liq. 
Xo‘llanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan 
molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir. 
Xo‘llanish zarrachaning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog’liq. Erkin 
yuza energiyasi ancha katta bo‘lsa, zarracha yuzasi shuncha yaxshi xo‘llanadi, 
qancha kichik bo‘lsa-shuncha yomon xo‘llanadi. Suv bilan xo‘llanmaydigan 
yuzalar gidrofob, suv bilan xo‘llanadigan yuzalar esa gidrofil yuzalar deyiladi. 
(tarjimada suvni yaxshi ko‘ruvchi va yomon ko‘ruvchi yuzalar).
Suyuqlik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan hamma qo‘shni 
molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Bu ning natijasida 
molekulalarning tortishish kuchi o‘zaro tenglashgan, molekulalarning o‘zi esa 
muvozanatda turadi. 
Suyuklik yuzasida joylashgan molekula uchun esa molekulyar tortishish kuchlari 
muvofiqlashmagan. Molekula faqat suyuqlik tomonidan tortilishni xis qiladi. Bu 
kuchlar tenglashmagan va suyuqlik fazasining ichiga yo‘nalgan. Yangi ajralish 
sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga qarshi ish sarflash kerak.


96 
1sm
2
ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi. U "T" 
harfi bilan belgilanadi va erg/sm
2
yoki dm/sm
2
larda o‘lchanadi. Sirt tarangligi sirt 
ajralishi fazasining muxim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt tarangligi 20
0
da 
72,75 dm/sm
2
ga teng. Uni suvda har xil moddalarni eritib o‘lchash mumkin. 
Suvda eriydigan va sirt tarangliligini kamaytiradigan moddalar sirt aktiv moddalar 
deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir vaqtning o‘zida ham 
polyar (ON-, SON, NN

-), hamda apolyar (uglevodorod zarrachalari) gruppalari 
kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi moddalar sirt-aktiv moddalar deyiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling