Muqaddima


 Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
pdf

7.8. Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar 
Flotatsiya - universal va yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish mumkin 
bo‘lgan jarayon hisoblanib, uning borishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qilishi 
mumkin. Ularga: dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo‘tananing 
zichligi, xarorat, reagent tarkibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, bo‘tananing 
mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k. 
Boyitilayotgan rudaning mineral tarkibiga qo‘llanadigan reagentlarni tanlash, 
ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani 
mineral - petrografik o‘rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral 
komponentlarning 
tarkibi, 
o‘simtalarning 
o‘zaro 
tuzilishi, 
begona 
aralashmalarining oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi 


102 
belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari 
belgilanadi. 
Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid 
minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning 
oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning 
flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib 
flotatsiyalanmaydi. 
Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi kerakki, 
qimmatbaxo komponent zarrachalari o‘ziga yopishgan puch tog jinslari 
minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi zarrachalarning o‘lchami 
havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos kelishi kerak. 
Odatda flotatsiyani zarrachalarning o‘lchami 0,02-0,5 mm orasida olib 
boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarning maksimal o‘lchami ularning 
gidrofobligiga va shakliga bog’liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga 
erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan 
yirik zarrachalar ham, shuningdek, ajralishni keskin ko‘paytiruvchi va reagentlar 
sarfini oshiruvchi, o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar bo‘lmasin. 
Bo‘tananing qattiq zarrachalarining massa ulushi 15-40% gacha bo‘lishi 
mumkin. Flotatsiyaning ba’zi operatsiyalarida suyuqroq bo‘tana ishlatish 
maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo‘tana quyultiriladi. 
Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish 
darajasi pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi yomonlashadi
kontsentratning sifati pasayadi. Yuqori sifatli kontsentrat olinishi talab qilinganda 
flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi. 
Xaroratning ortishi ko‘p xollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. 
Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog’ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi 
ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to‘plovchi sifatida 
ksantogenatlar ishlatilganda bunday xol kuzatilmaydi va bunda bo‘tanani faqat 
qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq. 


103 
Flotatsiyada reagentlar tarkibi ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning 
sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlarning bo‘tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan 
belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral 
zarrachalarni yirikligi, suvning tarkibi va h.k.larni o‘rganish borasida olib borilgan 
tajribalar asosida tanlanadi.
Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhitning regulyatorlari, 
depressorlar (aktivatorlar), to‘plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar.
Muhit regulyatorlari tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To‘plovchilar esa 
kontakt chanlar yoki to‘g’ridan-to‘g’ri flotomashinalarga beriladi. Tuplovchi 
odatda bira-to‘la emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar 
flotatsion kameraga beriladi. 
Suvning tarkibi - flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv zining tarkibida 
har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalarni saqlaydiki, ular muhitning 
pH ini o‘zgartirib, ko‘pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini 
oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak bo‘lmagan holda minerallarga aktivligini 
oshiruvchi yoki sundiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin.
Flotatsiya vakti-flotatsiyalanuvchi komponentning kontsentratga ajralish 
darajasi va kontsentratning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni 
ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya 
vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki 
qimmatbaho komponentning kontsentratga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi 
flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, kontsentrat sifatining yomonlashishi va 
flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir 
bo‘ladi.
Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning 
texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi 
ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan xaddan tashqari 
to‘yintirish ularni qo‘shilishini ko‘paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta 
tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarrachalarning ajralish ehtimolini oshiradi. 
Butanada mineral zarrachalarni ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarrachalar (d = 


104 
1mm) ning ham, va mineral zarracha yuzasini aktivlashtiruvchi mayda 
pufakchalarning ham bo‘lishi kerak. 
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham 
ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing xajmi va undagi qattiq 
zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak. 
Flotatsion mashinani xaddan tashqari yuklash metalni kontsentratga ajralishini 
kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga etarli miqdorda 
mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va kupikli mahsulotga 
puch tog’ jinslari o‘tib ketib, kontsentrat sifati yomonlashadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling