Muqaddima


 Magnit maydoni va uning xossalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
pdf

8.2. Magnit maydoni va uning xossalari 
Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi 
kuch tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga 
ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi. 
Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez xarakatlanuvchi 
ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. 


114 
Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni 
magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber 
(Vb).
Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induktsiyasi V hisoblanib, 
u son jihatdan 1 sm
2
yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit 
induktsiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl). 
Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit 
momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induktsiyali magnit maydonida, jism 
tomonidan xis qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng. 
Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muxim xossasi, o‘lchov birligi 
A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan xarakaterlanadi. Musbat magnit massasi 
birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi 
deyiladi. 
Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati 
jismning xajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi.
Agar xajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u 
solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi. 
Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini 
xarakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit 
momentini o‘zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi. 
Bir jansli bulmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda 
kuchlanganlik tezligining uzgarishi bilan xarakterlanadi. 
Maydon gradientini shu nuktadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit 
kuchi deyiladi.
Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish 
bo‘yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling