Muqaddima
Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar 1. Magnit usulida boyitishning
8.6. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining kuchlanganligi yuqori bo‘lgan separatorlar ishlatiladi. 22–rasmda o‘lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho‘l usulda boyituvchi valokli separator keltirilgan. Magnit sistemasi o‘zaklar va ulardagi g’altak o‘ramlari, qutb uchliklari va valoklardan iborat. Valoklarning turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning bir jinsligini kuchaytiruvchi o‘yiqlarga ega. Sepiluvchi quruq mahsulot yoki bo‘tana yuklovchi voronka orqali valok ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo‘limiga, magnitli minerallar esa valoklar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib qutining magnitli mahsulotlar bo‘limiga tushadi. 40–rasm. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho‘l usulda boyituvchi separatorning sxemasi 1–ta’minlagich; 2–o‘ramlar g’altagi; 3–o‘zak; 4–qutb uchliklari, 5–valoklar, 6–magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi idish; 120 Separatorning xarakteristikasi: valokning o‘lchamlari: DxL=270x1000 mm, valokning aylanish tezligi 50-90 ay/min, magnit maydonining kuchlanganligi 10000–12000e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha. Bunday separatorlar marganetsli rudalarni ho‘l usulda boyitish uchun kamyob metalli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun qo‘llaniladi. Nazorat uchun savollar 1. Magnit usulida boyitishning mohiyati nimada? 2. Magnitning qanday xossalari bor? 3. Magnit usulida qanday minerallar boyitiladi? 4. Kuchli magnit seperatorlarining tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 5. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega? 7. Magnit usulida boyitishga qanday omillar ta’sir qiladi? 8. Magnit usulida boyitishning qanday avfzalliklari bor? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling