Muqaddima


IX BOB. ELEKTR USULIDA BOYITISH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
Bog'liq
pdf

 
IX BOB. ELEKTR USULIDA BOYITISH 
9.1.Elektr usulida boyitish asoslari 
 
Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallarning elektr 
xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida xarakatlanuvchi mineral 
zarrachaga ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr 
xossalari (elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va ќ.k.lar) ni belgilaydi. 
Mineral zarrachalarning elektr maydonida turli traektoriyalar bo‘ylab 
ќarakatlanishi ularni ajratish uchun qo‘llaniladi.
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarrachalar teskari ishorali 
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o‘tkazgich zarrachalar tezda 
elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan 
itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarrachalar zaryadini o‘zgartirmaydi va ќar xil 
zaryadlangan zarrachalar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o‘zaro 
ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar 
o‘lchamining ko‘paytmasiga to‘g’ri proportsional va zaryadlar orasidagi 
masofaning kvadratiga teskari proportsional.
Zarrachalarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: 
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, elektr maydonida induktsiyalab, qizdirib
ishqalab elektrlashtirib, mineral zarracha yuzasida ionlarni adsorbtsiyalab va ќ.k. 
Ularning orasida amaliy aќamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. 
Tojli (koronniy) elektrsizlantirish qarama–qarshi elektrodga yo‘nalgan ionlar 
oqimini ќosil qiladi va mineral zarrachalar ularning yuzasida ionlar 
adsorbtsiyalangani uchun zaryadga ega bo‘ladi. Tojli elektrsizlantirish kichik 
diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20–40 kv) berib ќosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining ќolati muќim 
aќamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr 
separatorda zarrachaning ќarakatini o‘zgartirish mumkin. Mineral zarrachalarga 
flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan ishlov berish umumiy 


122 
nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni yutadi va yuqori elektr 
o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr 
kuchlarining miqdori kichik bo‘lgani uchun u faqat o‘lchami 4 mm dan kichik 
quruq maќsulotlar uchun qo‘llaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling