Muqaddima
Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali
elektrlashtirish. Ma’lum sharoitda bir–biriga ishqalanish natijasida barcha fizik jismlar o‘lchami va ishqalanish zaryadining ishorasi turlicha bo‘lib elektrlanadi. Bitta jismning o‘zi boshqa, unga ishqalanuvchi jismning fizik xossalariga qarab o‘lchami va ishorasi turlicha zaryad olishi mumkin. Masalan, metallar shishaga ishqalanganda manfiy, kauchukka ishqalanganda esa musbat elektrlanadi. Ќar xil turdagi jismlar bir–biriga ishqalanganda ular o‘lchami bir xil, ishorasi ќar xil elektr zaryadlari bilan zaryadlanadi. Mineral zarrachalarning ishqalanish orqali elektrlanishi ularning elektrostatik maydonda o‘zini turlicha tutishi bilan tushuntiriladi. 128 Tajriba natijasida elektrostatik maydonda bir xil mineral zarrachalarning ќamma vaqt musbat zaryadlangan, boshqalarning esa manfiy zaryadlangan elektrod tomonga og’ishini, minerallarning bir qismini esa elektrodlar qutblanishini sezmasligi aniqlangan. Bu birinchi va ikkinchi turdagi minerallarning ular og’adigan elektrodning ishorasiga teskari triboelektr zaryadi ishorasiga, og’ishmaydigan zarrachalar esa juda kichik ishqalanish zaryadiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mineral zarrachalarni, shuningdek, zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashtirib ќam elektrlashtirish mumkin. Turli xil elektr o‘tkazuvchanlikka ega zarrachalar zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashganda ular turli kattalikdagi zaryadlarni oladi. Nisbatan yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega minerallar birozdan so‘ng elektrod bilan bir xil ishorali zaryad oladi, dielektrik zarrachalar esa elektrodga tortilgancha qoladi. Zaryadlangan yuzada elektr o‘tkazuvchi va dielektrik minerallarning o‘zini turlicha tutishi ularni elektr maydonida ajratishda keng ishlatiladi. Mineral zarrachalarni zaryadlashning boshqa usullari elektr usulida boyitish amaliyotida ko‘p tarqalmagan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling