Muqaddima


 Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
Bog'liq
pdf

9.6. Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar 
Elektr separatsiya boyitiluvchi maќsulotning xossalari, separatorlarning 
tuzilishi va ishlash printsipi, maќsulotni separatsiyaga tayyorlash usuli, jarayon 
borishining texnologik tartibi kabi bir qator omillarga bog’liq. 
Zarrachalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektr separatsiya samaradorligiga 
ќal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi erga ulangan elektrodda elektrsizlanish tezligini va 
qoldiq kattaligini belgilaydi.
Minerallarning elektr o‘tkazuvchanligidagi farq qancha katta bo‘lsa, 
ularning separator ishchi maydonida ќarakatlanish traektoriyasi shuncha sezilarli 
farq qiladi va buning natijasida minerallarni ajratish osonlashadi. Yaxshi elektr 
o‘tkazuvchanlikka ega zarrachalar erga ulangan elektrodda tez elektrsizlanadi va 
uncha katta bo‘lmagan qoldiq zaryadga ega bo‘lib, mexanik kuchlar ta’sirida 
barabandan u bilan to‘qnashgan zaќoti uziladi.


131 
Zarrachalarning yomon elektr o‘tkazuvchanligi elektr tortishish kuchlari 
ќisobiga zarrachalarni baraban yuzasida ushlab turishga imkon beruvchi 
kattalikdagi qoldiq zaryadni saqlab qolishni ta’minlaydi. Zarrachalarning elektr 
o‘tkazuvchanligi qancha kichik bo‘lsa, ular barabanda shuncha uzoqroq ushlanib 
turadi va yuqori elektr o‘tkazuvchi zarrachalar zonasidan shuncha uzoqda bo‘ladi. 
Zarrachalarning o‘lchami ularning tojli elektrsizlantirish maydonida 
oladigan zaryadini belgilaydi. Biroq zarrachaning o‘lchami ortishi bilan uni 
yuzasidan uzuvchi markazdan qochuvchi kuch ќam ortadi. Zarrachalar 
o‘lchamidagi farq katta bo‘lganda ularni aniq ajratish qiyinlashadi. Yirik tok 
o‘tkazmaydigan zarracha mayda tok o‘tkazadigan zarracha bilan bir vaqtda 
barabandan uzilishi va, aksincha, juda kichik o‘tkazuvchi zarrachalar 
o‘tkazmaydigan fraktsiyaga tushib qolishi mumkin. Shunday qilib, elektr 
separatsiyada yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish uchun maќsulotlarni 
boyitishdan avval klassifikatsiyalanadi.
Agar boyitilayotgan maќsulotda changsimon zarrachalar sezilarli miqdorda 
bo‘lsa, minerallarning elektr separatsiyasi keskin yomonlashadi. Shuning uchun 
jarayonni o‘tkazishdan oldin maќsulot changsizlantirilishi kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling