Muqaddima


Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Bog'liq
pdf

Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi. Elektr separatsiyada 
barabanning chiziqli (aylanma) ќarakatlanish tezligi zarrachani baraban yuzasidan 
uzib tushiruvchi asosiy markazdan qochuvchi kuch orqali namoyon bo‘ladi. 
Markazdan qochuvchi kuchning ortishi bilan o‘tkazuvchi zarrachalarning 
ajralishi uchun qulay sharoit yaratiladi, biroq ќaddan tashqari oshirish 
o‘tkazuvchilar fraktsiyasiga baraban yuzasida elektr tortishish kuchlari bilan 
ushlanib turilmaydigan elektr o‘tkazmaydigan zarrachalarni ќam o‘tib ketishiga 
olib keladi. O‘tkazuvchi fraktsiyaning o‘tkazmaydiganlar bilan ifloslanishi 
barabanning aylanma ќarakatlanish tezligi kamayib ketganda ќam kuzatiladi. 
Shuningdek, separatorning ishlab chiqarish unumdorligi ќam cho‘ktiruvchi 
elektrodning aylanma ќarakatlanish tezligiga bog’liq. Aylanma ќarakatlanish 
tezligining ortishi bilan separatorning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish 
mumkin, biroq bu bilan separatsiya maќsulotlari sifatini yaxshilashga ќamma vaqt 
erishib bo‘lmaydi. 
Maќsulotning yuqori namligi elektr separatsiyaga ikki taraflama salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Namlik minerallarning, ayniqsa o‘tkazmaydigan minerallarning tabiiy 
elektr o‘tkazish xususiyatini kuchli darajada o‘zgartirishi va ularning moddiy 


133 
tarkibi ќamda elektrofizik xususiyatidan qat’iy nazar zarrachalarning yopishib 
qolishiga olib keladi. Puch tog’ jinslarining mayda zarrachalari qimmatbaќo 
mineralga yopishib, kontsentratga ajraladi va uning sifatini yomonlashtiradi. 
Shunday qilib, ortiqcha namlikni yo‘qotish elektr usulida boyitishdan oldingi 
bajarilishi shart bo‘lgan operatsiya ќisoblanadi. 
Elektrseparatsiyada maќsulotning yuza namligi asosiy rol o‘ynaydi. 
Maќsulot yuzasidagi namlikni yo‘qotish ќarorati 150
0
–200
0
S. Bunday ќaroratda 
quritilgan maќsulot 0,5–1% namlikka ega bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling