Muqaddima


 Piramidial tindirgichlar va quyultiruvchi konuslarda quyultirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
pdf

10.5. Piramidial tindirgichlar va quyultiruvchi konuslarda quyultirish 
 
Piramidial tindirgichlar quyultiruvchi konuslar bo‘tana va dag’al suspenziyalarni 
quyultirishga mo‘ljallangan. 
48-rasm. Piramidial tindirgichlar 
Quyultirilgan mahsulotga 0,1-0,3 mm dan katta qattiq zarrachalar, quyulmaga 
esa, 0,1 mm gacha yiriklikdagi zarrachalarni saqlovchi unchalik tiniqmas suv 
ajraladi.
Piramidial tindirgichlar temir betonli hovuzdan iborat bo‘lib, u bir-biri bilan 
piramidial taglik bilan bog’lanuvchi alohida kameralarga bo‘lingan. Taglikning 
qiyaligi 65-70
0
.


146 
Taglikka teshikchalar qilingan bo‘lib, ularga quyulgan mahsulotni chiqarib olish 
uchun kranli patrubkalar o‘rnatilgan. Kameralarning o‘lchami tindirgich binosi 
ustunining qadamiga teng qilib qabul qilinadi. 
Bo‘tana tindirgichning yuqori qismiga beriladi va kameradan ikkinchisiga 
quyiladi. Bo‘tananing harakatlanish yo‘nalishida uning tarkibidagi qattiq 
zarrachalar cho‘kadi va ma’lum miqdorda yig’ilgandan keyin kran orqali tushirib 
olinib, quyiltirilgan mahsulot to‘plagichga jo‘natiladi. 
Qisman tinitilgan suv oxirgi kameraning devoridan oqib tushadi. Tindirgich 
kameralari bo‘tana bilan ketma-ket va parallel to‘ldirilishi mumkin. 
Quyultirilgan mahsulotni piramidial tindirgichdan chiqarib olish faqat 
kranli patrubka orqali emas, balki diafragmali nasos yoki shlyuzli ta’minlagich 
orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Shlyuzli ta’minlagich aylanishlar soni 
tarmoqqa ulanadigan qarshilikka qarab, o‘zgaradigan elektrodvigateldan harakatga 
keltiriladi. Quyultirilayotgan mahsulotning zichligi kamayganda, kameraning 
tubiga joylashtirilgan po‘kak cho‘kadi va tyaga yordamida qo‘shimcha qarshilik 
kiritadi, bu elektrodvigatelni aylanishlar sonini kamaytirishga va quyultirilgan 
mahsulotni bo‘shatish tezligini pasaytirishga olib keladi. 
Quyultirilgan mahsulot zichligini ortishi bilan po‘kak qalqib chiqadi
tarmoqdagi qarshilik kamayadi, elektrodvigatel aylanishlar soni ortadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling