Muqaddimat ul-adab
ZAMAXSHARIY HIKMATLARIDAN
Download 26.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-ma\'ruza LA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar
ZAMAXSHARIY HIKMATLARIDAN
Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan. Yomon fikr sohiblari ham, kufroni ne’mat qiluvchilar ham yovvoyi qobonlar misoli Alloh taoloning mag‘firatidan yiroqdirlar. Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir. Alloh taolodan astoydil iltijo bilan o‘tinib so‘ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi. Suv yo‘llari irmoqlari bilan bo‘lgani kabi shariatning to‘g‘ri qonun-qoidalari Payg‘ambar alayhissalom ta’limotlari bilandir. Urug‘likni ham, po‘choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir. Sen zalolat to‘lqiniga o‘zingni urib suzsang, seni faqat ko‘p toat-ibodat va tasbehlar qutqaradi. Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning roziligini o‘yla. Aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda bo‘lib, zoye ketadi. Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi. Kimki o‘z nafsi-balosiyu orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak o‘zini-o‘zi chuqur qa’riga tashlagani muqarrar. O‘z nafsingga hokim bo‘lmasang, uni o‘z hukmingda tutasan. Aks holda undan g‘olib chiqib, ushlab tura olmaysan. Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunga yarasha odamlar uning kayg‘usiga sherik bo‘larlar, hamdardlik bildirarlar. Boshingizga mushkul ish va tashvish tushganida munis bo‘lib, odamlarga mehr-muhabbat ko‘rsatasiz. Ammo davlatu ne’matlarga erishganingizda bag‘ritoshlikka moyil bo‘lasiz. Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir. Foydalaniladigan adabiyotlar Normamatov S. Leksikografiya asoslari. – Toshkent, 2020. Umarov E. Eski o‘zbek lug‘atlari. – Toshkent, 1994. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling