Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim maxsus sirtqi yo’nalishi 307 – guruh talabasi Olimova Dilnoza Abdumalikovnaning Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment fanidan “Direktorning ma’muriy-xo‘jalik faoliyatga rahbarlik


Download 15.85 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi15.85 Kb.
#1142266
Bog'liq
27 taqriz (3)


Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim maxsus sirtqi yo’nalishi 307 – guruh talabasi Olimova Dilnoza Abdumalikovnaning Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment fanidan “Direktorning ma’muriy-xo‘jalik faoliyatga rahbarlik qilishi.” mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
TAQRIZ
Mazkur kurs ishining mavzusi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ma’muriy-xo‘jalik faoliyatga, tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi bo`lib kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Sifatli tarbiya va ta'lim uchun munosib sharoitlarni tashkil etish, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga tizimli yondoshish ishning asosiy vektori bo'lib qolishi kerak. O'qituvchilar va boshqa xodimlarning huquqiy savodxonligi masalasi har doim muassasa rahbariyatining diqqat markazida bo'lishi kerak. Ta'lim va tarbiyaning yuqori sifatiga erishish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining eng muhim masalalarini hal qilishda vakolatli kollektiv yondashuv talab etiladi.
Kurs ishida ma’muriy-xo‘jalik faoliyatga, metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish, maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik davlatlari pedagogika fanini o'rganish., «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari»ning bajarilishini ta’minlash; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish; pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish; pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya yunalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish; ilg’or pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yullarini belgilash; ustoz-shogird an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik kengashni tashkil etishga zamonaviy yondashuv masalalari ko`rsatilib o`tilgan.
Kurs ishining xulosa qismida mavzu yuzasidan fikrlar umumlashtirilgan va talabalarga, metodist o’qituvchilarga uslubiy tavsiyalar berilgan. Kurs ishini yozishda talaba izchillik, tizimlilik qoidalariga rioya qilgan. Mazkur kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: А.Аbdurasulov
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling