Muqimiy test Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida ijod qilgan?


Download 25.09 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1541375
Bog'liq
muqumiy test 4


Muqimiy test

  1. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida ijod qilgan?

1)g’azal 2)muxammas 3)murabba’ 4)masnaviy 5)ruboiy 6)tuyuq 7)fard
8)muashshar.
A. 1,2,3,4,5,6,7,
B.1,2,3,4
C. 3,4,5,6,7
D.1,2,3,5,6,7,8

  1. Muqimiy qalamiga mansub quyidagi misralarda qayerning vasfi keltirilgan?

Vodil maqomi dilfizo,
Ko’chalaridur dilkusho.
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
A. Farg’onaning
B. Qo’qonning
C.Namanganning
D.Toshkentning

  1. Muqimiy o’zbek adabyotida mukammal ko’rinish olgan, adabiy an’anaga aylangan qaysi janrning asoschisi hisoblanadi?

A. Sayohatnoma
B.Satira
C.Qasida
D. Ruboiy
4. Muqimiy “Sayohatnoma” sida qayerni “dashti qaroqchizor”ekanligini aytadi ?
A.Do’rmanchani
B.Roshidonni
C.O’ltarmani
D.Nursuxni
5. ”Sayohatnoma”dan olingan quyidagi parchadagi “najjor” so’zining ma’nosi nima?
Du bora yurdum dashtlab,
Bodom koniga qarab:
Mirza Umarni so’rag’lab,
Havlisida najjor ekan.
A. Cho’pon
B.Bog’bon
C. Duradgor
D.Novvoy
8.Muqimiyning oilasi nima sababdan buzilib ketadi?
A.Moddiy muhtojlik sabab
B.Ayolining xiyonati sabab
C.Ijodga sho’ng’igani sabab
D.Farzandsizlik sabab
9.Muqimiy Qo’qonda yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi.Quyidagilardan ushbu adabiy guruhga mansub shoirlarni toping.
1.Furqat 2.Zavqiy 3.Nisbat 4.Muhayyir 5.G’aribiy 6.Nasimiy 7.Mavlaviy
A.1,2,3,4,5,6,7.
B.1,2,3,4,6,7
C.1,2,3,4,5,7
D. 2,3,4,5,7
11.Muqimiy qaysi madrasadan bir hujra olib “hujrayi tang va torlikda bekaslik va g’ariblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr o’tkazgan?
A. Hazrat madrasasi
B.”Mehtar anbar” madrasasi
C. ”Hokim oyim” madrasasi
D.Mulla Abduhalil madrasasi
14.“Sayohatnoma“dan olingan quyidagi ta’rif qayer haqida ?
……kabi ham yurt yo’q,
Bog’dor-u dehqon qorni to’q,
Masjidlari ham ko’p uluq,
Turfa farah osor ekan
A.Nursux
B.Tikkarabot
C.Chimyon
D.Yakkatut
15.“Sayohatnoma“da „mullolari chaqqon,garang.
Omillari ham mullarang“deya ta’riflangan joy nomini toping.
A. Rafqon
B. Nursux
C.Chimyon
D.Isfara
16.Muqimiyning “Sayohatnoma”sida boshga to’n yopingan mar’akadagi besh yuz xotinning va’z tinglab turgani haqidagi voqea qaysi qishloqda bo’lib o’tgan?
A. O’ltarma
B. Beshariq
C.Nursux
D.Vodil
17.Muqimiyning”Sayohatnoma”sida qaysi qishloq haqida “Yetim haqi- go’shti baliq,Qilmishlari nayrang ekan”deya yetim haqini yeyishlari haqida gapiriladi?
A. Beshariq
BTikkrabot
C. Rafqon
D.Qudash
18.Quyidagi obraz ta’rifi Muqimiy “Sayohatnoma”sining qaysi qismida uchraydi?
Boz izdihomi voizi,
Badkayf-u ochilmas ko’zi,
Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko’knor ekan
A. Qo’qondan Farg’onaga
B. Qo’qondan Shohimardonga
C.Qo’qondam Isfaraga
D.Qo’qondan Namanganga
19.Sayohatnomadan olingan quyidagi ta’rif qayer haqida ?
Mingboshi Eshdavlat akam,
Ammo quruq savlat akam.
Qilsa chiqim gar bir diram,
Uyqu qochib bedor ekan.
A.Yakkatut
B.Tikkrabot
C.Chimyon
D. Nursux
20.“Sayohatnomada“qayer odamlarining yengilnamoligi,bo’lar bo’lmasga jang qilaverishi ta’riflanadi?
A Yayfan
B.Rafqon
C Beshariq
D.Vodil
21.“Sayohatnoma“da maqomi dilfuzo,ko’chalari dilkusho deya tariflangan joy nomini toping.
A Vodil
B.Rafqon
C.Chimyon
D. Nursux
22.“Sayohatnoma“da keltirilishicha,bir tanga pulga bir qurut sotadigan insofi yo’q baqqol qaysi qishloqda yashaydi?
A. Yakkatut
B.Tikkabarot
C.Chimyon
D..Nursux
24.Muqimiy „Sayohatnoma“sining qaysi yo’nalishini Qudash ta’rifi bilan boshlaydi?
A.Qo’qondan Farg’onaga
B.Qo’qondan Isfaraga
C.Qo’qondan Shohimardonga
D.Qo’qondan Isfaraga
25……yilda Qo’qonda Muqimiy vafotining …. yilligiga bag’ishlangan xotira marosimi o’tkaziladi?
A. 1933,30
B. 1977,74
C.1938,35
D.1951,48
26.M.Aminxo’janing Akbarxo’ja ismli o’g’li qachon dunyoga keladi?
A. 1879
B. 1876
C.1873
D.1878
30.1938-yildan boshlab Muqimiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan kimlarning ilmiy tadqiqotlari e’lon qilingan?
1.G’.G’ulom 2.H.Olimjon 3.A.Olimjonov 4.H.Zarifov
5.G’.Karimov 6.A.Abdug’afurov 7.A.Qahhor 8.S.Ahmad
A.1,2,3,4,5,6
B.2,3,4,5,6,7,8
C.1,2,3,4,5,7,8
D.1,2,3,4,5,6,7,8
33.Muqimiy “Sayohatnoma”sida qayerni ko’rmaganligidan armon qiladi?
A Tikka Rabot
B. Rafqon
C.Chimyon
D.Nursux
35.Sayohatnomada qayerda mehmonga tariq berishlari haqida gapiriladi?
A. Bo’rbaliq
B.Oltiariq
C.O’ltarma
D. Beshariq
37.Muqimiy “sayohatnoma”sida qayerni firdavs bog’iga qiyoslaydi?
A. Roshidonni
B. Oq yerni
C.Bo’rbaliqni
D.Nursuxni
39”Sayohatnoma”da “Qo’qondan Isfaraga” va “Qo’qondan Farg’ona” yo’nalishlarining har ikkalasida ham uchraydigan joy nomlarini toping.
A.Nursux,Yayfan,Rafqon
B.Beshariq,Roshidon,Oltiariq
C.Chimyon,Rafqon,Yayfan
D.Yayfan,Roshidon,Oltiariq

43.Muqimiyning hajviy g‘azallari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?


a) Hajvi Viktorboy, To‘yi Iqonbachcha
b)Saylov, Kim desun
c)Hajvi Viktorboy, Saylov,
d)Saylov, Dar shikoyati Laxtin
44. Ostroumov „Devoni Muqimiy toʻplamini nechanchi yil nashr qilingan?
a) 1907-yil
b)1910-yil
c)1905yil
d)1930-yil
45. Muqimiy merosida qaysi janrlar ko‘proq uchraydi?
a) g‘azal, murabba, muxammas
b) g‘azal, tuyuq, murabba
c) g‘azal, tuyuq, ruboiy
d) ruboiy, muxammas, g‘azal
47.Muhammad Yusuf ismli shaxsning Muqimiy hayotida qanday o‘rni bor?
a)Muqimiyga xattotlikni o‘rgatgan.
b)Muqimiyning buyuk adiblar bilan tanishuviga sababchi bo‘lgan.
c)Muhammad Yusuf uning qaynotasi bo‘lgan.
d) Adibning iqtisodiy tarafdan ta’minlab turgan
50. Muqimiy ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda taxminan nechta hajviy asar yaratgan.
a)30 ga yaqin
b)50 ga yaqin
c)20 ga yaqin
d)100 ga yaqin
53. Muqimiyning nechta nasriy maktubi hozirgi kungacha saqlangan?
a) 20 ta
b)15 ta
c)12 ta
d)15 ta
55. 1865 yil Muqimiy hayotida qanday voqea sodir bo’ladi?
a) onasi vafot etadi
b) Qo‘qon madrasasida taxsil oladi
c) Sanambibiga uylanadi
d) Ilk she’rini yozadi
57. Jamiyatda tekinxo’rlik bilan kun ko’ruvchi din ahillarini tanqid qilishga,ularning fe’l-atvorlaridagi iflosliklarni kulgili hollarni tasvirlashga bag’ishlangan satirasi qaysi?
a) Avliyo
b) Oshiq boʻlibman
c)Tanobchilar
d) Oʻzim har joydaman

58. Muqimiyning ”Tanobchilar” satirasining bosh qahramonlari kim?


a) Aliakbarxo’ja bilan Hakimjon

b) Akbarali bilan Hakimjon


c) Sulton Alixo’ja bilan Hakimjon
d) Do’stmuhammad bilan Ali
59. Muqimiyning qaysi asarida o’zida bo’lmagan sifatlar bilan maqtanadigan ,chiranchoq odamlar ustidan kuladi?
a) To’yi Iqonbachcha
b) To’y
c)Avliyo
d)Tanobchilar
60. Muqimiyning qaysi satirasi muxammas shaklida yozilgan?
a. r Hajvi Viktor
b. Tanobchilar
c. Toʻy
d. Moskovchi boy taʼrifida
61. Muqimiyning jiyani kim?
a) R.Do’stmatov
b) Do’stmuhammad
c) H. Yoqubov
d) X. Zarifov
62.Muqimiyning “Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Voqeayi Viktor” kabi asarlari qaysi janrda bitilgan?
a) masnaviy
b) muxammas
c)qit’a
d)tuyuq
63.Muqimiyning badiiy so‘zga mehr qo‘yishiga sababchi bo‘lgan insonni ko‘rsating.
a) Onasi Oyshabibi (Oysha)
b) Otasi Mirzaxo‘ja Mirfozil
c)Madrasa muallifi Mehtar oyim
d) Rafiqasi Sanambibi
64.Mamajon Makay, Nizomjon, Farzincha, Ismoil Naychi singari o‘z davrining taniqli san’atkorlarni qaysi adib o‘z asrlarida tilga oladi?
a) Muqimiy
b)Zavqiy
c) Komil
d)Furqat
65. Muqimiy dastlab qaysi madrasada tahsil oladi
a) „Moxlar oyim“ madrasasida
b) „Hazrat“ madrasasi
c) „Nodirabegim“ madrasasida
d) „Mir arab “ madrasasida
66. Muqimiyning „Hajvi halifai Mingtepa“haqida hajviy asari kim haqida?
a Dukchi Eshon
b) Muzaffarbek
c)Qurbonjon Dodxo
d) ) Madaminbek

67. Muqimiyning “Maskovchi boy ta’rifida” satirasida bosh qahramon kim?


a) Sulton Alixo’ja
b) Akbarali
c) Hakimjon
d) Hodi xo’ja
68.Muqimiy o’zining qaysi satirasida xalq oldida taqvodor pokiza bo’lib ko’rinuvchi avliyoning qanday pastkash, riyokor,munofiq odam ekanini ochib tashlaydi
a) Avliyo
b) Hajvi Viktor
c) Sayohatnoma
d) Tanobchilar
69. Muqimiy haqida kim „Mavlono Muqimiy“ romani va „Muqimiy“ dramasini yaratgan?
a) Sobir Abdulla
b) G’ofur G’ulom
c) Oybek,
d) X. Zarifov
70. Muqimiyning Sayohatnoma asari necha qismdan iborat?
a)4 qism
b)3 qism
c)7 qism
d)2 qism
71. Muqimiy qachon vafot etadi?
a) 1903 yil
b)1905-yil
c)1908-yil
d)1910-yil
72. Muqimiyning “Maskovchi boy ta’rifida” satirasi qaysi janrda yozilgan?
a) masnaviy

b) qit’a
c) tuyuq


d) muxammas
73.Muqimiyning aynan qaysi asari amaldorlar zulmiga yo’liqqan oddiy bir dehqonning hikoyasi tarzida yozilgan?
a) Tanobchilar
b) Sayohatnoma
c) Avliyo
d) To’y
74. Muqimiy nechanchi yilda yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan?
a) 1876 yilda
b) 1872 yilda
c) 1867 yilda
d) 1875 yilda
75. Muqimiy qanday oilda dunyoga kelgan?
a) nasliy novvoylar
b) xattotlar oilasida
c) ziyoli olimlar
d)dehqonlar oilasida
76. Muqimiyning nechta she’riy maktubi hozirgi kungacha saqlangan?
a) 10 ta
b)15 ta
c)20 ta
d)8 ta
77. Muqimiy asarlarini to'plash o'rganishda kim boshchilik qildi
a) G’afur G’ulom
b) Oybek
c) Oybek
d) Sobir Abdulla
78.Muqimiyning qaysi hajvlarida hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan
a) „Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“
b) „Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“
c) „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“
d) „Pash-shalar“, „Hayron qildi loy“ „Loy“
79. Muqimiyning rafiqasi bilan turmushi buzilishiga nima sabab bo‘ladi?
a) Iqtisoqiy muammolarning ko‘pligi, Sanambibi boy oilada o‘sganligi uchun sabri yetmagan
b) Sanambibining badiiy zavqdan mahrumligi, adabiyotdan uzoqligi va adibni tushunmagani
c)Muqimiyning ota onasi sabab bo‘lgan.
d) Barcha javoblar to‘g‘ri.
80. Muqimiy she’rlarida qaysi mumtoz adabiyot vakillari ijodiga hos timsollardan foydalangan?
a) Navoiy, Jomiy
b) Lutfiy, Pahlavon Mahmud
c) Sakkokiy , Lutfiy
d) Atoyi, Jomiy
81. Muqimiy Otasi vafotidan soʻng qaysi kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan?
a) Hazrat madrasasi
b) Mohlaroyim madrasasi
c) Xojaniyaz biy tas madrasasi
d) Jome masjidi
Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling