Muqobil energiya manbalari nima Muqobil energiya manbalarining turlari


Download 51.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1450237
Bog'liq
Muqobil energiy-WPS Office



Muqobil energiya manbalari nima
Muqobil energiya manbalarining turlari
Muqobil energetikani rivojlantirish uchun qabul qilingan me’yoriy
xujjatlar.
Muqobil energiya manbalari va samaradorligi
Quyosh suv isitgichlari.
1
.Muqobil energiya manbalari bu gidroenergetika, shamol energiyasi, quyosh energiyasi,
geotermal energiya, biomassa va suv oqimi energiyasidan foydalanish orqali olinadigan qayta
tiklanadigan energiyadir. Neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran rudasi kabi qazib olinadigan
yoqilg‘idan farqli o‘laroq, bu energiya manbalari tugamaydi, shuning uchun ular qayta
tiklanadigan, deb ataladi. Birgina 2019-yilning o‘zida butun dunyo bo‘ylab umumiy quvvati 200
GVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari (TEM) ob’yektlari o‘rnatildi.
2
Quyosh Yerdagi asosiy energiya manbayi hisoblanadi, chunki har yili sayyoramizga
taxminan 173 PVt (yoki 173 million GVt) quyosh energiyasi tushadi, bu esa global energiyaga
bo‘lgan ehtiyojdan 10 ming baravar ko‘proqdir. Uyingizda yoki ochiq joylarda fotovoltaik
modullar quyosh nurini kremniy yordamida elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh kollektorlari
isitish va issiq suv ishlab chiqarish uchun ham foydalaniladi.
Quyosh panellari bulutli havoda va hatto qor yog‘ishida ham energiya ishlab chiqarishi
mumkin. Eng katta samaradorlik uchun ular ma’lum bir burchak ostida o‘rnatilishi kerak –
ekvatordan qanchalik uzoqroq va panellarni o‘rnatish burchagi qanchalik katta ekani
ahamiyatga ega.
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QAYTA TIKLANUVCHI VA VODOROD ENERGETIKASINI
RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- Bugungi kunda energiya resurslariga bo‘lgan talab tarkibiy jihatdan o‘zgarmoqda, xususan
uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi manbalarga o‘tishda vodorod energetikasini
rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda.
- Shu bilan birga, soha holatining tahlili iqlim o‘zgarishi sharoitida respublikada samarali,
resurstejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligini
ko‘rsatmoqda.
- Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining o‘sishi iqtisodiyotning energiya
resurslariga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy


antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda.
-
Respublikaning energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy
salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.
4.
Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda
hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni
saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil
energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
So‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni
ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini
oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va
tizimlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qaror bilan tasdiqlangan
“2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari
va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi
farmoni hisoblanadi.
5.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling