Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti
Download 60.17 Kb.
|
Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- 1.1. Motor afaziyani bartaraf etish bo‘yicha metodik adabiyotlar tahlili.
Mavzuning maqsadi: Motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ishlarni ochib berish.
Kurs ishining vazifalari: - Ilmiy adabiyotlarda mavzuning bayon etilish holatini o‘rganish. -Motor afaziya bartaraf etishda korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etish. -Motor afaziya bartaraf etish usullari. Kurs ishining predmeti:Motor afaziya orqali korreksion-pedagogik ish tizimini kengroq yoritib berish. Kurs ishining obyekti: Motor afaziya nuqsoniga ega bola. Kurs ishining ilmiy-uslubiy jihatlari: Kurs ishida ilmiy adabiyotlar,ilmiy maqolalar, O‘zb.Res.ning me'yoriy-huquqiy hujjatlaridan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Kurs ishining hajmi; 2 ta bob, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 1.Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari. 1.1. Motor afaziyani bartaraf etish bo‘yicha metodik adabiyotlar tahlili. Afaziya — nutqning to ‘liq yoki qisman yo'qolishi, u odatda, bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. faziyani keltirib chiqaruvchi sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin: miyada qon aylanishining buzilishi (ishemiya, gemorragiyalar), bosh miya jaro h atlari, o‘smalar hamda bosh m iyaning infeksion kasalliklari. Qon tomir tizimidagi buzilishlari, kasalliklari sababli afaziya ko‘proq kattalarda yuz beradi. Qon tomir tizimidagi bosh miya qon tomirlarining yorilishi natijasida yuz beruvchi anevrizm, tromboemboliya, revmatizm natijasida paydo bo'ladigan yurak paroklari, m iya-qobiq jarohatlari О‘smirlar va yoshlarda ham kuzatiladi.Miyadagi qon aylanishining buzilishini uchdan bir qismida afaziya yuzaga keladi, ko‘pincha motor afaziya kuzatiladi (Ye.V. Shmidt, T.AMakinskiy, 1979; E.S. Beyn, 1964). Bolalarda afaziya kam uchraydi, ularda afaziya miya-qobiq jarohatlari, miyadagi o'sm alar yoki miya infeksion kasalliklari oqibatida yuzaga keladi.Afaziya — bu miya jarohatlarining og‘ir asoratlaridan biri bo‘lib, bunda nutq faoliyatining barcha turlari sistemali buzilgan bo‘ladi. Afaziyada nutq buzilishlarining murakkabligi, buzilgan joyning lokalizatsiyasiga (masalan, bosh miyaning po‘stloq osti bo‘limlariga qon quyilishida, jarohatlan ish o'chog'inin g joylashuviga qarab nutq tiklanishiga umid bog‘lash mumkin), jarohat ochog‘ining o'lcham iga, chapaqaylikda nutqiy faoliyat elementlarini funksional saqlanib qolgan xususiyatlariga bog'liq. Kasalning nutqiy nuqsonga bo'lgan reaksiyasi ham bu borada m a’lum darajada ahamiyatlidir.Har qanday afaziya turining asosida u yoki bu neyrofiziologik va neyropsixologik birlamchi buzilishlar yotadi (masalan, praksisning dinamik yoki konstruktiv buzilishlari, fonematik eshituvning buzilishi, artikulatsion apparat apraksiyalari va h.k. ). Bu buzilishlar nutqni tushunish, yozuv, o'qish, hisobdagi o'ziga xos sistemali kamchiliklarning paydo bo'lishiga olib keladi. Afaziyada nutq faoliyatining barcha turlari turli darajada sistemali buzilgan bo'ladi (og'zaki nutq, nutqxotirasi, fonematik eshituv, nutqni tushunish, yozma nutq, o'qish, hisob va h .k .). Shu tufayli nutqiy buzilishning mohiyatini tushunish uchun neyro fiziologiya , neyropsixologiya va neyrolingvistika sohalaridagi bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. 1961-yil fransuz shifokori G . Broka afaziya bilan kasallangan bemorning chap o 'rta miya arteriyasi, hamda peshananing uchinchi burma egati orqa sohalarining zararlanishini aniqladi. G. Broka ushbu jarayonni o'rganib, og'zaki nutqning markazi miyaning peshana qismida joylashgan degan xulosaga keldi. 1974-yil Vernike, bosh miyasining chap chakka qismi jarohatlangan 10 ta bemorni o'rganish asosida nutqni tushunish,ekspressiv nutq, o ‘qish va yozuv buzilishlarining aniqladi, ham da o ‘z xulosalarida bunday nutq buzilishlarini o ‘ziga xosligini bayon etdi. Broka va Vernikening kashfiyotlari ikki yo‘nalish olimlarining, "lokalizatsionistlar" va "antilokalizatsionistlar" o'rtasidagi bahslarning boshlanib ketishiga olib keldi. Bu bahslar 50-yil mobaynida davom etdi. Haqiqatan ham , m urakkab psixik funksiyalar va m iyaning muayyan sohalari o ‘rtasidagi aloqadorlikning mavjudligini Lixtgeym (1855) va Libm an (1905) lar k o ‘rsatib berishdi. Ular ancha ilg‘o r fikrlarni bildirsalarda, lokalizatsistlar o‘rtasida tor lokalizatsion qarashlarga ega bo‘gan kishilar ham bor edi. Chunonchi, Kleyst faqat yaxlit funksiyalami— hisob, yozuv, o‘qishni lokalizatsiyalamadi, balki miyaning alohida sohalarida "shaxsiy va umum iy M ENni", "Vatanga muhabbat" va shu kabilarni ham lokalizatsiyaladi. Shubhasiz, Kleyst va boshqa "lokalizatsionistlarning dastlabki ishlari "antilokalizatsionistlarning" jo‘shqin chiqishlariga sabab bo‘ldi. Bir qator "antilokalizatsionistlar" maqsadga muvofiq bunga e ’tiroz bildirdilar. Biroq, o ‘z navbatida ular orasida ortodaksal qarashlar ham mavjud edi. M asalan, P.M ari afaziyali bemorlarni ruhiy kasallar deb hisoblagan. Yirik afaziolog Goldshteyn murakkab funksiyalar buzilishini p o ‘stloqning alohida sohalari bilan bog‘lash kerak emas va odam miyasi yagona bir butunlikda ishlaydi deb hisoblaydi. Intellektual faoliyat o ‘zgarishlari bilan kechuvchi bosh miya kasaliiklarida murakkab psixik funksiyalar buzilishini chuqur "instinktlar” jarohati bilan, "mavhum ko‘rsatmalar" va "toifalar" bilan bog‘laydi.M urakkab psixik funksiyalam i tushunishga Djekson tom onidan alohid^jhissa qo‘shilgan. U 1863-yildayoq har bir funksiya murakkab "vertikaltuzilishga egaligini ko‘rsatdi va "simptomni lokalizatsiyalash mumkin, biroq funksiyani lokalizatsiyalab bo‘lmaydi, chunki u past qismdan oliyga chiqqan murakkab xarakter tuzilishga ega" deb ta’kidladi. Oliy psixik funksiyalar buzilishining doimiy ko‘rinishlari yuzasidan maxsus tadqiqotlar o ‘tkazildi, masalan, apraksiyaning turli xil ko‘rinishlari, shu jum ladan artikulatsion apparat apraksiyasi (Libm ann); agram m atizm (A. Pik); nutqiy faoliyatning murakkab shakllarini buzilishi (m urakkabma nutiqiy -grammatik ibo ralarni tushunish ). Semantik afaziya ko'rinishlariga X.Xed m ehnati bag‘ishlanadi Rossiyada oliy psixik funksiyalarning lokalizatsiyasi muammosini o‘rganishga I.M . Sechenovning "Bosh miya reflekslari" monografiyasi sabab bo’ladi. Bu esa o ‘z navbatida V. M. Tarkovskiy, N .D . Rodosskiy, S.I. Davidenkova, M .I. A stvatsaturova, M.B. Krol va boshqa rus olimlarining ilmiy izlanishlariga katta ta ’sir ko'rsatdi. Afaziyaning turlicha tasniflari mavjud: Vemike-Lixtgeymning klassik, nevrologik tasnifi, X. Xed, V.K. Orfmskaya va boshqalarning lingvistik tasnifi, bularning barchasi nutq haqidagi ta ’limotning u yoki bu tarixiy davrda rivojlanishi uchun xarakterli bo’lgan nevrologik, psixologik, fiziologik va lingvistik fanlaming rivojlanish darajasini aks ettiradi. Hozirgi vaqtda A.R. Luriyaning afaziyani neyropsixologik tasnifi um um qabul qilingandir.A .R. L uriyaning oliy po'stlo q funksiyalarini tashkil etishga neyropsixologik yondashuvi l.P . Pavlov, N.A. B ernshteyn va P.K . Anoxinlarning funksiyalarni tizimli tashkil etish va "teskari afferentatsiya" si haqidagi neyrofiziologik kashfiyotlari, shuningdek, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev va boshqa psixologlarning neyropsixologik va psixologik qarashlarining davomi hisoblanadi. 1947-yiIda A. R. Luriya dinam ik va tizimli qurish prinsipini, oliy po'stloq funksiyasining bosqichma-bosqich lokalizatsiyalanishini ta ’riflaydi. A.R. Luriya tomonidan psixik faoliyat buzilishini o'rganish m etodi, odam ning turli xil bilish jarayonlari buzilishini o'rganish metodi ishlab chiqilgan. A.R. Luriya taklif qilgan neyropsixologik metodika, turli xil simptom va sindromlarni, simptomlarning qonuniyatli uyg'unlashuvini (miyaning u yoki bu tuzilishi jarohatida yuzaga keluvchi simptomlar), tekshirishga imkon beradi; bu metodikani qo'llash, nafaqat afaziyaning u yoki bu shakli mavjudligi haqida xulosa qilishga, balki bosh miyaning jarohat joyini diagnostika qilish imkonini ham beradi. U, afaziyaning istalgan shaklida nutqiy faoliyatning amalga oshishi buzilishini ko'rsatib berdi. Zamonaviy neyropsixologiya va neyrolingvistika asosida, tafakkur va ichki nutqning roli haqidagi ta ’limot yotadi. Psixolingvistika manbalarida F. de Sosyura va I .A. Boduen de Kurtene nomlari turibdi. Ular "til” va "nutq", "paradigmatik” va "sintagmatik" munosabatlar, "til statikasi" va "nutq dinamikasi" kabi tushunchalaming differensatsiyasiga asos solganlar. Nutqning paradigmatik birliklari ostida tilning barcha belgilari o 'z o'zidan m a’lum bo'ladi: fonemalar, bo'g'in tizimi, lug'at, qo'shimchalar, ma’lum so'z birikmalari, ya’ni u yoki bu tilni xarakterlovchilar.Har bir paradigma, masalan, fonema ma’lum miqdordagi belgilarga ega. Ular almashganda fonemaning m a’no sifati o'zgaradi, shu sababli paradigmatik belgilar o'zaro almashinuv tamoyili bilan ("yoki" - "yoki") xarakterlanadi: yoki og'izli, yoki burunli, yoki labli, yoki tilli, yoki jarangli, yoki jarangsiz. Bunday qarama-qarshi qo'yiluvchi belgilar bilan fonemalar,leksimalar farqlanadi (keldi-ketdi va h .k .). N utqda barcha paradigmatik birliklar "va"-”va" tamoyili bo'yicha sintagmatik o'zaro bog'liqdir. Bunday bog'liqlik o'zaro almashinuvga yo'l qo'ymaydi; xususan, so'zda fonemalar qat’iy, bir tekisdagi tartibga ega, gapda ko'm akchi, ravish va fe’ldan oldin turolmaydi va hokazolar, ya’ni paradigmatik m unosabatlar fazoviy, sim ultan tamoyil bo'yicha tuzilgan, sintagmatik m unosabatlar esa vaqt, chiziqli va suksessiv tamoyil bo'yich a tuzilgan. Afaziyaning turli shakllarida, impressiv va ekspressiv nutqning "paradigmatik" va "sintagmatik" uyushuvi (uyushganligi) turlicha buziladi (A. R. Luriya, Adabiyotlar bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki, afaziy bilan ishlash uchun tavsiya etiladigan aksariyat m etodikalar nutqning buzilishi rezidual bosqichda bo'lgan kasallar bilan ishlashga m o‘ljallangan (B. G. Ananev 1946, 1947; E. S. Beyn 1947, 1964; V.M. Kogan 1947, 1948 va b.lar). uning sababi shundaki, uzoq vaqt davom ida kasallar bilan olib boriladigan ishlar insult yuz bergach, bir necha oy, ba’zida esa bir necha yildan so‘ng amalga oshirilgan. Chunki kasalni insultdan yoki jarohatdan so‘ng "bezovta qilish" xavfli deb hisoblangan.Nutqiy buzilishni bartaraf etish metodikalari karlarni o ‘qitish (optiktaktil metod) tajribasidan ham da maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan "onalik metodi" ("fiziologik alfavit" Pestolitstsi, l.G . Pestalotstsi 1909, 1912) bo‘yicha ishlash usullaridan olingan. 30-yiliardan boshlab Rossiyada ham logopediya keng rivojlana boshlandi. Bolalar logopediyasi amaliyotida optik-taktil m etod juda katta shuhrat qozondi (F. A. Rau 1932). 30- va undan keyingi yillarda bolalardagi har xil anomaliyalarda eshitish sezgisidagi buzilishlaming alohida ahamiyatga egaligi ochib berildi (R. M. Boskis va R.Ye. Levina, 1936, 1940). Asta-sekin logopediya bolalardagi nutq patologiyalarining har xil turlarini qamrab oluvchi fanga aylanib bordi (R.Ye. Levina, 1940, 1951, 1961; O.V. Pravdina 1958, 1960).40-yillarga kelib afaziya haqidagi ta ’lim otning rivojlanishi va nutqiy buzilishni bartaraf etish metodlarini ishlab chiqishning yangi bosqichi boshlandi. Bir necha yil davomida ko‘plab mualiiflar mavjud metodikalarni qayta ko‘rib chiqib aniqlashtirib bordilar. Tiklovchi reabilitatsion ta ’lim masalalari psixologlar — A.R. Luriya (1947, 1950), B. G. Ananev (1946, 1947), E.S. Beyn (1947, 1948, 1959), V. M. Kogan (1947) kabilarning diqqatini tortdi.1948-yil E.S. Beyn kattalardagi sensor afaziyani psixologik analiz qilish asosida akustik-gnostik funksiyani tiklash m etodikasini ishlab chiqdi. M etodika, talaffuzi o'xshash tovushlarning idrok etilishini yaxshilash orqali farqlash qobiliyatini tiklashga asoslangan. Bunda kasalga tegishli tovushni o ‘z ichiga olgan so ‘zli rasm taqdim etilgan. Bemor so‘zlarni taqqoslashi va farqlashi jarayonida nutqning fonetik tomonini idrok etish tiklanib boradi. E.S. Beyn o ‘qish va yozishni tiklash masalalariga ham katta e’tibor bilan qaragan. Bu sohalardagi defektlarni bartaraf etish uchun so‘z tarkibini fonetik tahlil etish, qirqm a alifbo bilan ishlash, so‘zlarda tushirib qoldirilgan harflarni topish va boshqa metodlar tavsiya etiladi.Konstruktiv-analitik metodika bilan A.Ya. Klodnaya (1945), V.K. Orfmskaya (1948) va boshqalar ham ishlaganlar. A.Ya. K olodnaya konstruktiv-analitik metodni sensor afaziyali bemorlar bilan ishlashda qo‘lladi. Motor afaziyada esa, u optik-taktil metod bilan ishlagan, ammo tovushlar talaffuzi o‘rganilgach, ular bo‘g‘inIar tarkibida emas, bir yo‘la so‘zlarning tarkibida talaffuz etilishi mashq qilingan. Ushbu metodika oddiy optik-taktil metodga nisbatan oldinga tashlangan qadam bo'Idi. V.K. Orfmskaya motor afaziyali bem orlarning nutqini tiklashda optikkonstruktiv, ya’ni ham konstruktiv-analitik, ham optik-taktil metodlardan foydalandi. N .P. Serebrennikova (1948) ning maqolasi ham alohida e ’tiborni talab qiladi. U ham huddi B.G. Ananev singari "Telegraf stili" dagi agrammatizmni motor afaziyali bem orlar faoliyat aktivligining normal shakllari buzilishi natijasi deb hisoblaydi va agrammatizmni bartaraf etish bo‘yicha o ‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning muayyan sxemasini taklif etdi.Optik-taktil m etod chegaralaridan chiqishga bo‘lgan urinishlar 40-yillarda ham kuzatildi. Jumladan, Т. M. Moxova (1948) fonetik m etod tarafdori sifatida optik-taktil metodni tanqid qildi. U uch kasal bilan 3 xil metodika (optik-taktil, fonetik, aralash) asosida ishlash natijalarini keltirib, shunday xulosaga keldiki, sof fonetik metodni qo‘llash ancha samarali natija beradi.Bir qator tadqiqotchilar bem orlar nutqini tiklashda so‘zli obrazlarni taktil umumlashtirish yo‘lidan foydalanishni taklif etdilar. Xususan, M.B. Eydinova va D.S. Futer (1940) ning fikricha, total afaziyada stimulyatsiya uchun predmetni paypaslash usulini qo‘llash kerak. Chunki afaziya bilan kasallangan odamlar "predm etdan uning nomi tomon" harakatlanadilar.Bu borada F. S. Rozenfeld (1946) ham xuddi shunday fikrdadir. U ishlab chiqqan m etodika bilan ishlanganda kasallar dastlab ko‘zlarini yum gancha har xil obyektlar (sharlar, silindrlar va b.) ni paypaslab ko‘radilar. So‘ngra idrok etilgan narsani og‘zaki yoki yozma tarzda bayon etadilar. Oxirida esa predmetni chizadilar. Natijada bem orda predm et belgilarining nomlari tiklanib boradi.Lyuk Zinger, Arnold (1949) optik-taktil metodni qo‘llashni tavsiya etib psixik va m otor sohalaridagi torm ozlanishni bartaraf etishga alohida e ’tibor berish kerakligini ta ’kidladilar. Buning uchun esa m imika va pontami ika tizimli ravishda qo‘llanishi lozim. Yozuvni tiklash uchun ular rangli alifbodan foydalandilar. Yozishni mashq qilishda dastlab shakllarni shtrixlash, ko‘chirib yozish, chap qo‘lni mashq qilishdan boshlandi. Download 60.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling