Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash reja
Download 32.52 Kb.
|
Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar
Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash REJA: 1. Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar 2. Oddiy va murakkab zanjirlar. Kirxgof qonunlari 3. Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash usullari 1. Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar Zaryadlangan zarrachalarning tartibli oqimi (harakati) elektr toki deb ataladi. Kattaligi va yo'nalishi vaqt birligi ichida o‘zgarmaydigan tokka o‘zgarmas tok deb aytiladi. Elektr toki o‘tishi uchun uchta element berk zanjir, ya’ni kontur hosil qilishi zarur. Bu elementlarni EYK yoki tok manbayi, bog‘lovchi o‘tkazgich simlar va iste'molchilar tashkil etadi. Agar bu berk konturni tashkil etuvchi elementlar elektromagnit jarayonlarini EYK, tok, kuchlanish va qarshilik tushunchalari orqali ta'riflash mumkin bo‘lsa, bunday berk kontur elektr zanjiri deb ataladi. Tutashtiriladigan o'tkazgichlarning qarshiliklari quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu yerda: — o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi, — o‘tkazgich uzunligi, — o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi. Biroq elektr zanjirlarini hisoblashda bu qarshilik hisobga olinmaydi. Berk zanjirdagi tok miqdori zanjiming bir qismi uchun Om qonuni yordamida aniqlanadi. Zanjirdagi tok uning 1- va 2- qismlari orasidagi potensiallar ayirmasiga to‘g‘ri proporsional, iste'molchining qarshiligiga esa teskari proporsionaldir: Zaryad miqdori quyidagicha aniqlanadi: u holda bajarilgan ish: Zanjiming tashqi qismida, ya’ni iste'molchida bajarilgan ish: va manbaning isrof energiyasi: . Lekin demak, ya’ni manbaning ishlab chiqaradigan energiyasi: Elektr tokining quvvati quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda — manbaning elektr quwati. Demak, iste’molchining elektr quvvati manbaning isrof quvvati Quvvat W, kW, MW larda o'lchanadi. Ajralib chiqqan issiqlik miqdori o'tkazgichdan o‘tayotgan tokning kvadratiga, qarshilik va ma’lum miqdorda tok o‘tgan vaqtga to‘g‘ri proporsionaldir. bu yerda Q— o'tkazgichdan ajralib chiqqan issiqlik miqdori. Om qonuniga binoan quvvat Demak, Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, zanjirning ikki nuqtasidagi potensiallar ayirmasi kuchlanish yoki kuchlanishning pasayishi deyiladi. Binobarin: Demak, kuchlanish yoki kuchlanishning pasayishi zanjir bir qismining potensiallari ayirmasiga teng bo‘lib, bu kattalik shu qismdagi tok va qarshilikning ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazgichning o‘tkazuvchanligi deyiladi: sim. Butun zanjir uchun Om qonuni quyidagicha ta’riflanadi: berk zanjirdagi tok zanjirdagi EYK ga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, zanjirning butun qarshiligiga teskari proporsionaldir. Bunda — zanjirning tashqi qismidagi kuchlanishning pasayishi. — manbaning ichidagi kuchlanishning pasayishi. Bir konturli elektr zanjirda iste'molchidagi kuchlanish butun zanjir uchun Om qonuniga asosan: . Agar bu ifodada — const va — const bo‘lib, tok iste’- molchi qarshiligi o'zgarishi hisobiga o‘zgartirilsa, bunday bog‘liqlik elektr zanjirining volt-amper tavsifi deb ataladi. Bu xarakteristikaning k nuqtasida zanjirdagi tok nolga teng. Zanjirdagi tok faqat zanjir uzilgandagina nolga teng bo‘lishi mumkin. Bu rejim salt yurish rejimi deyiladi. Bu rejimda va iste’molchi manbadan uzilgan bo‘ladi. Xarakteristikaning n nuqtasida U = 0 bo‘lib, tok eng katta (maksimal) qiymatga erishadi. Bu rejim qisqa tutash rejimi deyiladi. Umuman, bu rejim shikastlanish rejimi deyiladi, chunki bu rejimda zanjirdagi tok faqat manbaning ichki qarshiligi bilan cheklangandir. Ichki qarshilik esa amalda iste’molchi qarshiligidan ancha kam bo‘ladi, ya'ni Bunda, elektr zanjiridagi tok juda katta qiymatga erishadi, boshqacha qilib aytganda, o‘tkazgichlar katta tok ta'sirida kuyib ketadi. Bu ikkala rejimdan elektrotexnik uskunalaming nazariy tomonlarini o‘rganishda foydalaniladi. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling