Murakkab jarayonlarni matematik modellashtirish
) Eksprimentni rejalashtirishdagi asosiy tushuncha va modellar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
MM(lek10)1
3) Eksprimentni rejalashtirishdagi asosiy tushuncha va modellar
Eksperimentni rejalashtirish matematik modeli «qora quti» tarzidagi kibernetik modelga asoslangan (7.1-rasmga q.). Shunday kibernetik siste-malarni ko‘rib chiqishda nazorat ostida boshqariladigan kirish parametrlari x 1 , x 2 , ..., x k faktorlar deyiladi, chiqish parametrlari y 1 , y 2 , ..., y m optimal-lashtirish parametri (mezoni) deyiladi. Faktorlar miqdoriy va sifatli bo‘lishi mumkin. Birinchisiga kirish para-metrlari taalluqli bo‘lib, ularni miqdoriy baholash — o‘lchash, tortish va h.k. bo‘lishi mumkin. Sifat faktorlariga miqdoriylardan farqli o‘laroq, raqamli shkala mos kelmaydi. Biroq ular uchun ham shartli tartibli shkala qurish mumkin, u sifat faktori tenglamalari va natural sonlar qatori o‘rtasidagi mutanosiblik o‘rnatadi. Faktorlar boshqariladigan bo‘lishi va texnikaviy obyektga bevosita ta’sir etish talabiga javob berishi kerak. Faktorning boshqariluvchanligi deyilganda butun tajriba davomida faktor tanlangan kerakli darajasini doimiy yoki belgilangan programma bo‘yicha uning o‘zgarishini ta’minlash va saqlab turish imkoni tushuniladi. Bevosita ta’sir talabi deyilganda faktorning boshqa faktorlarga funksional bog‘liqligi istisno ekanligi tushuniladi, chunki bunday bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, ularni boshqarish qiyin. Tajriba o‘tkazishda har bir faktor bir necha qiymatlardan birini, tenglama deb ataluvchini qabul qilish mumkin. Faktorlarning qayd etilgan tenglamalar to‘plami kibernetik sistema ehtimoliy holatlaridan birini aniqlaydi. Bu qayd etilgan tenglamalar to‘plamiga faktor fazosi atalmish faktorlar fazosidagi ko‘p o‘lchamli muayyan nuqta mos keladi. Tajriba faktor fazosidagi barcha nuqtalarda amalga oshirilmaydi, faqat faktor fazosi sohasidagi ruxsat etiladiganiga taalluqli nuqgalardagina amalga oshiriladi. 7.2-rasmda misol tariqasida ikki faktor – õ 1 va õ 2 uchun ruxsat etilgan soha G ko‘rsatilgan. Kibernetik sistema faktorlar qayd etilgan har bir daraja to‘plamiga turlicha munosabat ko‘rsatadi. Biroq faktorlar tenglamalari va aks munosabat (javob) o‘rtasida muayyan aloqa mavjud. Bu aks munosabat javob funksiyasi, uning geometrik obrazi javob yuzasi deb ataladi. Javob funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: y l = y l (x 1 , x 2 , ..., x k ) (l = 1, 2, ..., m). Tabiiyki, tadqiqotchiga bog‘liqkik turi y oldindan ma’lum emas. U rejalashtirilayotgan eksperiment ma’lumotlari bo‘yicha quyidagiga yaqin tenglama hosil bo‘ladi: y e = y e (x 1 ,x 2 ,...x, e ) . Bu eksperimentni shunday amalga oshirish kerakki, tajribalarning eng kam sonida, maxsus ifodalangan qoidalar bo‘yicha faktorlar darajasini turlicha qo‘rinishlarida matematik model olish mumkin bo‘lsin va kibernetik sistema kirish parametrlari optimal qiymatini topish mumkin bo‘lsin. Javob funksiyasini yetarlicha aniqlikda k o‘zgaruvchandan d darajadagi polinom ko‘rinishida tasavvur etish mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling