Murakkab metrlar


Download 158 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi158 Kb.
#1720579
1   2   3   4
Bog'liq
1523713144 71051

O’zgaruvchan o’lchovlar
Musiqada bir asar davomida metrning, ayni paytda o’lchovning ham o’zgarib turish hollari uchraydi. Bunday o’lchovlar o’zgaruvchan o’lchovlar deyiladi. O’zgaruvchan o’lchovlarni xalq qo’shiqlarida va boshqa turli musiqa asarlarida uchratish mumkin.
O’lchovlar tekis va notekis almashinadilar. O’lchovlar tekis almashsa, kalit belgisi yoniga kasr shaklida ikkita raqam qo’yiladi. O’lchovlar notekis almashib tursa, nota matnida o’lchovlarning har bir o’zgarishi yozib qo’yiladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu xildagi takt tuzilishi musiqada deyarli uchramaydi¹.
Musiqada xilma-xil metrlarning birdaniga (ustma-ust) kelishi ham uchraydi, bunga polimetriya deyiladi. Polimetriyaning tub xususiyati musiqa asarlaridagi ayrim ovoz (partiya)larning xilma-xil metr o’lchovi bilan ifodalanishidir. Bunda metr aktsentlari bir-birlariga mos tushishi va mos tushmasligi ham mumkin.
Sinkopa. Vokal musiqasida turkumlash
Musiqa ijrosida ritm va metr urg’ulari orqali ma’lum izchillik o’zgarishiga sinkopa deyiladi. Sinkopa musiqada nihoyatda ko’p uchraydi. U metrning kuchsiz hissasidagi tovushning navbatdagi kuchli hissasida ham eshitilishidan hosil bo’ladi. Buning natijasida zarb metrning mana shu kuchsiz hissasiga o’tadi.
Metrning biror hissasida kuchsiz davrga to’g’ri kelgan tovush bundan keyingi kuchli davrga to’g’ri kelganda ham o’z kuchini saqlaydi. Masalan:

Musiqa amaliyotida sinkopalarning asosiy shakli ko’pincha quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
a) ikki va uch hissali takt aro sinkopalar¹;

b) ikki va uch hissali takt ichidagi sinkopalar:

Bundan tashqari, sinkopa pauzadan keyin, zarbli hissaga to’g’ri keladigan joyda ham hosil bo’lishi mumkin.
Vokal ijroga mo’ljallangan musiqada cho’zimlar turkumlanishi talaffuz etiladigan nutqning o’ziga xosligi va bo’g’in tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bir bo’g’inga to’g’ri keladigan ayrim cho’zimlar qo’shni cho’zimlar bilan
turkum bo’lib birlashmaydi. Shuningdek, agar bir bo’g’inga bir necha tovush to’g’ri kelsa, bu tovushlar cho’zimi turkumlarga umumiy qoida bo’yicha birlashtiriladi¹.
Temp (sur’at)
Musiqa ijrosidagi tovushlar harakatining tezligi sur’at (temp) deyiladi. Sur’at musiqada muhim ifoda vositalaridan biri bo’lib, musiqa asari mazmunini ochib berishda, uni tinglovchiga ifodali etkazishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Musiqa amaliyotida sur’atlar uch asosiy guruhga (vazmin, o’rtacha va tez) bo’linadi.
Sur’atlarni aniqlashda asosan ital’yancha iboralar qo’llaniladi.


Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling