Murod mansurov ijodida qissa janr


Download 40.98 Kb.
bet3/7
Sana13.03.2023
Hajmi40.98 Kb.
#1266090
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26.01.2023 murod

Kurs ishining vazifasi.
- Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilar
- Hikoyalarda ramziy obraz yetkchi unsur sifatida
- Murodjon Mansurov ijodida hikoya janri
- Oydinda uchgan turnalar hikoyasi haqidagi tushunchalarni o'rganish va tahlil qilish.

I BOB. MURODJON MANSUROVNING IJODIY FAOLIYATI
1.1.Mansurovning hayoti va ijodi.
Murod Mansur (1941-2014) Murodjon Mansurov toshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan.
O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Shundan so‘ng o‘sha gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
Murodjon Mansurov 1941 yil 15 martda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. Avval injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Keyin «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi» gazetasida, «Yoshlik» va «Sharq yulduzi» jurnallarida mehnat qilgan.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar bosilmay turib A. Qahhor, O. Yoqubov kabi adiblar nazariga tushgan. Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan. Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972),«Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashag‘isi kela-di» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995), «Judolik diyori» roman-tetrologiyasi nashr etilgan.1
Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.

Download 40.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling