Murodova D
Download 388.77 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ko’shk” , “qasr”, “qo’rg’on” va “qo’rg’oncha”
Choch va Iloq. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‟lgan. Manbalarda ulardan Choch, ikkinchisi Iloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo‟lib, hukmdori “tudun” deb yuritilardi. Iloqning markazi Tunkat, hokimlari “dehqon” deb atalardi. V asrda ular Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa G‟arbiy turk xoqonligiga bo‟ysundiriladi. Choch va Iloq sertarmoq xo‟jalikka ega bo‟lib, sug‟orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi.
Choch va Iloq tog‟lari oltin, kumush, rangli ma‟danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Karvon yo‟lining o‟lka orqali o‟tishi Choch va Iloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining gavjumlashuviga imkon beradi. Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba‟zan sulolaviy ayri tamg‟a tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar. Ilk o‟rta asrlarda O‟rta Osiyo hokimliklarida ma‟lum tartibdagi boshqaruv ma‟muriyati tashkil topgan edi. Boshqaruv ma‟muriyatining asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‟z vaqtida yig‟ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‟lgan. Kirimchiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, hatto muhr bilan tasdiqlab qo‟yilgan. V-VII asrlarda O‟rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o‟rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan ko‟chmanchi chorvadorlarning beto‟xtov shiddat bilan kirib kelishi va o‟troqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining turmush tarzi-yu ahvoliga jiddiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta‟minoti tubdan yaxshilanadi. Tog‟oldi maydonlariga suv chiqarib, yangi yerlar o‟zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda “ko’shk”, “qasr”, “qo’rg’on” va “qo’rg’oncha”, nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko‟tardi. Ko‟shk, qasr va qo‟rg‟onlar ko‟proq yirik sug‟orish shoxobchalari boshida, markaziy shaharlarning tevarak-atrofida hamda dehqonchilik vohalari chegaralari bo‟ylab joylashgan edi. Suv chiqarib obod etilgan vohalar bo‟ylab kattakichik qal‟alar, mayda qo‟rg‟onchalar quriladi. Ko‟shk va qasrli qo‟rg‟onlarda mulkdor dehqonlar, qo‟rg‟onchalarda esa ziroatchi mehnatkash aholi yashar edi. Istehkomli qasr, qo‟rg‟on va ko‟shklar asosan tashqi dushman xujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to‟planadigan joy, ma‟muriy markaz hamda oziq –ovqat va qurol-yarog‟ saqlanadigan ombor vazifasini o‟tagan. O‟rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‟lgan. Ular “ark”, “shahriston”, “rabod” deb yuritilgan. Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‟rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo‟lgan. Shahar devorlari bo‟ylab oqib o‟tgan anhor handaq vazifasini bajargan. Download 388.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling