Murodova D
Ijtimoiy – iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk ipak yo’li
- So’g’d
- Toraman va Mihirakul
- “Shahi Mihirakul” yoki “Jaytu Mihirakul”
Ijtimoiy –
iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar |
Eng asosiy o‟zgarish – yerga egalik qilish munosabatlarining vujudga kelishi Yirik mulkdorlar – dehqon xo‟jaliklari salmog‟ining kuchayishi Ularga qaram ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi O‟ziga tegishli yerlarda erkin xo‟jalik yurituvchi kashovarzlar tabaqasining mavjudligi |
Eftaliylar davriga kelib Buyuk ipak yo’li ustidan ularning nazorati o‟rnatilgach, xalqaro savdoda faol ishtirok eta boshlaydilar. Ayniqsa ularga tobe bo‟lgan so‟g‟d savdogarlari Xitoy va Vizantiya o‟rtasidagi savdoda vositachilik qilganlar. Qadimda Xitoy, Hindiston va
Baqtriya bilan So‟g‟d orasida to‟g‟lar orqali so‟qmoqlar o‟tkazilib, daralar ustidan yengil osma ko‟priklar tashlangan. Shunday so‟qmoqlar o‟tgan Qorququmda bir necha o‟n ming tog‟ tasvirlari va 17 tilda 1,5 mingdan ortiq yozuvlar topilib, ularning salmoqli qismini so‟g‟d yozuvlari va tasvirlari tashkil etadi. So‟g‟dliklarning ismlari orasida “Anaxit izdoshi”, “oy ilohasi xodimi” yozuvlari uchrab, yonida Samarqand tangalaridagi ramzlarni takrorlovchi ramz va tamg‟alar chizilgan. Shunga ko‟ra olimlar quyidagicha xulosa qiladilar: eramizning boshidanoq so‟g‟dliklar bu yerda savdo rabotlarini barpo etganlar. Shu bilan birga so‟g‟dliklar bu so‟qmoqlar orqali nafaqat mahsulotlar, balki madaniy va diniy dunyoqarashlarini ham tarqatganlar. Chilas ko‟prigi yonidagi tog‟dagi rasmlardan birida bayramona kiyingan so‟g‟dlikning tasviri Afrosiyob va Panjikent devor tasvirlariga o‟xshab, qo‟lida ushlab turgan isiriqdon ustida afsonaviy qanotli mavjudot parvoz etmoqda, yonida esa buddaviylik stupasi turibdi. Shuningdek, rasmlardaV-VI asrlarga mansub So‟g‟d matolari, muhrlari va tangalaridan yaxshi ma‟lum bo‟lgan ot, tasmalar bilan o‟ralgan qanotli echkilar, hamla qilayotgan sherlar ifodalangan. So‟g‟dlar eftalitlar imperiyasiga kumush kirimining ko‟payishidan foydalanib, Choch va Semirechyega savdogarlar yubo-radilar va yangi koloniyalar tashkil etadilar. So‟g‟dning Semirechye va Sintszyan sari yo‟naltirilgan kolonizatsiyasi III asrda boshlanib, mazkur harakat VI-VIII asrlarda avjiga chiqadi. Natijada, Buyuk ipak yo‟li rivojlanib, so‟g‟dliklar Xitoyga kirib keladilar. Ular ipak yo‟lining ham janubiy, ham shimoliy tarmoqlaridan foydalanib u yerlarda deyarli hamma katta vohalarni egallab yuqori darajada rivojlangan tizimli jamoa barpo etishadi.Uning tarkibiga o‟sha paytda mavjud bo‟lgan barcha hunar egalari, kohinlar, rohiblar, askarlar va boshqalar kirgan. Natijada, so‟g‟dliklar o‟z yurtlaridan 1500 km uzoqlikda bo‟lgan Shimoliy Xitoyda ham savdo sohasida yakka hukmronga aylanadilar va o‟z ta‟sirlarini hatto Tibetga ham tarqatadilar. Albatta, bunday keng qamrovli kolonizatsiya o‟lkamiz madaniyati va diniy e‟tiqodlarini ham o‟zga xalqlarga singdirmasdan iloji yo‟q edi.
Fransuz olimlarining fikricha, bunday muvaffaqiyatga turkiyso‟g‟diy muhit asos yaratadi. Yozma manbalar asosida Buyuk ipak yo‟li rivojining cho‟qqisiga turkiy-so‟g‟diy madaniyat namoyondalari vositasida erishiladi. Qurama oilalar ilk So‟g‟d koloniyalari Semirechyega chiqishi va turkiy xoqonlik o‟rnatilishidan oldinroq vujudga keladi va Ipak yo‟lining avji turkiy va o‟zga qabilalar quramasi rivojining mahsuli sifatida yuzaga keladi.
Eftaliylar davlatining Xitoyning Vey imperiyasi bilan elchilik aloqalari o‟rnatilgani manbalardan ma‟lum. Sung Yun va Xuey Sheng bir necha rohiblar hamrohligida Ida (eftaliylar) davlatining xoni qabulida bo‟lib, unga o‟zlari bilan olib kelgan yorliqni topshirganlar. Shundan so‟ng Ida davlati bilan Vey davlati o‟rtasida rasmiy aloqalar o‟rnatilgan. Umuman olganda so‟g‟d tili o‟sha paytdagi savdo yo‟llarida xalaqaro muomala tili bo‟lgan. Vizantiya, Suriya va Xitoy manbalarida savdodagi muhim ashyo bu – ipak, shisha, shirinliklar, qimmatbaho toshlar hamda bo‟yoqlar bo‟lgan.
Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug‟ jamoalari hamda ularning oqsoqollari – xvabulari tasarrufida edi. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‟iston yerlarining bir qismini suv bilan ta‟minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai Darg’om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‟orish tarmoqlaridan hisoblanadi. Bu davrda tog‟ oldi mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chiqarib obod etishda o‟q va o‟z davri uchun ancha-muncha murakkab bo‟lgan suv inshootlaricharxpalak, chig‟ir va boshqalardan foydalaniladi.
Yangitdan o‟zlashtirilgan yerlarda mulkdor dehqonlarning yirik qo‟rg‟onlari hashamatli qasrlari, mehnatkash qo‟shchilarning ko‟plab qishloqlari mayda turar joylari qad ko‟taradi. Huddi shu davrda Chag‟oniyon (Surxondaryo), Samarqand, Buxoro, Kesh (Shaxrisabz), Naxshab(Qarshi) va Toshkent atroflari to‟la o‟zlashtirilib, alohidaalohida dehqonchilik vohalari shakllanadi.
Bu davrda yangi tipdagi ko‟rkam va gavjum shahar – qal‟a ko‟rinishidagi aholi manzilgohlari vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal‟a, Toshkentdagi oqtepa mavzelari shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qo‟rg‟onlar, qalin paxsa devorlar bilan o‟ralgan. Ularda hukmron tabaqa kishilariga xos hashamatli, bezak ark-qasrlar, ko‟p xonali binolar bilan birga oddiy fuqarolarga mos qilib qurilgan sodda ko‟rinishdagi turar joylar ham o‟rin olgan. Eftaliylar poytaxti Poykand o‟z davrining eng ko‟rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu yerda hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk Ipak yo‟lida joylashganligidan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlarni xilma-xil mollari bilan kelib savdo qilganlar. Buning uchun shaharda ko‟plab bozoru rastalar, karvonsaroylar mavjud bo‟lgan.
Eftaliylar davlati iqtisodiy hayotida pul muomalasi alohida o‟rin tutadi. Mamlakatning savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan bir qatorda buxorxudotlar tangasi, So‟g‟diy va Xorazm tangalari keng muomalada yurgan. Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan har bir hudud o‟z tangalarini zarb etgan. Bu holat esa eftaliylar davlatining siyosiy jihatdan tarqoqligini ko‟rsatadi.
Mutaxassislar tomonidan eftaliylar davriga oid tangalarning tadqiq etilishi shuni ko‟rsatadiki, tangalar asosan Eronda eftaliylarga o‟lpon to‟lash maqsadida zarb etilgan va ularga eftaliycha yozuvlar bosilgan. O‟rta Osiyo ikki daryo oralig‟idagi yodgorliklardan topilgan qimmati past bo‟lgan bu tangalar eftaliylar davrida keng muomalada bo‟lganligini ko‟rsatadi. Bu tangalarning aversida (old tomoni), toj kiygan shohning boshi, reversida (orqa tomoni) esa otashdon hamda uning ikki tomonida esa uni qo‟riqlovchi kohinlar tasvirlangan.Tanganing diametri – 30 mm, og‟irligi esa 2,81 g.
Eftaliylar davriga oid bo‟lgan Xorazmning Qora tepa yodgorligidan topilgan tangadagi tasvir mutaxassislarda juda katta qiziqish uyg‟otgan. Tanganing old qismidagi uch to‟pbargning yurakcha tasviri ichida joylashtirib tasvirlanishi, hamda shoh tasviridagi ba‟zi bir elementlar, ya‟ni boshining shaklan buzilgan holda tasvirlanishi eftaliylarning kelib chiqishi mahalliy aholiga tegishli ekanligi yoki, ularning Xorazm bilan aloqasi bo‟lganligini ko‟rsatadi.
Eftaliylarning Chog’aniyonda zarb etilgan tangalaridagi baqtriycha yozuv “xono”, “xiono”, va “alxon” E.V. Rtveladzening fikricha eftaliylarning o‟zlarining nomidir. Eftaliylar qo‟l ostidagi hududlar uchun yagona pul namunasi bo‟lmaganligi sababli ular turlicha zarb etilgan. Jumladan, bu davrda So’g’dda tangalar xitoycha usulda – yumaloq o‟rtasida esa kvadrat shaklida teshik bilan zarb etilgan. Buxoroda esa sosoniy podsho Varaxran V tangalariga taqlidan, Chog‟aniyonda esa Pero‟z tangalari kabi, ba‟zida Vizantiya tangalari kabi shoh va malikaning bosh qismi tasvirlangan. Buxoroda yana mis tangalar ham uchrab uning bir tomonida zardushtiylikdagi urush xudosi Veretragnaning zoomorfik tasviri bo‟lgan ikki o‟rkachli tuya tasviri mavjud. Shu bilan birga Buxoro vohasida bu davrda muomalada yurgan va “Turon” seriyasi nomi bilan tanilgantangalarda otashgoh tasviri yonida “kavi” so‟zi yozilgan. Bu davrga mansub Buxorxudotlarning tangalatida mavjud “pwe‟r xwb k‟w” yozuvini, odatda olimlar “Buxoro hukmroni-shoh”, deb tarjima qiladilar. Bu yozuvda “k‟w” – shoh, degani. E.V. Rtveladze xulosasiga binoan, “kavi” unvoni – mahalliy, O‟rta Osiyo zaminida vujudga kelib, ayrim mintaqalarda salkam bir yarim ming yil davomida xalq orasida muomalada bo‟lgan.
O‟lkamiz afsonalarida qahramonlik ko‟rsatgan ajdodlarimiz shoh deb nomlanib, Shahristoniy ma‟lumotlariga binoan Samarqand qurilishini Kovus o‟g‟li Siyovush nihoyasioga yetkazgan. Uning o‟g‟li Kayxusrav samarqandda tug‟ilib, o‟sha yerda Varaxran sha‟niga atab Olov uyi bunyod etgan. Samarqandning VI-VIII asrlarga mansub sopol haykalchalari va buyumlarida ilohlardan keyin tojdor shohlarning tasviri ikkinchi o‟rinda turadi. Tojida qush qanotlari va boshi tepasida sayyora ramzi ifodalangan.
Shu davrga oid eftaliy-turk hukmdorlaridan Badgis Nizak Tarxonning tangalari ham ma‟lum. Eftaliy hukmdorlar Toraman va Mihirakullar esa asosan kumush va mis tangalar zarb etganlar. Toramanning kumush tangalari uch variantda zarb etilgan. Ularning birida brahmi tilida “Shri Toraman Deva – yengilmas fotih” degan yozuv bitilgan. Mis tangalari esa ikki variantda bo‟lib ular kushon va sosoniy tangalari kabi bo‟lgan. Mixirakul tangalaridagi yozuvlarda esa “Shahi Mihirakul” yoki “Jaytu Mihirakul” bitiklarini uchratish mumkin. Mihirakuldan so‟ng tahtga Pravarasen II o‟tirgach uning tangalariga brahmi tilida aversda “Shri Pravarasen”, reversda “Kidar” yozuvi uchraydi.
Download 388.77 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling