Murojaat yo`llashimdan maqsad


Download 14.15 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.15 Kb.
#1606887
Bog'liq
Murojaat


Murojaat yo`llashimdan maqsad.
Biz 2005 yil oilaviy tadbirkorlik qilish uchun Iskana MFY Tupchoqcha qishlogidan 312,00 m2 bo`sh turgan yer maydonini tuman hokimiming 2005 yil 30 may X-844/5 son qaroriga asosan Dorixona va Maishiy hizmat ko`rsatish uchun olib, “Bobomurodov Nomoz” xususiy firmasini ochdik. Qurilishishlarini boshlash arafasida bizga tegishli yer maydonining orqa qismida yashovchi Berdiyev Qamariddin tomonidan qattiq qarshilikka ucharadik oqibatda men va qurilishda ishlayotgan qarindoshlarim 277-moddaning B qismi bilan sudlandik. Berdiyev Qamariddin va uning aka ukalari jami 4 kishi 277- moddaning A, B qimi bilan sudlanishdi. Biz janjal va oilaviy nizoni tinchishini shu paytgacha kutib tadbirkorligimizni boshlay olmadik.
Oradan shuncha yil o`tib Berdiyev Qamariddinning adovati bosilmadi. Tadbirkorligimizni boshlashga qarshiliklari tugamadi.
Er maydonimizda noqulay joyda turgan Kitob elektr tarmoqlari korxonasiga qarshli TRANSFORMATORni chetroq va qulay joyga olishlarini aytib 2023 may oyida Kitob tuman elektr tarmoqlari korxonasi raxbariga ariza bedik va 19 may 2023 yil №8/29 shartnoma asosida transformatorni chetroq va qulay joyga olininishi qanoatlantirildi. Mutaxasislar maxsus texnikalar bilan kelib transformatorni qulay joyga olishayotgan paytda Bediyev Qamariddin va aka ukalri bilan kelib Elektr tarmoqlari xodimlari va mutaxasislarni haqoratlab urib haydashdi. Shu bilan 19 may 2023 yil №8/29 sonli shatnoma bajarilmay qoldi. Kitob tuman elektr tarmoqlari korxonasi ma`sullariga shartnoma bajarilmagani haqida murojat qilganimizda “Maxalla raislaringiz bilan maslaxatlashing maxilla raisi ruxsat bersa bajaramiz deyishdi”
Biz tadbirkorlik rejamizni hozirga qadar amalga oshirolmay kelmoqdamiz. Prezidentimiz tadbirkorlikka keng yo`l ochib berayotgan bir paytda oddiy fuqaro tomonidan qarshilikka uchrab ishlarimiz butunlay to`xtab qoldi. Maxalla raisi esa bizning hujjat qarorlarimiz kadastr hujjatlarimizni haqiqiyligini tekshirish uchun tegishli tashkilotlarga xat berib bizni ovoray sarson qilib Qamariddinning harakatlarini qo`llab uning buyrugini bajarib kelmoqda. Vaxolangki maishiy hizmat uylari va dorixonaga axolining muxtojligi haqida uylab ko`rmayapti. Mening fazandlarim esa o`z yurtida tadbirkorligini boshlolmay o`zga yurtlarda mardikorchilik qilisb yurishibti.
Prezidentimiz chiqarga qaror va qonunlarni qastdan mensimay tadbirkorligimizga qarshilik qilayotgan Iskana MFY raisi Ortiqov O`tkir va fuqaro Berdiyev Qamariddinning hamtavoqlariga tegishli chora ko`rishingizni so`rayman.
Bizning oilaviy tadbirkorlik qilishimiz uchun amaliy yordam berishingizni so`rayman
Ilova
Elekt tarmoqlari shartnoma nushasi
Kadastr nusxasi
Kitob tuman xokimining qarori 2005 yildagi
Kitob tuman xokimining qarori 2011 yildagi
Download 14.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling