Murtazayeva sadoqat


Kelishik qo„shimchalari biri o„rnida ikkinchisi ko„pincha almashinib kelishi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

Kelishik qo„shimchalari biri o„rnida ikkinchisi ko„pincha almashinib kelishi 
va birikma ma‟nosiga ta‟sir etishi mumkin. 
Avvalo, og‗zaki nutqda qaratqich kelishigi shakli bilan tushum kelishigi shakli 
farqlanmaydi. Har ikki kelishik uchun tushum kelishigi shakli qo‗llaniladi, lekin 
bunday qo‗llanish ma‘noni o‗zgartirmaydi. 
Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan 
almashinishi mumkin. Masalan, o„rikning guli – o„rik guliUzumni yedi – uzum yedi. 


51 
Qaratqich qo‗shimchasining bunday ikki xil qo‗llanilishi o‗rtasida quyidagicha 
ma‘no farqlanishi bor: ikkinchi holatda umuman o‗rik guli ma‘nosi bildirilsa, birinchi 
holat, ya‘ni qaratqich kelishigi bilan kelgan holatda predmetning aniqligi va bu 
predmetning ta‘kidlanishini bildiradi. Xuddi shunday ma‘no farqlanishi tushum 
kelishigi bilan bosh kelishik almashgan holatda ham kuzatiladi: uzumni yedi 
(so‗zlovchi va tinglovchi ma‘lum bo‗lgan aniq uzum) – uzum yedi (umuman uzum). 
Тushum kelishigi bilan chiqish kelishigi o‗zaro almashinib kelishi mumkin. 
Bunday vaqtda tushum kelishigi qo‗llanilgan birikma uch xil ko‗rinishga ega bo‗ladi: 
Uzumni yedi – uzum yediuzumdan yedi. Birinchi va ikkinchi holatda butun 
(ya‘ni uzumning hammasi) ma‘nosi bo‗lsa, uchinchi holatda qism ma‘nosi (uzumning 
bir qismi) ifodalanadi. 
Ko‗rinadiki, kelishik qo‗shimchalaridan o‗rinli, maqsadga muvofiq foydalanish 
fikrni aniq ifodalashga katta yordam beradi. 
 
1-mashq. Ko‗chiring, belgili va belgisiz qaratqich shaklli so‗zlarni aniqlang. 
Ularning ma‘no va uslubiy vazifasini bayon qiling. 
1. «Boburnoma» personajlar tavsifi, ularning shakl-shamoyilini ta‘riflashdan 
boshlanadi.
2. Maqtanganning uyini ko‗r, kerilganning to‗yini.
3. Dangasaning vaji ko‗p. 
4. Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona tinglab, Umidning hamma 
fikrlariga qo‗shilishini bosh qimirlatib bildirardi. (Mirmuhsin
5. 
Bolalarimiz 
urush 
davrining 
azob-uqubatlarini, 
o‗kinch-alamlarini 
ko‗rmaganligi bizning baxtimizdir. 
6. Prezidentimiz: «Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning o‗z tilidir. 
Navoiy ijodi o‗zbeklar uchun katta boylik», degan edi. Darhaqiqat, Navoiyni 
tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan xabardor bo‗lmoq lozim. 
(Gazetadan)
7. Boyagi yigitning, Avazning, qo‗li gul ekan. (P. Qodirov) 
8. Hayotim lazzati, qalbim qo‗risan, Vatanim! 


52 
9. Noming qalbim so‗rog‗indadur, jamoling ko‗z qarog‗imdadur. (O„. Jamol) 
10. Bir lahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo‗ylarning, sigirlarning ma‘rashi, 
ho‗kizlarning o‗kirishi eshitildi. 
11. Saidiy o‗zining ish bo‗lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‗tirdi-da, stol 
ustidagi kitobni oldi. (A. Qahhor

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling