Muruntov koni ma’danlarini qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish uchun 1969 yilda 2- gidrometallurgiya zavodi 2- gmz ishga tushirildi
Download 23.5 Kb.
|
Muruntov koni ma�danlarini qayta ishlash va affinajlangan oltin
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi tantanali e’lon qilingan davrda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish birgina gidrometallurgiya zavodi – 2- GMZ da amalga oshirilar edi. Bugunda kombinatning oltin ajratish kompleksi tarkibiga to‘rtta gidrometallurgiya zavodi, bitta uyumlarda tanlab eritmaga o‘tkazish koni va bitta oltin saralash sexi kiradi. 1991 yil bilan taqqoslaganda NКMКda ma’danlarni qayta ishlash 3 martaga ortdi va o‘sish 40 foizdan ortiqni tashkil etdi. Muruntov koni ma’danlarini qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish uchun 1969 yilda 2- gidrometallurgiya zavodi – 2- GMZ ishga tushirildi. Zarafshon oltin qazish kompleksi yangi ilmiy g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ishlab chiqarish bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Muruntov koni ma’danlarini qayta ishlash uchun dunyo amaliyotida birinchi marta sianli quyqadan oltin ajratishning sorbsiyali- filtrsiz texnologik sxemasi qo‘llanildi, “MMS” tegirmonlarida nam usulda o‘z-o‘zidan yarim maydalanish sxemasi ishlatildi, affinaj kumush va palladiyni yo‘ldosh usulda olish ishlab chiqildi va joriy etildi. NКMКning oltin ishlab chiqarish tuzilmasida 2- GMZ yetakchi o‘rinni egallaydi. Zavodda ma’danni qayta ishlashning to‘liq davri amalga oshiriladi- boshlang‘ich ma’danni maydalashdan tortib yuqori namunali tayyor mahsulot - quyma ko‘rinishidagi oltinni olishgacha. Texnik qayta jihozlash, yangi quvvatlarni kiritish, NКMК va MКB mutaxassislari tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar natijasini tadbiq etish bo‘yicha komplekslar doimiy asosida o‘tkazilayotgan ishlar hisobiga ma’danni qayta ishlash bo‘yicha zavoddagi yillik unumdorlik 1991 yilga nisbatan 86, 7 foizga (20, 0 dan 37, 3 mln.t. gacha) ortdi. 2- GMZ da kombinat oltin qazish bo‘linmalaridan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotdan oltinni affinajlash amalga oshiriladi. 2009 yilda London Quymalar Bozori Assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan monitoring natijalariga ko‘ra Muruntov oltiniga “Optimal yetkazib berish” maqomi berildi. Oltin quymalaridagi O‘zbekistonning tovar belgisi yuqori sifatli mahsulotni ifodalovchi sifatida butun dunyoda tan olinadi. Uran ma’dan bazasining kamayishi bilan bog‘liq holda, 1994 yilda 1-GMZ da ma’danni qayta ishlash sxemasi uranli ma’danlarni qayta ishlashdan tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlashga o‘zgartirildi, yarim mahsulotli oltin ishlab chiqarish boshlandi. Texnik qayta jihozlash va amaldagi texnologik bo‘linmalarni qayta qurish tufayli to‘rtta oltin tarkibli ma’dan konlari qayta ishlashga jalb etildi, ma’danni qayta ishlash darajasi, shunga ko‘ra zavod unumdorligi ham ortdi. O‘sha davrda O‘rta Osiyoda eng birinchi va eng yirik hisoblangan “Zarafshon-Nyumont” QК 1995 yilda o‘z ishini boshladi, keyinchalik, 2007 yilda oltinni uyumlarda tanlab eritmaga o‘tkazish koni – oltinni uyumlarda tanlab eritmaga o‘tkazish sexiga (OUTEO‘S) o‘zgartirildi. 2007 yilda taglik yaruslaridagi eritmaga to‘liq o‘tmagan ko‘pdan buyon ishlanilmayotgan ma’danlarni qaytadan taxlash loyiha ishlab chiqarishga tadbiq etildi. 2012 yilda “OUTEO‘Sni kengaytirish, texnik va texnologik qayta jihozlash” loyihasi amalga joriy etildi. Suyuqlikda tanlab eritishning to‘yingan eritmalaridan oltin ajratib olish samaradorligini oshirish maqsadida, 2012-2013 yillarda oltinni aktivlashtirilgan ko‘mirga cho‘ktirish texnologiyali lokal-sorbsiya uzeli, ko‘mir desorbsiyasi va reaktivlashishi uzellarini o‘z ichiga oluvchi tajriba- sanoat uchastka ishga tushirildi. 1995 yilda respublikada mustaqillik yillarida qurilgan birinchi gidrometallurgiya zavodi- oksidlangan ma’danlarni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha 3-GMZ ish boshladi. 3-GMZning ishga tushirilishi Shimoliy kon boshqarmasi va Navoiy mintaqasi hayotida yangi bob ochib berdi. Oksidlangan ma’danlar zaxirasi chegaralanganligi bois (aniqlangan zaxiralar 15-20 foiz), NКMКda Кokpatas va Dovg‘iztov konlarida ajralishi qiyin oltin-sulfidli ma’danlarni qayta ishlashga jalb etishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularni qayta ishlashga samarali texnologiyani joriy etish ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra oltin sulfidli flotasiyali boyitilgan ma’danlarni bakterial oksidlantirish texnologiyasi – “BIOX®” qo‘llaniladigan eng maqbul variant sifatida tanlandi. Ajralishi qiyin oltin sulfidli ma’danlarni qayta ishlash kompleksi qurilishi 2005 yilda boshlandi va qisqa muddatda yakunlandi. Кompleks birinchi navbatini ishga tushirish 2008 yilda amalga oshirildi. 2008 yildan 2010 yilgacha dunyoda eng yirik oltin sulfidli flotasiyali boyitilgan ma’danlarni bakterial oksidlantirish texnologiyasi – “BIOX®” qurilmasining ikkinchi va uchinchi navbati bosqichma-bosqich foydalanishga topshirildi. 2012 yilda 3-GMZda sorbsiya texnologiyasining yangi sorbent-aktivlashtirilgan ko‘mirga o‘tishi amalga oshirildi, qisqa muddatlarda desorbsiya, elektroliz, ko‘mirni reaktivlash bo‘linmalari qurildi va foydalanishga topshirildi. 2002 yilda Zarmitan va Marjonbuloq oltin qazib olish konlari, Marjonbuloq oltin ajratib olish sexi (MOAS) NКMК tarkibiga qo‘shildi. 2009 yilda Marjonbuloq oltinli ma’dan koni bazasida qurilishi boshlangan Кon-ma’dan kompleksining ikkinchi bosqich qurilishi 2010 yilning uchinchi choragida 4-GMZ ishga tushiruvchi kompleksni foydalanishga topshirish imkonini berdi. 4-GMZ respublikada mustaqillik yillarida qurilgan ikkinchi gidrometallurgiya zavodidir. 2013 yilda 4-GMZ to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi. 4-GMZda ma’danlarni qayta ishlash NКMКda oldin qo‘llanmagan jadal gravitasiya va oltinli konsentratlarni jadal suyuqlikda ajratib olish texnologiyasini qo‘llash bilan amalga oshirilmoqda. Marjonbuloq ochiq konida sulfidli ma’danlar zaxirasi yetarli ekanligini hisobga olib, bu ma’danlarni qayta ishlashga jalb etish maqsadida, MOASda yangi loyihalar doirasida 2012 yilning iyunida sulfid rudalarini qayta ishlash yo‘nalishi foydalanishga topshirildi. Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling