Muruntov oltin koni Vikipediya, ochiq ensiklopediya Muruntov oltin koni


Download 203.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi203.11 Kb.
#1152848
  1   2
Bog'liq
Muruntov oltin koni



Muruntov oltin koni
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni
mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon
shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda
zaxiralarining ko
ʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining
qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa
xususiyatlariga ko
ʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy
Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota tog
ʻlarida, oltin rudalari
mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan ma
ʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin
konlarini izlash bo
ʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov,
G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga
oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari bo
ʻlishi mumkinligini
geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30-
yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda
Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari bo
ʻlgan bir necha kvars va
kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 yilda Besapan qishlog
ʻi yaqinida
oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan,
Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi
kremniyli slanetslarda keng ko
ʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib
borildi. 
1951—53 
yillarda 
Muruntov 
oltin 
koniHamroboyev
O
ʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan
uzviy bog
ʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56
yillarda O
ʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida
oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda
siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi ma
ʼlum boʻldi.1958 yil
oltinmargimush bog
ʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy
bo
ʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning
yuqori konsentratsiyasi mavjud bo
ʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov
rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni o
ʻta
istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 yillarda olib
borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi
va oltinga boy uchastkalarining o
ʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi.
Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli hissa qo
ʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev,
H.T.To
ʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—
69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat o
ʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969 yil 21 iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov
quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur bo
ʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov"
karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida tog
ʻ jinslari qazib olinadi, shu
bilan bog
ʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001 yil) qayta ishlaydi. Bu
kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur bo
ʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi
"Grosberg" korxonasidan keyin) turadi.
Muruntov oltin koni
Oltin tarkibli kvarsli-sulfidli metasomatit


Muruntov oltin konik.da 1995 yildan "ZarafshonNyumont" qo
ʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma
korxona 1995—2001 yillar mobaynida balansdan tashqari bo
ʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar
ag
ʻdarmasining 84 mln. t sini ‘ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi.
Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil bo
ʻlgan choʻkindi meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan
toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan
yashil amfi-bolli va kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori
kamayib, terrigen tog
ʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh
va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen tog
ʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida
namoyon bo
ʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti
katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti
katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning o
ʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida
joylashgan. Oltin zarralari mavjud bo
ʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan
qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub cho
ʻkindi
chegaralab turadi.
Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli tog
ʻ jinslaridan iborat. Daykalar kon
hududida turli tomonlarga yo
ʻnalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa siyenitdiorit-granofirli Muruntov
magmatik kompleksiga kiruvchi granitporfir, sferolit-porfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin konik.ning jan.-
sharqiy chegarasida Markaziy Osiyoda yagona bo
ʻlgan eng chuqur burgʻi qudugʻi SG-10 yordamida yer qaʼrining 4000 m dan
ortiq chuqurligida Muruntov granitoid intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil bo
ʻlish jarayonidagi asosiy
omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qo
ʻshslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning
hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, shuningdek, ruda tarqalishi va joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar
quyidagilardir: 1) o
ʻq chizigʻi Muruntov oltin konik.dan janubrokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. qanotini
shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va jan. sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer yorig
ʻini tashkil qilgan jan. va strukturali yer
yoriqlari, kenglik yo
ʻnalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik jan. ogʻish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy
ahamiyatga ega; 3) shim.-g
ʻarbga 60—70° burchak ostida ogʻib yotuvchi shim-sharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik joylashgan
rudali zonalar oltinga eng boy bo
ʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvarsli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va
karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin miqdori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, arsenopirit.xalkopirit,
galenit, sfalerit, molibdenit, sheyelitdan, noruda minerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-nolit, muskovit, kalsit
kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va o
ʻrta donali kvars tomiri va tomirchalarida bir kancha sulfidli minerallar, sof vismut va
kumush sulfasollari bilan birgalikda uchraydi. Muruntov oltin konik. rudalarining asosiy qismi (85% gacha) sheyelit-
oltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assotsiatsiyasini tashkil etadi. Assotsiatsiyada bo
ʻlgan oltinning
probasi 830 dan 980 gacha o
ʻzgaradi va bu oltinning tarkibida qoʻshimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi
darajali bo
ʻlgan minerallar assotsiatsiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin-arsenopirit-kvars
minerallari assotsiatsiyasi. Muruntov oltin konik. rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha bo
ʻlib, oʻrtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8
— 7,2 g/t kumush, 0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margimush va boshqa noyob
elementlar kam miqdorda bor.
Kon rudasidagi 50—60% oltin zarralarining kattaligi 0,01—0,02 mm bo
ʻlib, ularni faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Bu oʻta
mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bunday
hollarda oltin ajratib olish texnologik jarayonida atrof muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va
moslamalar qo
ʻllaniladi va zarur texnologik tadbirlar bajariladi. Soʻnggi yillarda Muruntov oltin konik.ni qoʻshimcha oʻrganish
maqsadida 20 dan ortiq ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan i.t. muassasalari bilan x.amkorlikda bir necha dasturlar amalga
oshirilmoqda.

Download 203.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling