Muruntov oltin koni Vikipediya, ochiq ensiklopediya Muruntov oltin koni
Download 203.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMuruntov oltin koni
Muruntov oltin koni Vikipediya, ochiq ensiklopediya Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining ko ʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga ko ʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota tog ʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan ma ʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash bo ʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari bo ʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30- yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari bo ʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 yilda Besapan qishlog ʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng ko ʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin koniHamroboyev O ʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bog ʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56 yillarda O ʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi ma ʼlum boʻldi.1958 yil oltinmargimush bog ʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy bo ʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo ʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni o ʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining o ʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli hissa qo ʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H.T.To ʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965— 69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat o ʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969 yil 21 iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur bo ʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida tog ʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bog ʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001 yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur bo ʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi. Muruntov oltin koni Oltin tarkibli kvarsli-sulfidli metasomatit Muruntov oltin konik.da 1995 yildan "ZarafshonNyumont" qo ʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001 yillar mobaynida balansdan tashqari bo ʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar ag ʻdarmasining 84 mln. t sini ‘ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi. Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil bo ʻlgan choʻkindi meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan yashil amfi-bolli va kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori kamayib, terrigen tog ʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen tog ʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon bo ʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning o ʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud bo ʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub cho ʻkindi chegaralab turadi. Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli tog ʻ jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yo ʻnalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa siyenitdiorit-granofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granitporfir, sferolit-porfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin konik.ning jan.- sharqiy chegarasida Markaziy Osiyoda yagona bo ʻlgan eng chuqur burgʻi qudugʻi SG-10 yordamida yer qaʼrining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granitoid intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil bo ʻlish jarayonidagi asosiy omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qo ʻshslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, shuningdek, ruda tarqalishi va joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) o ʻq chizigʻi Muruntov oltin konik.dan janubrokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. qanotini shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va jan. sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer yorig ʻini tashkil qilgan jan. va strukturali yer yoriqlari, kenglik yo ʻnalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik jan. ogʻish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-g ʻarbga 60—70° burchak ostida ogʻib yotuvchi shim-sharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy bo ʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvarsli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin miqdori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, arsenopirit.xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit, sheyelitdan, noruda minerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-nolit, muskovit, kalsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va o ʻrta donali kvars tomiri va tomirchalarida bir kancha sulfidli minerallar, sof vismut va kumush sulfasollari bilan birgalikda uchraydi. Muruntov oltin konik. rudalarining asosiy qismi (85% gacha) sheyelit- oltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assotsiatsiyasini tashkil etadi. Assotsiatsiyada bo ʻlgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha o ʻzgaradi va bu oltinning tarkibida qoʻshimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali bo ʻlgan minerallar assotsiatsiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin-arsenopirit-kvars minerallari assotsiatsiyasi. Muruntov oltin konik. rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha bo ʻlib, oʻrtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8 — 7,2 g/t kumush, 0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margimush va boshqa noyob elementlar kam miqdorda bor. Kon rudasidagi 50—60% oltin zarralarining kattaligi 0,01—0,02 mm bo ʻlib, ularni faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Bu oʻta mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jarayonida atrof muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qo ʻllaniladi va zarur texnologik tadbirlar bajariladi. Soʻnggi yillarda Muruntov oltin konik.ni qoʻshimcha oʻrganish maqsadida 20 dan ortiq ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan i.t. muassasalari bilan x.amkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda. Download 203.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling