Mushak xossalarini urganish usullari. Tishli va sillik tetanus Amaliy ishlar
Download 15.45 Kb.
|
Амалий қисм 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon bilan taminlanishning muskul ishiga tasiri
Mavzu: Mushak xossalarini urganish usullari.Tishli va sillik tetanus Amaliy ishlar: 1. Dinamometriya. 2. Qon bilan ta'minlanishning muskul ishiga ta'siri.
Yaxlit organizmda alohida bir muskul kuchini aniqlash imkoni yo'q. Shuning uchun alohida bir muskulning emas, balki muskul guruhining kuchini aniqlash odat bo'lgan. Bunda ko'l kafti muskulining va hokazo muskul guruhlarining kuchi haqida gapiriladi. Ishdan maqsad: Odamda muskul kuchini aniqlash usuli bilan tanishish. Ishning borishi: Tekshiriluvchi stulga o'tiradi va qo'lini to'g'ri burchak ostida oldinga uzatadi. Dinamometrni kaftiga joylashtirib, maksimal darajada qisadi. Bunda dinamometr strelkasi noldan og'adi va ma'lum belgini ko'rsatadi. Ko'rsatkich aniq bo'lishi uchun tekshiruv uch marotaba o'tkazilib, o'rtacha ko'rsatkich olinadi. Ax100
X= ----------- X - kaft muskullari kuchining % ko'rsatkichi; R R - tana massasi (kg). Erkaklar uchun bu ko'rsatkich me'yorida 60-70%, ayollar uchun 45-50%.
Ishdan maqsad: Qon bilan ta'minlanishning muskulni harakatlari koordinatsiyasiga ta'sirini o'rganish. Ishning borishi: Tajribachi sekundomer yordamida tekshiruvo'tkazilayotgan odam kog'ozga bir qator jumla yozishi uchun ketgan vaqtni o'lchaydi. Shundan so'ng yozayotgan odamning tirsagidan yuqorroqqa rezina jgut bog'lanadi. Bunda qo'lga arterial qon oqib kelishi to'xtaydi. Tekshiruvo'tkazilayotgan talaba esa yozishni davom ettiradi. Har bir qator yozib tugatilgach, tajribachi vaqtni belgilaydi. Bunda jgut bog'langandan keyin tekshiriluvchining xati o'zgarganiga e'tibor bering. Qo'lni harakatlantirish qobiliyati yo'qolgach, jgutni yechib, tiklanish jarayoni uchun qancha vaqt ketishini aniqlang. Ushbu tajribada qonbilan ta'minlanishning butunlay to'xtashi natijasida ro'y beruvchi o'zgarishlar keltirilgan. “Silliq va ko'ndalang targ'il muskllarning solishtirma tavsifi” Silliq muskullar 1. Ichki a'zolar va qon tomirlar devorida joylashgan. 2. Organizm ixtiyoriga bo'ysunmaydi. 3. Vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladi. 4. Bir yadroli muskul hujayralaridan tuzilgan, ko'ndalang targ'illikka va Z membranaga ega emas. 5. Qo'zg'aluvchanligi pastroq, ta'sir bo'sag'asi yuqori, xronaksiyasi uzoqroq. 6. Avtomatiyaga ega. 7. TP -50-60 mV. 8. HP amplitudasi pastroq ( 60 mV gacha). 9. Yakka qisqarish davomiyligi 5-6 sek. 10. Uzoq vaqt qisqarishi tonus deyiladi va tetanusga nisbatan 100-500 marta kam energiya talab etadi. 11. Moddalar almashinuvi pastroq. 12. Plastiklikka ega. Ko'ndalang targ'il muskullar 1. Skeletning harakat apparatini tashkil etadi. 2. Organizm ixtiyoriga bo'ysunadi. 3. Somatik nerv tizimi tomonidan boshqariladi. 4. Har biri simplast bo'lgan muskul tolalaridan tuzilgan. 5. Qo'zg'aluvchanligi yuqorroq, ta'sir bo'sag'asi pastroq, xronaksiyasi kamroq. 6. Avtomatiyaga ega emas. 7. TP – 80-90 mV. 8. HP ning amplitudasi yuqorroq (120-150 mV gacha). 9. Yakka qisqarish davomiyligi 0,1 sek. 10. Uzoq vaqt qisqarishiga tetanus deyiladi, ko'p energiya sarfini talab etadi. 11. Moddalar almashinuvi jadal. 12. Plastiklikka ega emas. Download 15.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling