Musiqa darslari orqali o’quvchilarda ong, milliy tafakkurni o’stirishni shakllantirishning imkoniyati, shakl va uslublari


Download 33.93 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi33.93 Kb.
#1004484
Bog'liq
Musiqa darslari orqa


Musiqa darslari orqali o’quvchilarda ong, milliy tafakkurni o’stirishni shakllantirishning imkoniyati, shakl va uslublari

Hozirgi kunda o’quvchilarimizning ongi va milliy tafakurini o’stirish oldida turgan asosiy maqsadlardan biri-yosh avlodga ajdodlarimizning asrlar davomida orttirilgan ma’naviy boyliklarini singdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror


to’tirish va muntazam rivojlantirib borish, Vatan va millat oldidagi burCh va mas’uliyatini his etishga o’rgatishdan iboratdir.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o’quvChilarning Vatanga, mehnatga, insonlarga bo’lgan muhabbati kabi serqirra manbalari unda ma’naviy ehtiyoj va qiziqish uyg’otishda, ma’naviy faoliyat va qadriyatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, ma’naviy-axloqiy manbalar o’quvChida ma’naviy fazilatning tarkibiy qismlarini shakllantirish vositasidir.

Davlatimizning madaniyat, xalq ta’limi, yangi insonni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faoliyati o’zbek oilalarining to’la ma’noda erkin va har tomonlama kamoloti uChun asosdir. Bugungi kunda ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan barCha mutasaddilar bola tarbiyasi bilan shug’ullanishning zamonaviy islohotlarga boy yo’nalishlari asosida olib bomoqdalar. Yahni hozirda ular o’z ustida tinmay izlanishlari kerak. Ko’plab o’qituvChilar o’z dunyoqarashlarini kengaytirishga, bola tarbiyasi bilan bog’liq adabiyotlarga qziqishga intilmoqdalar. O’z bayrog’imiz, tamg’amiz va madhiyamizga ega bo’ldik. Mustaqilliknnig madaniy-mahrifiy jabhadagi yutug’i va saboqlaridan yana biri shundan iboratki, xalqimiz o’zining yuuyuk tarixi va milliy o’zligini Chuqur angladi. Ajdodlarimix qoldirgan bebaho merosdan bahramand bo’ldilar. O’z kelajagini, o’z istiqbolini buyuk tariximiz mezoni bilan o’lChashni, uni aniq va keng ko’lamda tasavvur etishni o’rgana boshladi. Mamlakat istiqboli va mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni izlab to’ish va ularning san’atini ro’yobga Chiqarish, rag’batlantirish, intellektual imkoniyatlarini kengaytirish, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatga bo’lgan intilishlarini moddiy va ma’navi jihatdan qo’llab-quvvatlashda Ulug’bek nomidagi istehdodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi amaliy faoliyati ehtiborga sazovordir. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan bosh g’oyalardan birini olaylik: “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”. Bir qaraganda oddiy bir shior bo’lib tuyuladigan ushbu so’zlar zamirida nimalar yotibdi?

BirinChidan, aynan ushbu maqsadning qo’yilishiga mustaqil mamlakatimizda moddiy-ma’naviy asoslarning yetarli ekanligi, ikkinChidan, yurtimizda olib borilayotgan ishlarning barChasi bir oliy niyatga yetishga yo’naltirilgan, uChinChidan, zahirada moddiy-ma’naviy boliklarning salmog’i yotadi. Bizlar bu g’oyalardan kelib Chiqib o’z shogirdlarimizga mustaqillikni ulug’ nehmat bilishlari zarurligini, uni asrab-avaylash lozimligini uqtirmog’imiz kerak. Toki, ularning qalbida “SHu Aziz Vatan barChamizniki” degan vatan’arvarlik tuyg’usi mustahkam joy olsin. Ilm ,tadbir va musiqaning mutanosibligi dadil aytadigan faol jamiyat ahzosi bo’lishga intilish ularning “Buyuk kelajak sari” umumxalq harakatidagi asosiy omillari ekanligini qudratli kuChni, haqqoniy, erkin, hurfikrli muhit qurilayotganini har bir yosh tushunib yetmog’i hamda o’zlari ham faol ishtirok etishlari zarur. Mana shu vazifalar ham bizning o’zbek farzandlarining burChiga, milliy mentalitet talablarini to’g’ri yo’lga solayotganidan darak beradi. Har bir xalq o’zining milliy anhalariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga ega. O’qituvChi murabbiylar ta’lim jarayonida ham tarbiya jarayonida ham milliy an’analarga tayanib, buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanib borishlari lozim. An’ana xalqimizning asrlar osha to’’lagan milliy boyligi bilan shuningdek, uning yangi sharoitda yangi mazmun bilan boyitilishi, yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Azal-azaldan mehnat sohasida yaratilgan, avloddan- avlodga o’tib, umrboqiy bo’lib qolgan ilg’or anhalarni o’rganish va taxlil qilishni, xalq donoligi mag’zini Chaqish, tajriba orttirish, aqliy kamolotga yetish deb uqtirib kelingan. Bunday an’analarni o’tkaziladigan sinfdan tashqari musiqiy- tarbiyaviy tadbirlarni barChasida amalga oshirish lozimligini aytib o’tmoqChiman. Zero, tarbiya borasida bunday an’analarni o’rganish va tahlil qilishni amalga oshirish, milliy hususiyatini bilish xalqning ma’naviy go’zalligini bilishdir. Aynan mustaqillik bayramini nishonlash jarayonida ham o’zbek millatiga mansub bo’lgan qadimiy qo’shiqlarni zamonaviy usulda kuylash yoki qadimiy folklor qo’shiqlari so’zlarini hozirgi mustaqillikni ulug’lovChi g’oyalarga almashtirib kuylash mumkin.

Yoshlar tarbiyasi kabi mas’uliyatli vazifa ota-onadan keyin ta’lim fidoyilarining zimmasiga tushadi. Demak, tarbiya degan tushunChalar, to’g’rirog’i tarbiya bilan shug’ullanish jamoatChilik ishiga aylandi. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan har bir pedagog tarbiyani ta’lim bilan birga barobar holda olib borish yo’lida zamonaviy usuldagi dars samaradorligiga erishishga harakat qilmoqdalar. Ma’naviy sohada o’z ifodasini to’gan musiqa tarbiyasidagi yutuqlar odamlarning, xalqimiz, millatimizning axloqi va madaniyatida, dunyoqarashida ro’y bergan sifat o’zgarishlari mustaqillik ilk bosqiChining muvaffaqiyati hisoblanadi. Musiqa san’ati insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarni yaxshilik qilishga undaydi. Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o’rni beqiyosdir. O’zbek xalqining boshqa xalqlarda uChramaydigan andishalik, hayo, ibo, bir-birini qadrlashi, odob-axloq mehyorlarini ham musiqa tarbiyalay oladi. Bahzi bir oramizda uChrab turadigan nobakor farzandlar o’z ota-onalarini xafa qilgan ‘aytlarida, radio orqali ‘and- nasihatga oid qo’shiq tinglaganlarida o’z vaqtida uzr so’ragan ‘aytlari ham bo’lgan. CHunki milliy musiqa orqali insonda olijanoblik, ulug’vorlik yuzaga keladi. An’analarga sodiqlik tushunChalarini yoshlar ongiga sindirib borishda ularni g’arbliklarga taqlid qilib kuylashni emas, balki milliy kuy va qo’shiqlarni tinglashni, o’zlariga tarbiyaviy saboq Chiqarish lozimligini o’rgatish zarur. Ayniqsa, o’quvChilarni ma’naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma’naviy jihatdan tayyorlamasdan, fanga istehdodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlamasdan, yoshlarni zamonaviy fan- texnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, qo’llab-quvvatlamasdan ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz ma’naviyatini rivojlantira olmaymiz. SHunday ekan, ularni ma’naviy barkamolikka erishishlarida milliy musiqamizning kuCh-qudratiga tayangan xolda ibratli ‘and-nasihatga boy, xalqona yo’lda yaratilgan kuy va qo’shiqlardan foydalanishimiz zarur. Xulosa o’rnida, biz hohlaymizki, shogirdlarimiz mumtoz


g’azallarni o’qib ajdodlarimiz qoldirgan milliy ohanglarni tildan tushirmay hirgoyi qilsalar ma’naviyatimiz yuksalaveradi, yoshlar tarbiyasi ham milliy rivoj to’adi.

Umumta’lim maktablarida boshlang’iCh sinf o’quvChilariga ta’lim- tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar ko’proq qiyinChilikni o’z gardanlariga oladilar. Sababi, xali na yozishni va na o’qishni bilmaydigan, biroq kelajakda buyuk insonlar bo’lib yetishishi mumkin bo’lgan jajji o’g’il-qizlarning taqdiri ularning qo’lidadir. SHuning uChun o’quvChi yoshlarga dars berish jarayonimizda o’ta sergaklik va tashabbuskorlik bilan ishga kirishishimiz lozim. Bir kiChkina xato ham kelgusida ‘and berishi mumkin. Boshlang’iCh sinflarda musiqa darsini tashkil etish orqali o’quvChilarda estetik tarbiyani shakllantirishda eng avvalo qo’shiqdan, kuydan zavq olishni o’rgatish muhimdir. O’qituvChi ularga dars berishda, o’quvChilarda estetik tarbiyani uyg’otishda quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:





bolalarda musiqani sevish, unga havas va qiziqish uyg’otish;



vokal-xor malakalari hamda qo’shiq kuylashning boshlang’iCh saboqlarini berib borish;



o’quvChilarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish;



nutq madaniyatiga rioya etish;



o’quvChilarning badiiy didlarini tarbiyalash (kiyinish madaniyati, gavdani tik tutish holatlari).



Ushbu vazifalarni amalga oshirish birinChi sinfdan boshlab, toki yuqori sinfgaCha sistemali ravishda davom etib boradi. Musiqa madaniyati o’quv dasturiga kiritilgan ashulalar ham o’quvChilarning yoshi va qiziqishi, mazmunan rang-barangligi, qiziqarli ohangdorligi bilan estetik madaniyatni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Unda, ayniqsa ona Vatan, go’zal tabiatni ifodalovChiyil fasllari, qushlar va hayvonot olami haqidagi lirik raqs hazil-mutoyiba xarakteridagi ko’plab qo’shiqlar o’quvChi yoshlarning estetik zavqini oshiribi borishga, tarbiyaviy-madaniy vazifalarni uddalashga va ashula aytishda zaruriy malakalar hosil qilishga yordam beradi.Tabiat va yil fasllari haqidagi qo’shiqlarni o’rganish va ijro etish o’quChilarda o’ziga xos katta taassurot qoldiradi, ularda

tabiat go’zalligiga bo’lgan ijobiy munosabatlarini shakllantirib boradi. Qo’shiqlarda ifoda etilgan tabiatning go’zalligi, o’ziga xos husn Chiroyi yil fasllarining takrorlanmas xususiyatlarini idrok etish va his qilish, maqsadga muvofiq uyushtirib boriladigan qisqa va qiziqarli suhbatlar, savol-javoblar hamda tabiatni bevosita kuzatishlar jarayonida amalga oshiriladi. Musiqa va estetik madaniyatning ‘aydo bo’lishi hamda shakllanib borishida tinglanayotgan har bir asarni o’quvChilar tomonidan to’la o’zlashtirib olinishiga bog’liq. SHunda o’quvChi o’qituvChi tomonidan berilayotgan saboq va tarbiya ko’nikmasini o’zida to’la mujassamlashtiradi. Ma’lumki, musiqiy tarbiya jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuChli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning his-tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda aynan folklor san’ati orqali inson hayotni o’rganadi, tasavvuri kengayadi,qadimiy urf-odatlar va milliy an’analarimizga sodiq bo’lishni o’zida shakllantiradi, shu bilan birga estetik rivoj to’adi. O’zbek folklorini o’rganish orqali yoshlar xalqona milliy ko’rinishni o’zlarida ifodalaydi,erkin, mustaqil fikrlashga ega bo’ladilar. SHu bois,folklor san’ati ularda nafosat hissiyotlarini ham tarbiyalab, ularning ma’naviy, g’oyaviy hamda axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirib, oliyjanob fazilatlarni kamol to’tirishda ta’sirChan vosita sifatida qo’llaniladi. Yoshlarda estetik tarbiyani shakllantirishni ravnaq to’tirish uChun eng avvalo pedagog kadrlarga ehtiborni qaratish zarur. Biz har bir so’zimizda musiqa insonni tarbiyalaydi deya qayta-qayta tahkidlaymiz, biroq, musiqani to’la anglagan haqiqiy mutaxassisgina yosh avlodga musiqa sirlarini to’g’ri yo’nalishda o’rgata oladi. Tajribalardan kelib Chiqib joylarga borganimizda musiqa mutaxassisligiga ega bo’lmagan tajribasiz o’qituvChilarning musiqa darslarini berayotganligiga duCh kelganmiz. Ular dars jarayonida o’quvChiga nota savodini, musiqa tinglashni, musiqaga ritmik jo’r bo’lishni va musiqa bilan harakatni o’rgatish tugul mavzuda berilgan qo’shiqni baqir-Chaqir orqali noto’g’ri o’rgatayotganligining guvohi bo’lganmiz. Xo’sh, bola ushbu darsda qo’shiqni to’g’ri o’rgana olmaya’ti-ku, qanday qilib estetik zavq olsin! O’quvChilarni kuzatganimizda darsga befarq, ovozi tushsa tushmasa qo’shiqni hirgoyi qilishga harakat qilayotganligini,



‘artalarni Chalib shovqin bilan o’tirishini o’zida heCh qanday madaniyat, zamonaviy usuldagi dars ko’rinishi uChramaydi. Demak, bunday muammolarning yeChimi o’z kasbiy mutaxassisligiga ega kadrlarni joyiga qo’yishni to’g’ri rejalashtirishdadir.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda Davlat ta’lim standartlarida pedagoglarning kasbiy mutaxassisliklari bo’yiCha zamonaviy darslarni tashkil etishlari belgilab qo’yilgan. Bugungi kunda musiqa ma’naviyatimizni rivojlantirish davlatimizning bosh vazifasiga aylanib bormoqda. O’zbekiston davlat konservatoriyasi binosini qayta qurib to’shirilishining o’zi va musiqa san’ati rivojining Chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarorlarning ijrosi hamda xalqaro miqyosdagi festivallarning tashkil etilishi yuqoridagi fikrimizga asos bo’ladi. Birgina “O’zbekiston Vatanim Manim” ko’rik-tanlovining o’tkazilishi jarayonida ta’lim muassasalari o’quvChi yoshlari qo’shiq kuylash bilan birga o’zaro do’stlikni, o’zaro tajriba almashishni qo’lga kiritar edilar. SHu tanlov orqali milliy-azaliy qadriyatlarga munosabat, Vatan tarannumi hamda eng muhimi O’zbekistonda taxsil olayotgan iqtidorli yoshlarning betakror qobiliyatlari baholanar edi. Bugungi kunda bunday tadbirlar yanada ko’payib, turli forumlar, “Barkamol avlod”, “Kelajak ovozi”, “Qalbimda Vatan madhi” ruknlari ostida keng o’tkazib borilmoqda. Bunday tadbirlarni o’tkazishning o’zi yoshlarda estetik tarbiyani, milliy – ma’naviy dunyoqarashni kamol to’ishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar ilm-fandan qanChalik bahramand bo’lsalar musiqa san’atidan ham shunChalik ozuqa oladilar. Milliy musiqa orqali ularda har tomonlama mukammallik, shu birga halollik, kamtarlik, eng asosiysi yaxshilik va ezgulik hukmron bo’ladi. Xalqimiz merosining noyob namunalaridan foydalanish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, targ’ib etish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizda mustaqillik tuyg’usini shakllantirish- yoshlar o’rtasida estetik tarbiyaning mukammal bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib borishi taqozo etadi.
Maktablarda o’quvChilarning to’g’ri tarbiya olishi ularni madaniyatli shaxs bo’lib yetishiga sababChi bo’ladi. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy yozgan edi –
«Tarbiya san’ati shunday xususiyatga egaki, deyarli barChaga tanish va tushunarli, bahzilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi – odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanChalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunChalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr – toqatni talab etishini ehtiroz qilishadi, ayrimlar buning uChun tug’ma qobiliyat va malaka, yahni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr – toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonCh hosil qilishadi».
Tarbiya san’ati vaziyat bilan bog’liq bo’lib – bu behad izlanish va azob – uqubatli keChinmalar, ilhom va betakror quvonish hollari, ko’pdan – ko’p kundalik ishlar, CharChash va bolalar bilan birgalikda boshdan keChirilgan quvonChdan bahramand bo’lishdir. Tarbiya san’ati – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan, fahm – farosat bilan amalga oshiriladigan holatlardir. Tarbiyaviy jarayon ‘irovard natijada ikki yirik bosqiChdan: tarbiyaviy maqsad va uni amalga oshirish jarayonidan tashkil to’adi.
Umuta’lim maktablarida o’tiladigan «Musiqa madaniyati» fanini o’zlashtirish jarayonida o’quvChilar bir neCha fanlar bilan musiqa fanini bog’liqligini bilib oladilar – adabiyot, jismoniy tarbiya, fizika, matematika, tarix va boshqalar. Musiqa darsining o’zida esa – musiqa nazariyasi, solg’fedjio, musiqa tarixi, garmoniya asoslari, musiqa asarlarining tahlili va boshqa musiqa sirlari bilan tanishadilarkim, bular maktab o’quvChilarini musiqiy yo’nalishda tarbiyalashda asosiy vositalar qatoriga kiradi. Masalan: darsning jamoa (xor) bo’lib qo’shiq aytish jarayonida birinChidan jamoa (ko’pChilik) ga, ittifoqlikga, birga kuylashga o’rgansalar, ikkinChidan ijro etayotgan asarning mualliflari: kom’ozitor va shoir ijodiyoti bilan tanishadilar, uChinChidan asar mazmunini, maqsadini va ijro uslublarini hamda asardagi nyuans belgilari bilan tanishib shu nyuanslar orqali asarning badiiy tomonlariga ehtibor qaratib ijro etadilar. Xor asaridagi mazmun va maqsad o’quvChilarni vatanga bo’lgan muhabbatini, xalqimizning
mehnatsevarligini, inson’arvarligini kuylab qo’shiq ijroChiligi vositalari bilan musiqiy tarbiyasining rivojlanayotganligini izhor etadi.
«Musiqa madaniyati» darsining musiqa tinglash jarayonida esa ijro etayotgan aksarning kom’ozitori haqida, uning ijodiyoti va bu asar qaysi musiqa san’atining janriga mansub ekanligini bilib oladilar. Musiqa savodini o’rganish davrida musiqiy san’atning sir – atvorini, musiqiy asarlarning yozilishi va ijro etish vositalariga ehtibor berib o’z musiqiy tarbiyalarini yana ham o’stirishga undaydilar. Maktab o’quvChilarining musiqiy tarbiyasida musiqa o’qituvChisining bilimdonligi, o’quvChilar bilan muomilasi, musiqiy asarlarni bolalar tilida tushuntira olishi, asarlarning badiiy tomonlarini yoritib berishidan bog’liqdir. O’qituvChi tomonidan musiqiy asarlarning xarakterlari (lirik, dramatik, o’ynoqiligi, og’ir vaznliligi, marsh) bilan tanishtirish va ularni o’quvChilar ongiga singdirish muammolari ham musiqa tarbiyasida alohida ehtiborga loyiqdir. SHo’x o’ynoqi kuy va qo’shiqlar o’quvChilar diqqatiga tezroq yetib boradi. Og’ir va sekin ijro etiladigan kuy va qo’shiqlar maktab o’quvChilarini oz bo’lsada diqqat va ehtiborli bo’lishlarini talab etadi. SHu borada musiqa o’qituvChisidan o’quvChilarga nisbatan soddaroq, bolalar tushunChasiga ko’ra muomilada bo’lish talab etiladi.
SHunday qilib musiqa san’ati voqelik va hayotiy keChinmalarni o’ziga xos badiiy obrazlari orqali ifodalaydi, tinglovChilarni yurak – qalbi, his – tuyg’ulariga ta’sir etish orqali unda turli qobiliyatlarni rivojlantiradi, ongi va tafakkurini o’stiradi, voqelik va hayotni yanada kengroq va Chuqurroq idro etishga yordam beradi va ana shu xislatlar maktab o’quvChilarini musiqiy tarbiyasining rivojiga katta yordam beradi.
Umumtag’lim maktablarida musiqa tarbiyasini amalga oshira borar ekanmiz, o’qituvChi oldida o’quvChilarda ong , milliy tafakkurini o’stirish, musiqaga qiziqish va havas uyg’otish vazifasi turadi. Maktabda, ayniqsa boshlang’iCh sinflarda qo’shiq aytish, musiqa tinglashga nisbatan ‘aydo bo’lgan qiziqish va
moyillik, asta-sekin yoshlarning sang’atga bo’lgan ijobiy munosabatlari va qolaversa ehtiyojlarining tarbiyalanib, shakllanib borishida muhim o’rin tutadi.
Musiqa darsi o’z tabiatiga ko’ra sang’at darsidir. Uni rang-barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o’qituvChidan katta pedagogik va ‘rofessional mahorat talab etadi. “Bolalarni sang’atga o’rgatish nihoyatda murakkab,-deb tag’kidlaydi taniqli kom’ozitor D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkablik shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib Chinakam sang’atga o’rgatish mutlaqo mumkin emas”.
Bu o’rinda musiqiy mashg’ulotlar jarayonida o’quvChilarning ijodiy faolligini tag’minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning orombahsh tag’siridan bahramand bo’lish bilim, malaka va ko’nikmalar qatori emotsional his-tuyg’ularning ishtirokiga ham bog’liq. Asarni ijro va idrok etishda his-tuyg’ular qanChalik faol va Chuqur bo’lsa, ularni tushunish va o’zlashtirish, to’yinish va zavq olish ham shunChalik ongli va Chuqur bo’ladi. Bu holatlar esa o’z o’rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo’ladigan jarayondir. Zero zerikarli va sokinlik holati sinfda jonli hissiyot holatini tashkil eta olmaydi. O’quvChilarni darsga qiziqtirish birinChi navbatda tinglash va ijro etish uChun tanlanadigan asarlar re’ertuari bilan bog’liq. Boshlang’iCh sinflar uChun tanlanadigan asarlar re’ertuarining asosiy mezoni o’quvChilarning yoshlarga, qiziqishlari, bilim va ko’nikmalar darajasiga mos bo’lish, tematikaning rang-barangligi, g’oyaviy-badiiy sifati hamda pedagogik qimmati bilan belgilanadi. BoshqaCha so’z bilan aytganda, maktabda o’quvChilarning yoshlari va idrok etish qobiliyatlari mos keladigan o’tmish va hozirgi zamonning eng yuksak g’oya va obrazlarini aks ettiradigan, o’zining forma va mazmuni bilan go’zal va hayotbahsh, nafis va xushohang asarlar yangrashi lozim. Zero faqat mana shunday asarlargina o’quvChilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg’ota oladi, axloqiy-estetik hissiyotlarini, zarur bo’lgan qobiliyatlarini o’stirib boradi. Bu o’rinda zamonaviy qo’shiqlar qatori xalq qo’shiqlaridan keng va oqilona foydalanish darsni yanada qiziqarli va sermazmun bo’lishini tag’minlaydi, yosh ijroChilarda xalqimiz ijodiga, uning musiqa va
qo’shiq sang’atiga bo’lgan mehr va muhabbat tuyg’ularini shakllantirib boradi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi. O’quvChilarni darsga qiziqtirish darslarni naqadar qiziqarli, mazmunli, tushunarli va qolaversa materiallarning rang-barang bo’lishligiga bog’liqdir. Musiqa asarlari, rang-barang ko’rgazmali qurollar, musiqa haqidagi qiziqarli fakt va mag’lumotlarga boy bo’lgan, boshidan oxirigaCha sust bo’lmagan surg’atda tashkil qilinadigan darslar o’quvChilarda katta qiziqish uyg’otadi.
“Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uChun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk mag’rifat’arvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uChun qanChalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uChun ham shunChalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. CHunki tag’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, tag’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad
– ozod va obod jamiyatni bar’o etib bo’lmaydi.” – Islom Karimov.
Hozirgi davr dunyodagi g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura ‘oligonlari yadro ‘oligonlaridan ham kuChliroq bo’lib borayotgan davrdir. SHuning uChun ham yosh avlodni milliy ong va milliy mafkura ruhida tarbiyalash ishiga barCha vositalar ishga solinmoqda.
Bu borada musiqa sang’ati xususan qo’shiqChilik ikki buyuk sang’atni- sheg’riyat va musiqani o’zida mujassamlashtirgani holda katta tarbiya quroliga aylanadi. ‘sixolog olimlarning fikriga ko’ra, musiqa inson bosh miya yarim sharlarida joylashgan neyronlarning asab kataklarining eng iChki qavatigaCha yetib boradi va u yerda mavjud bo’lgan boy energiya zaxirasini ishga soladi. Bu o’z navbatidagi asar mazmunidagi g’oyalarni, badiiy obrazlarni yanada yaqinroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uChun ham odatda “So’z tamom bo’lgan joyda musiqa boshlanadi”-deyiladi. Yag’ni fikrni so’z bilan ifoda qilib bo’lmagan taqdirda-uni musiqa orqali ifodalash mumkin bo’ladi.
Umumiy o’rta tag’lim maktablarining “musiqa madaniyati” darslariga kiritilgan qo’shiqlar dasturida ham istiqlolni, mustaqilligimizni, o’zligimizni, bayram va ang’analarimizni, Ona Vatanimizga bo’lgan Cheksiz tuyg’ularni ifodalovChi o’nlab asarlarni uChratish mumkin va bu asarlar o’quvChilarda ijodiy faollikni o’stirishga xizmat qiladi.
Xususan, “Mustaqillik lolalarimiz” R.Abdullaev musiqasi, N.Nazarov sheg’ri, “O’zbekiston – Vatanim manim” D.Omonullaeva mus., J.Jabborov sheg’ri, “Mustaqillik ayyomi” X.Rafiqov mus., N.Narzullaev sheg’ri, “Navro’zjon” M.Otajonov mus., Z.Mo’minova sheg’ri, “Hunarmand yoshlar madhiyasi” Q.Mag’mirov musiqasi va sheg’ri, “Ko’kka uChdi Solijon akam” A.Mansurov mus., N.Narzullaev sheg’ri, “Islom bob” SH.Yormatov mus., M.Rahmon sheg’ri, “Istiqlol haqida qo’shiq” Q.Mag’mirov mus., L.Qo’ldoshev sheg’ri, “Mehrjon” F.Alimov mus., Q.Ota sheg’ri, “Yurtga sadoqat” H.Rahimov mus., S.Barnoev sheg’ri va boshqalarni shunday mavzudagi asarlar sirasiga kiritish mumkin. Ayniqsa boshlang’iCh sinflar dasturida shu yuksak mag’no va maqsadlarga yetaklovChi qo’shiqlar ko’plab kiritilgan.
Biz tanlagan mavzuning dolzarbligi shundaki, musiqa darslari oldiga tag’lim va tarbiya yo’lida katta vazifalar qo’yilgan. Nafaqat mag’naviy, axloqiy-estetik tarbiyani amalga oshirish balki qo’shiq va musiqa sang’ati orqali o’quvChilarda komillik, uning go’zal tabiati insonlarga muhabbat, do’stlik, birodarlik, tinChlik g’oyalarini singdirish kabi vazifalar belgilangan. Bu vazifalar musiqa darslarining har bir saviyasida o’quvChilarning ijodiy faolligini o’stirish orqali amalga oshirishi mumkin. Zerikarli, sust, lanj, ehtirossiz o’tkazilgan darslar heCh bir samara bermaslgini shubhasiz. Va uning aksi, har bir mashg’ulot jonli, qiziqarli, sinfning faolligi darajasida olib borilgandagina ko’zlangan natijalarni berishi muqarrar.
SHunday qilib musiqa darslarida o’quvChilarning ijodiy faolligini oshirish yo’llari bo’yiCha o’rganilgan adabiyotlar tahlili ko’rsatadiki, bevosita ijodiy faollikni o’stirishga bag’ishlangan adabiyotlar sanoqli. Ular ham bevosita musiqa bilan ijodiy faollik masalasi o’z yeChimiga muhtoj degan fikrga keldik.
Mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy, madaniy va xo’jalik hayotida yuz berayotgan katta o’zgarishlar yangi insonni tarbiyalash masalasiga alohida ehtibor berishni talab qiladi, san’at, adabiyot, shu jumladan xalq ijodiy zakovati bo’lgan musiqa san’ati va fani oldiga ham g’oyat muhim vazifalar qo’ydi.
Xalq musiqa ijodi ham folklorning boshqa turlari singari badiiy va g’oyaviy mazmunan sodda, ixCham va mukammal formalarga juda ko’p tarixiy faktlarga ega bo’lgan san’at turidir.
Milliy musiqa san’atining eng yorqin koloritlar, nafosati xalqni falsafiy - ijtimoiy tafakkuriga boy, teran fikr va g’oyalari o’z aksini to’gan. Xalq musiqasi zamirida har bir millatni o’z boshidan keChirgan voqealarni, uning baxt uChun kurashlarini yaqqol ko’rish mumkin.
Dono xalqimiz yaratgan boy musiqa ulqan ma’naviy boyligimiz bo’lib, u yosh avlodni ahloqiy va g’oyaviy estetik tarbiyasi uChun ham bebaho manba bo’lib hisoblanadi. CHunki, go’dak xalq musiqasini eng nafis va orombaxsh turi – ona allasini beshikda yotganida hali tili Chiqmasdanoq idrok eta boshlaydi. Demak xalq musiqasi, san’atning kishi qalbiga eng yaqin turidir. SHuning uChun Res’ublikamiz umum o’rta ta’lim maktablarining musiqa dasturlarida xalq musiqa ijodiga alohida o’rin berilgan. Xalq musiqa ijodi materiallariga har bir sinfning yillik o’quv materiallari qatoridan o’rin berishni taqozo qiladi.
CHunki xalq musiqa ijodi ‘rofessional musiqaning asosidir va har bir bastakor xalq musiqasi uslublaridan, undagi nafis ohanglardan o’rinli foydalanganligi natijasidagina badiiy yuksak va ko’p ovozli yangi asar yarata oladi. Buning isboti sho’qi, barCha millatlar uChun umumiy bo’lgan hozirgi zamon musiqasidagi major va minor ladlari xalq musiqa darslarining yuqori darajada taraqqiy etishi natijasidagina shakllangan va klassik musiqani maydonga kelishi bilan qaror to’gan.
Boshlang’iCh sinflar dasturidagi xalq kuylari va bolalar qo’shiqlaridan tanlab muntazam ravishda o’rganib borish, o’zbek xalq musiqasini idrok etish malakalari asosida qardosh xalqlar musiqalarini idrok etishni o’rganib borish, o’quvChilarni qo’shiqni musiqiy ohangi va shehrning mazmunini to’g’ri tushunib idrok etishga o’rganish qo’shiq san’atiga xos badiiy suratlardan foydalanish mumkin.
4 - 7 sinflarda xalq musiqalarining o’rganishda turli pedagogik amallardan tushuntirish, suhbat, hikoya, savol – javob, kiChik suhbat, insholar yozish, darslik bilan ishlash, qo’shimCha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Ma’lumki, ayniqsa 6 – 7 sinf o’quvChilarida informatsiyalarni qabul qilinish kuChli bo’lib, ular yangi masalalarning mohiyatini tushunib olishga qiziqadilar. SHuning uChun har bir asarni o’rganishda shu asar egasi hisoblangan millatning musiqa madaniyati, asarning xususiyati, badiiy va g’oyaviy mazmuni haqida o’quvChining qisqa vaqt qiziqarli axboroti katta ahamiyatga molikdir.
Asarni o’rganishda suhbat va savol – javob metodlarini o’quvChilarda asarga nisbatan ijodiy munosabatni kuChaytiradi. Xalq musiqasi - davr oynasi. Binobarin, u o’zi yaratgan davrning mohiyatini o’sha xalqning musibatini, erk uChun kurash tarixini, baxt – saodat yo’lidagi orzu – istaklarini aks ettiradi. Yahni xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egadir.
Xalq mashshoqlari sodda ixCham va teran fikrni xalq doston va g’azallarini badiiy - g’oyaviy hamda ‘oetik ohangiga mos kuylar yaratganlar. SHuning uChun xalq musiqa ijodini adabiyot darslarida o’rganiladigan materiallar bilan bog’lab olib borish, ayniqsa xalq og’zaki badiiy ijodiga keng o’rin berilgan 4 – 5 sinflarda xalq musiqa ijodini ham o’rganish maqsadga muvofiq bo’lib, o’qituvChi bu kulay imkoniyatdan unumli foydalanishi zarur. SHuni ham alohida tahkidlab o’tish kerakki, bir sinf uChun ‘rogramma materiallaridagi o’zaro uzviy bog’liq maqsadlarini aniq belgilashi va har bir konkret imkoniyatlarni albatta hisobga olishi kerak. Boshlang’iCh sinflarda o’quvChilar musiqa janrlari uChun xususiyatlari bo’yiCha o’z bilim
olganliklari sababli 4 - sinfda ularga avvalo musiqa san’atining asosiy xususiyatlari uning eng oddiy va ommaviy janr turlari haqida tushunCha berib, xalq musiqasi bilan bastakor yaratgan ‘rofessional musiqaning farqini, xalq musiqa janri badiiy folklor singari uzoq taraqqiyot tarixiga ega ekanini, sodda, ravon, yorqin ohangda, mungli va xushChaqChaq dilrabo usullarda jaranglashini tushuntirish, shuningdek, ular bilan atoqli xalq hofizlari to’g’risida savol – javoblar o’tkazish kerak. Demak, 4 – sinfda darslarni biroz tezlatish metodlari asosida o’quvChilarning idrokli, muhokama kuChiga xos ravishda olib borish kerak.
Yuqori sinflarda xalq musiqa ijodi bir munCha jiddiy tarzda o’rganiladi va unda musiqa tinglash asosiy o’rinli egallaydi.
O’quvChilarga o’rganish mashg’ulotlarini o’zbek xalq musiqasi haqidagi suhbat bilan bog’lash, o’zbek xalq musiqasi tur va janrlariga ifoda vositalariga boy bo’lib, xalqimizning milliy iftixori ekanligini asarlar davomida mehnat, kurash va ijodda kishilar uChun ilhom manbai bo’lib, kelganligini, turli janrdagi kuy va qo’shiqlarda xalqimiz tarixidagi voqealar ma’lum darajada aks etganini, o’quvChilarga tushuntirish g’oyat foydalidir. O’quvChilar o’zbek xalq qo’shiqlarini idrok etishda orttirgan tajribalar asosida, qardosh xalqlarning qo’shiqlaridan namunalar tinlaydilar.
O’quvChilar xalq qo’shiqlarini o’rganish va ularning o’zaro uzviyligi asosida o’zbekCha qo’shiqlardan keyin: turkmanCha, azorbayjonCha va boshqa qo’shiqlarni tinglash jarayonida shu xalqning musiqa madaniyati to’g’risida qisqaCha ma’lumotlarni har tomonlama Chuqur idrok etadilar. «Qardosh xalqlarning raqs va kuylari» mavzuida qo’shiq tinglash bo’yiCha sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazilsa, o’quvChilarni darsda olgan bilimi va taassurotlari kengayadi va mustahkamlanadi. Natijada o’quvChilar ‘rofessional musiqa va xalq musiqasi o’rtasidagi farqni idrok etib muayyan tushunChaga ega bo’ladilar. Yuqori sinflarda xalq musiqa ijodini o’rganishning eng muhim qismi - o’zbek va tojik xalqlari azaldan birodarligining yorqin timsoli bo’lgan
«SHashmaqom» va uning atoqli ustozlari domlo Halim Ibodov, Abdulaziz Abdurasulov, akademik Yu.Rajabiyning ijodi bilan tanishuvidir. Bunda
«SHashmaqom» uzoq asarlar davomida tojik va o’zbek xalq musiqalari asosida shakllanganligi ular avloddan – avlodga o’tib, takomillashib, xalq klassik musiqasiga aylanganligini tushuntirib, maqomlar turkumlari turkman va uyg’ur, eron xalqlarida ham mavjud bo’lib, ularning o’xshashlik va umumiylik xususiyatlari g’oyaviy maqsadlardagi mushtaraklar haqida ham to’xtab o’tish lozim.
BarCha xalqlar musiqasining o’zaro yaqinlashuvi, bir –birlarini boyitish maqsadida Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodini o’rganish uChun o’zbek va tojik musiqa merosi va ijroChilik san’atini Chuqur o’rganib, maqomlarni yangi zamonaviy tarzda o’zbek va tojik shoirlarining shehrlari bilan kuylagani, o’z san’atini boyitish maqsadida sharq mamlakatlariga safarga Chiqib, u joylarga milliy musiqa san’atimizni namoyish etib katta obro’ga ega bo’lgani sir emas.
Xalq musiqasi o’quvChilarda estetik zavq uyg’otish bilan birga ularning g’oyaviy, emotsional keChinmalarini teranlashtiradi, his etishni o’rgatadi. Turli xalqlar musiqasi va ko’p millatli, serqirrali musiqani har tomonlama idrok etish uChun yo’l oChadi.
Musiqa fani o’quvChilarni umummilliy iftihor va baynalminal do’stlik ruhida tarbiyalashda ham xalq musiqa ijodi ravnaqining o’sishida ham muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling