Musiqa haqida Musiqa (yunoncha Movolkn-ilhom parilari san'ati)
Download 16 Kb.
|
Musiqa haqida
Musiqa haqida Musiqa (yunoncha Movolkn-ilhom parilari san'ati)- tovush sana'tidir. Musiqa inson hissiy kechinmalari fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turidir. Bundan tashqari shaxsning irodaviy sifatlarini uning tabiatini ham yorqin aks etadi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari Yunon olimlari -Pifagor, Platon,Aristotel va sharq mutafakkirlari Forobiy , Ibn Sino Jomiy, Navoiy,Bobur,Kavkabiy tasavvuf arboblari Imom G'azoliy Buxoriy Kalabodiy tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqada asosiy badiiy vosita kuy (melodiya)dir.Musiqaning og'zaki an'anadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqa ifodasi hisoblanadi. Tarixiy,milliy,mahalliy shaxsiy (individual) musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi ohang,ritm shakl kabi musiqiy unsurlarni o'ziga qamrab olib ,muayyan bir davr yoki milly madaniyatga mansub bo'lgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi. Insonning musiqiy faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1- ijod
2- ijro 3- tinglash Har bir bosqichda asarning mazmuni va shakli o'zgacha ko'rinishga ega bo'ladi. Ijod bosqichida badiiy g'oya va shakl muallif ongida mushtarak holda turadi Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyoqarahi estetik ta- savvurlari ,mahoratiga mos ravishda o'zgartiriladi. Shunday qilib musiqa hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega bo'ladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling