Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish


Download 0.78 Mb.
bet11/25
Sana24.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1062602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Musiqa madaniyati darslari sa

Raqs + tabassum.
Bu texnologiyalardan ko`proq boshlang`ich sinflarda foydalanish mumkin. Boshlang`ich sinf darsliklaridan o`rin olgan “Qari navo”, “Usmoniya”, “Andijon polkasi”, “Dilxiroj” raqs kuylarida qo`llash yaxshi natija beradi. Bunda o`yin – raqsga jalb etilgan o`quvchilar hohlagan holatda turadilar.O`qituvchi yoqimli musiqa ostida barcha o`quvchilarni raqsga taklif etadi.

  1. O`quvchilar erkin raqsga tushadilar. Musiqa tugagach yonida, to`g`risida to`xtagan do`stiga tabassum bilan olqishlovchi so`z aytishi kerak.

  2. Hammaga tanqid qiluvchi yoki ko`ngilni qoldiruvchi so`z aytish qat`iy man qilinadi. O`quvchilarga quyidagicha murojaat qilish mumkin: “Sizni raqs tushishingizdan xursand bo`ldim”, “Siz chiroyli raqs tushar ekansiz”, “Sizning raqs usullaringiz menga juda yoqdi” va h.k.

Muhokama uchun savollar:

  1. Musiqa sizda qanday taassurot uyg`otdi?

  2. Atrofdagilarning tabassumini ko`rganda nimani his qildingiz?

  3. Kimni olqishi sizga ko`proq ma`qul bo`ldi? Nima uchun?

  4. Keyingi safar kim bilan raqsga tushishni hohlaysiz?

2. Pantomima uslubi.
O`quvchilar doira shaklida o`tiradi. O`qituvchi o`quvchilarga cholg`u asboblarining rasmini tarqatadi. O`quvchilarning vazifasi ushbu cholg`u asboblarida qanday holatda kuyni ijro etilishini harakatlar bilan ko`rsatishdan iborat. Qolganlar esa kuzatib, qaysi cholgu asbobi ko`rsatilayotganligini topishi kerak. Masalan, rasmda doira surati aks etgan bo`lsa, stulda o`tirgan holda qo`l harakati bilan ko`rsatib beradi, karnay, surnay, g`ijjak, rubob, dutor, fortepiano, cholg`u asboblari mos qo`l harakatlari bilan tasvirlanadi. 5 – 6 ta o`quvchining chiqishidan so`ng muhokama qilinadi.

  1. Marhamat davom ettir. (takrorlash darslari uchun)

Sinf ikki guruhga bo`linadi. Oldingi darslarda o`rgatilgan qo`shiqlardan birini 1 – guruh boshlab beradi, birinchi kuplet kuylanadi, 2 – guruh davom ettiradi. Qaysi guruh to`g`ri, aniq davom ettirsa u golib bo`ladi va 2 – qo`shiqni tanlash huquqiga ega bo`ladi. 3 ta qo`shiqdan keyin mutloq g`olib aniqlanadi va baholanadi.

  1. Bilag`onlar ko`chasi” uslubi.

Bu texnologiyada o`quvchilar guruhlarga bo`linadi (4-5 ta ), har bir guruhga bastakorlarning portretlari ko`rsatiladi. O`quvchilar bastakorlarning hayoti, faoliyati, asralari nomlarini aytishadi, asarlaridan ayrim parchalarni kuylab berishadi.



  1. Jumboq ko`chasi” uslubi.

Bu uslubda guruhlarga bo`lingan o`quvchilar e`tiboriga rebus yechish vazifasi yuklatiladi.



Tarozi uslubi.

Mazkur usul o`tgan mavzularni ko`proq dalillar keltirgan holda qisqa va lo`nda ifodalab, boshqa guruh ishtirokchilarini javoblari bilan solishtiriladi. Aniq, to`g`ri javob bergan guruh g`olib hisoblanadi.


O`quvchilarni fikrlashga, mushohada qilishga, o`z bilimi, topqirligini va zukkoligini namoyish qilishga yo`naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo`llsh dars jarayonini demokratlashtirish bilan birga o`qituvchi va o`quvchi hamkorligini, o`quvchilarni ijodkorligini rivojlantiradi. Oqituvchi va o`quvchilarning doimiy ishchan muloqotda va munosabatda bo`lishlari dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling