Musiqa madaniyati
Atoqli sozandalarimiz bilan tanishtirish
Download 193.88 Kb.
|
kurs ishi G`ofurova metodika
2.2 Atoqli sozandalarimiz bilan tanishtirish
Bugungi davrimizda, milliy qadryatlarimizning qayta tiklanish jarayoni madaniy merosimizning, shu jumladan, ko‘p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimiz, an’analarimiz har tomonlama o‘zgarishni taqozo etmoqda. Xalqimizning bebaho ma’naviy mulki bo‘lgan milliy kuyqo‘shiqlarimiz muhim qimmatli manbalardan biri.Ularni keng miqyosda hayotga tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, qo‘shiqchiligimiz san’atining buyuk tarixini har tomonlama o‘rganish va bu borada chuqur izlanishlar qilib xalqimizga yetkazish uchun keng imkoniyatlar ochildi. «Xalq musiqa ijodiyoti» o‘quv kursi xalq musiqasi ansambllariga rahbar kadrlar tayyorlash jabhasida maxsus va yetakchi fanlardan hisoblanadi. Talabalar xalq musiqa ijodiyoti mashg‘ulotlari jarayonida nafaqat qo‘shiqchiligimiz tarixini, balki necha asrlardan beri yashab, ijod qilib kelgan ustoz bastakorlar ijodini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. «Xalq musiqa ijodiyoti» fani xalq an’anaviy ijrochiligi tajribalarining nazariy va ijodiy umumlashtirilgan «havaskorlik ashula va raqs ansambli rahbari» ixtisosi bo‘yicha mutaxassis yoshlarni tayyorlashga taalluqli xususiy masalalarni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fandir. Xalq musiqa ildizlari, o‘zbek bastakorlik san’atining rivojlantirish tarixiga muxtasar nazar tashlashga harakat qilindi. O‘zbek xalq musiqa ijodiyoti hamda qo‘shiqchilikni tiklash va rivojlantirishga ulkan hissalarini qo‘shgan ustoz bastakorlar ijodi, hayotiy faoliyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. FAXRIDDIN SODIQOV O'zbekiston xalq artisti, bastakor, mohir sozanda, ijrochilik ansambli rahbari va benazir ustoz Faxriddin Sodiqov 1914 yili Toshkent shahridagi Eski Qoryog'di mahallasida hunarmandlar oilasida tavallud topgan. Yoshligida ota-onasidan etim qolib akasining qo'lida tarbiya olgan. Akasi musiqa shaydosi, oz bo'lsa-da xirgoyi qilib, dutor chalishni ham bilardi. Bundan albatta yosh Faxriddin bebahra qolmagan. Balki, o'sha davrda endigina rusmga aylangan maktablar qoshidagi musiqa to'garagiga qatnashish niyatini uyg'otgan ham mana shu holat bo'lsa, ajab emas. U to'garakda ilk ustozi No"mon Qori Mo'minzoda o'g'lidan chang sozi va unda chalish sirlarini o'rganadi. 1927-yildan 1931-yilgacha 4 yil davomida u Toshkent milliy musiqa texnikumida o'qiydi. Mana shu dargohda u o'zbek mumtoz musiqasi, mumtoz musiqa ijrochiligini o'rganadi va o'z zamonasining ustoz san'atkorlari ijodi bilan yaqindan tanishadi. U mumtoz musiqani ustozi Shorahim Shoumarov va Abdusoat Vahobovlardan qunt bilan o'rganadi. Shashmaqom va Farg'ona-Toshkent maqom yo'lIarini o'zlashtiradi. Nazariy hamda amaliy bilimini oshirishga harakat qiladi. Faxriddin Sodiqovning bundan keyingi ijrochilik va ijodiy faoliyatiga texnikumda olgan saboqlar juda katta asos bo'lib xizmat qilgan. Texnikumni tugatish davridayoq Faxriddin aka changchi sozanda sifatida elga tanila boshlaydi. 1927-yildan 1931-yilgacha 4 yil davomida u Toshkent milliy musiqa texnikumida o'qiydi. Mana shu dargohda u o'zbek mumtoz musiqasi, mumtoz musiqa ijrochiligini o'rganadi va o'z zamonasining ustoz san'atkorlari ijodi bilan yaqindan tanishadi. U mumtoz musiqani ustozi Shorahim Shoumarov va Abdusoat Vahobovlardan qunt bilan o'rganadi. Shashmaqom va Farg'ona-Toshkent maqom yo'lIarini o'zlashtiradi. Nazariy hamda amaliy bilimini oshirishga harakat qiladi. Faxriddin Sodiqovning bundan keyingi ijrochilik va ijodiy faoliyatiga texnikumda olgan saboqlar juda katta asos bo'lib xizmat qilgan. Texnikumni tugatish davridayoq Faxriddin aka changchi sozanda sifatida elga tanila boshlaydi. Dutor ijrochiligi amaliyotidagi har bir uslub muayyan jarayonni xarakterlovchi xususiyatlarga ega. Shu bois ham bu alohida uslub deyiladi. Faxriddin Sodiqov o'zbek musiqa san'atida changchi sozabastakor sifatida mashhur bo'lsa-da, dutor cholg'u ijrochiligida ham benazir uslub yaratishga muyassar bo'lgan san'atkordir. Sunga, O'zbekistonda ilk dutorchilar ansambli tashkil etilishidan boshlab, shu jamoa tarkibida ishlagani, faoliyati davomida esa eng go'zal, nazokatli va benazir ovoz sohiblari bilan birga hamkorlik qilgani va albatta ustozning ichki dunyosi asosiy sabab bo'lgan. Urushdan keyingi davr F. Sodiqov ijodida unumli yillar bo‘ldi. Mashhur “Qora bayir” (Akmal Po‘lat) “Gullar vodnysi” (Turob To‘la), “Aylansin opang” (T.To‘la), “To‘yona” (M. Qoriyev) kabi qo‘shiqlarni ijod etdi. Qo‘shiqlardan tashqari Faxriddin aka xalq cholg‘u asboblari ansambllari uchun “Vatan marshi”, “Uzbek valsi” kabi zamonaviy kuylar ijod qildilar. Bastakor 50—60-yillarda “Parishon qil” (Hamza), “Shirmonoy” (T.To‘la), “To‘y muborak” (M.Qoriyev), “Dutorim” (3.Obidov), “Ko‘rsatmag‘ay” (Bobur), “Bir go‘zal bormish” (Mirtemir), “Yor kelib” (S. Zunnunova), “Hayo” (Uyg‘un) kabi ko‘plab mashhur ko‘shiqlar yaratdi. F.Sodiqovning qo‘shiqlari ommabop, xalqchil bo‘lishiniig sababi — uning so‘z matnlarni sinchiklab tanlashida, so‘zning mohiyatiga qarab mazmunli ohang yaratishida va bu asarlarniig ijrochilari bilan astoydil ishlashidadir. Bastakorning qo‘shiq ijrochilari bilan tinimsiz mehnati, do‘stona ijodiy hamkorligi aytiladigai qo‘shiqni ijrochi tomonidan puxta egallab olinishiga va oqibatda yaxshi ijro etilishiga olib keladi. TO`XTASIN JALILOV Toʻxtasin Jalilov 1896-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 10 yoshidan Yusufjon changchi boshchiligidagi sanʼatkorlar bilan xalq sayillarida, qishloq va shahardagi toʻy marosimlarda qatnashib musiqa sirlarini qunt bilan oʻrgandi. 1925-yildan Toʻxtasin Jalilov Hamza tashkil etgan Fargʻona teatr truppasida ish faoliyatini boshladi. Keyingi yili mashhur sanʼatkor Muhiddin Qoriyoqubov taklifi bilan Samarqanddagi Oʻzbek davlat etnografik ansamblida ishini davom etdi. Toʻxtasin Jalilov oʻzbek milliy musiqasini jahonga targʻib qilishda katta hissa qoʻshdi. 1925-1927 yillarda u Hamza tuzgan dramatik truppa jamoasi bilan kontsertlarda qatnashdi. Keyinchalik etnografik kontsert ansamblida ishlab, 1928-1934 yillarda Oxunboboyev nomli Andijon musiqa teatrida badiiy rahbar bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Uning musiqalaridan foydalanib sahnalashtirilgan qator spektakllar sahnada uzoq umr ko‘rdi. K.Yashinning «O‘rtoqlar» dramasi musiqasini ham T.Jalilov shu teatrda yaratdi. 1935 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Umumjahon raqs festivalida qatnashdi. 1937 yilda Moskvada bo‘lgan o‘zbek adabiyoti va san’ati dekadasiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan u o‘zbek filarmoniyasiga badiiy rahbar etib tayinlangan bo‘lsa, 1940-1949 yillarda Muqimiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama va komediya teatrida badiiy rahbar sifatida qizg‘in faoliyat ko‘rsatdi va shu teatrda ijodiy kamolot cho‘qqisiga ko‘tarildi, keng madaniy jamoatchilikka katta iste’dod sohibi sifatida tanildi. Muqimiy teatrida sahnaga ko‘yilgan eng sara durdona asarlarning yaratilishida T.Jalilovning xizmatlari katta bo‘ldi. Respublikamiz bastakorlari musiqali dramalar yaratishda T.Jalilov tavsiya etgan qo‘shiqlardan keng foydalanishgan. Uning kuylari Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va respublikamiz tashqarisidagi teatrlarda sahnalashtirilgan spektakllarga asos bo‘ldi. O‘zbek musiqali drama janri kamolotida muhim o‘rin tutgan va Muqimiy teatriga shon-shuhrat keltirgan «Qurbon Umarov» (S.Abdulla, 1941), «Nurxon» (K.Yashin, 1943), «Asrlar» (Uyg‘un, 1943), «G‘unchalar» (3.Fatxullin, 1945), «Alpomish» (S.Abdulla, 1945), «Muqimiy» (S.Abdulla, 1953), «Ravshan va Zulxumor» (K.Yashin, 1957), «Tohir va Zuhra» (S.Abdulla, 1953) va boshqa asarlar uning hammuallifligida dunyoga kelgan. T. Jalilov 200 dan ortiq xalq sevib eshitadigan dilbar qo‘shiqlarning muallifi hamdir. U o‘z qo‘shiqlarida o‘zbek xalq musiqasi uslubining o‘ziga xosligini, tabiiyligini, qochirimlarga boyligini saqlagan holda, xalq qo‘shiqlari, kuylariga yangi ohang, yangi mazmun baxsh etdi. Bu jihatdan uning Hamza, S.Abdulla, Chustiy, T.Fattoh she’rlariga bastalagan qo‘shiqlari ibratlidir. TOXTASIN JALILOV 1896-1966 FAXRIDDIN SODIQOV 1914- 1 2 3 4 Download 193.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling