«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy hayoti va ijodi (1813-1869
Nazorat savollari:
Simfonik asarlarni obrazlari. Simfonik asarlarni shakli. Adabiyotlar: 1.”Ruskaya musiqalnaya literatura” 1-vipusk. 2. “M.I.Glinka” Sbornik statey. Redanumya E.M.Gordiya M. 1958 g. 3. Asafev B.V “Glinka” Mavzu: Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy hayoti va ijodi (1813-1869) REJA: 1. Tarjimai xoli (davrlar bo`yicha). 2. Ijodini asosiy mavzulari, yo`nalishlari. 3. Ijodiy me'rosi. BAYONI: Glinkaning zamondoshi, do`sti A.S. Dargomijskiy ustozining izdoshi bo`libgina qolmasdan, balki uning ishini davom ettirgan atoqli ijodkorlardan xisoblanadi. Dargomijskiy musiqada tanqidiy realizmning birinchi namoyondasi bo`ldi (asoschisi). Uning ijodi asosiy mavzusi - boylar va kambag`allar tabaqasidagi ziddiyatni ochib ko`rsatish, insoniyat xuquqlarini poymol qilinishiga norozilik bildirishdan iboratdir. A.S. Dargomijskiy 1813 yil 2 fevralda Tula guberniyasida tug`ildi.4 yoshida oilasi Peterburgga ko`chib bordi. Otasi - kichik chinovnik, onasi - she'rlar yozgan edi. 6 yoshdan fortepiano, 9 yoshdan skripka chalishni o`rgandi. 1834 yil Glinka bilan uchrashgandan keyin musiqa bilan jiddiy Shug`ullandi va izlanish yo`liga kirdi. Shu davrda Pushkin ijodi bilan chuqur tanisha boshlaydi. 30-40 yillarda Pushkinning «Sizni sevar edim», “Yigit va qiz”, «Ko`z yoshlari» singari she'rlariga qo`shiq yaratdi. Kantata «Vakx tantanasi» ilk davrni birinchi operasi «Esmeralda»ni (Viktor Gyugo asari) yaratdi, ammo opera saxnaga qo`yilsa xam muvaffaqiyat qozonmadi. 1844-1845 yillarda Dargomijskiy Venya, Bryussel va Parijga bordi, adabiyot va san'at namoyondalari bilan tanishdi, bu esa kompozitoring dunyoqarashini kengayishiga va tafakkurining o`sishiga yordam berdi. Ijodini yetuk davri: 1845 yil kompozitor o`z vataniga qaytib ikkinchi operani - «Suv Parisi» ustida ishlay boshlaydi. Shu orada Pushkin, Lermontov, Koltsov va boshqa shoirlarining dastlabki tanqidiy, o`z zamonasining xukmron sinflariga nafratdan iborat mazmundagi misralarni o`z ichiga olgan she’rlariga musiqalar yozdi. 1855 yilda Dargomijskiy «Suv parisi» operasini yozib tugatdi, 1856 yil may oyida Peterburg saxnasida qo`yildi. Operaga bo`lgan munosabat turlicha bo`ldi. Kompozitor ruxan qattik iztirob chekdi, vaqtincha do`stlaridan uzoqlashdi. 1859 yil Kruchkin bilan Spekanov «Iskra» nomli satirik jurnal chiqara boshlaydilar jurnalga Dargomijskiy xam jalb qilinadi. Shu davrda kompozitor o`zining satirik qo`shiqlarini yozadi: «Keksa kapral», «Chuvalchang», «Titulyar maslaxatchisi». 1864-65 yillar Varshava, Bryussel, Leyptsig, Parijga boradi, o`sha yerda uning asarlari ijod etilib, uni qizg`in olqishlaydilar. Xayotini so`ngi yillari: 1866 vataniga qaytib kelgandan so`ng 1867 yilda rus musiqa jamiyati direktsiyasi sostaviga saylandi. 1861-67 yilgacha 3 simfonik uvertyurani yaratadi «Baba-yaga», «Ukraincha kazachyok», «Fin mavzusiga fantaziya». Bu asarlarda Glinkaning yo`lini davom ettiradi. 1867 yilning oxirida Pushkin asari asosida «Tosh mexmon» operasini yozishga kirishadi, lekin opera oxirigacha yozilmay qoladi. 1869 yilda kompozitor yanvarda vafot etdi. Operani kompozitor vasiyati bo`yicha Kyui va Rimskiy-Korsakov tomonidan tugatildi. Kompozitorni estetik asoslari Pushkin, Lermontov adabiyoti asosida o`sib bordi. 40 yillar 2-yarmida rus realizmning yangi «Tabiiy maktab» davri boshlandi va yangi masalalar ro`yobga chiqdi: oddiy inson -odamlarni xayotini tasvirlash, sotsial borliqni baxolash, Dargomijskiy bu oqimni musiqaga olib kirdi. Uning asarlarida xalqchilik, milliylik yangicha uslubda rivojlanadi. U o`z ijodida musiqa bilan so`zlash -rechetativ - turlari orqali xayot xaqiqatlarini aks ettiradi. Unda 3 xil rechetativ shakllanadi: 1. Komik - xarakteri 2. Maishiy 3. Lirik psixologik Dargomijskiy Glinka ijodiy yo`llarini davomchisi bo`lib qolmay, u yangi yo`nalish asoschisidir: 1) Romans-qo`shiq va satirik qo`shiq; 2) Rechetativ operani asoschisi; 3) Birinchi psixologik maishiy musiqiy drama («Suv parisi»). Dargomijskiy ijodiy merosi: 3 ta - opera «Esmeralda», «Suv parisi», «Tosh mexmoni», Vakx tantanasi», «Baba-yaga», «Chuxonlik fantaziya». 100 qo`shiq va romans (Koltsov, Kurochkin, Pushkin, Lermontov so`zlariga). Vokal ansambllar, fortepiano uchun p’esalar. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling